Diqqat va uning turlari, xususiyatlari



Yüklə 287 Kb.
səhifə12/22
tarix24.07.2023
ölçüsü287 Kb.
#137310
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA KURS ISHI

DIQQATNING CHALG’ISHI - diqqatning ongli ravishda ko’chishiga butunlay o’xshamaydi. Shu sababli ularni adashtirib yuborib bo’lmaydi. Diqqatning osonlik bilan chalg’ishi, uning yetarli darajada barqaror emasligidan darak beradi. Albatta kuchli, kutilmagan, umuman ixtiyorsiz diqqatni keltirib chiqaradigan sabablar diqqatning chalg’ishiga olib keladi. Ammo diqqatning o’ta tez bo’linishi (chalg’ishi), uning barqaror emasligi faoliyatga, o’qishga xalaqit beradi.
PARISHONXOTIRLIK. Parishonxotirlik diqqatning salbiy tomonlaridan biridir. Parishonxotirlik ikki turi farqlanadi. Birinchisi, biror ishga (fikrga, o’yga) nihoyatda berilib ketish natijasida kishining atrofdagi narsalarga, voqealarga va kishilarga e’tibor bermasligi.
Parishonxotirlikning tomoman boshqa holati - kishining biror narsa ustida diqqatini to’play olmasligi, bir narsa yoki hodisadan ikkinchisiga doim o’tib ketaverishidir. Katta kishilarda bunday parishonxotirlik toliqqan paytlarda uchraydi. Bolalarda esa diqqatning to’g’ri rivojlanmaganligi oqibatida bu xususiyat shakllanishi mumkin. Bundan tashqari parishonxotirlikning bunday turi ruhiy kasallik holatlarida ham uchrashi mumkin.


II BOB. DIQQATNING INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI
2.1. Diqqatning turlari va xususiyatlarini tahlil qilish

Diqqatning turlari – faolligiga ko’ra ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatga bo’linadi. Ixtiyorsiz diqqat deb tashqi sabab bilan va bizning xoxshimizdan tashqari hosil bo’ladigan diqqatni ixtiyorsiz diqqat deyiladi. Masalan dars jarayonida to’satdan mashina ovozi yoki kuchli shovqinli ovoz kelsa, diqqatimiz mana shu ovozga qaratiladi va bu jaraayon ixtiyorsiz amalga oshiriladi. Ixtiyorsiz diqqatning yuzaga kelishi odamning ayni chog’dagi holatiga ham bog’liq. Chunki bir xil narsa va hodisalar diqqatimizni tortishi mumkin yoki umuman tortmasligi ham mumkin.


Diqqatimiz qaratilishi lozim bo’lgan narsani, ongli ravishda maqsad qilib qo’yilgan diqqatni ixtiyoriy diqqat deyiladi. Ixtiyoriy diqqatning ixtiyorsiz diqqatdan farqi bajarilayotganishni davom ettirishi, kuch va zo’r berishni, ya’ni irodaning ishtirokini talab qiladi. Shu sababli ham ixtiyoriy diqqat irodaviy diqqat deyiladi. Ixtiyoriy diqqat fiziologik tomondan asosan, ikkinchi signallar sistemasining faoliyati bilan bog’liq. Masalan talaba tushuntilayotgsn o’quv materialni eshitib o’tirishi ixtiyoriy diqqat jarayoni bilan amalga oshadi. Chunki bunda talaba ‘’ darsni eshitib o’tirish kerak ‘’ degan maqsadni qo’yadi, va o’z diqqatini faqatgina o’qituvchini eshitishga kuch sariflaydi. Ixtiyoriy diqqatni kundalik faoliyatlarimizda ham qo’llaymiz : masalan mashina haydayotganimizda, kitob o’qiyotganimizda , jarrohlik amaliyotlarida ham ixtiyoriy diqqat orqali amalga oshiriladi. Ixtiyoriy diqqat va ixtiyorsiz diqqat turlari o’rtasidafi farqi shundaki, ixtiyorsiz diqqat bilan qilinadigan faoliyatfa ko’pincha unchalik zo’r bermay, ko’p kuch sarf qilmay toliqmasdan amalga oshiriladi. Ixtiyoriy diqqat bilan amalga oshiradigan har qnaday faoliyat esa anchagina kuchni talab qiladi va bu insoni anchagina toliqtirib qo’yadi.
Ko’pchilik ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatni alohida funksiyalar deb qarasjado. Ammo ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatni ikkalasi ham bir xil funksiyadir. Ularning muhim belgilari ham bir xilligidadir. Chunki bir xil ish jarayonida masalan o’qish yoki ish jarayonida ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga , ixtiyorsiz diqqat ixtiyoriy diqqatga o’tishi mumkin. Masalan kitob o’qiy boshlaganimizda ixtiyoriy diqqat orqali amalga oshiriladi. Ammo ozgina vaqtdan so’ng ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga o’tadi. Bu jarayon aslida normal holat hisoblanadi . chunki bunday o’tish ketish jarayonni bilimlarni o’zlashtirish jarayonni ancha yengillashtiradi. Yolida bu jarayonning teskari amalga oshirilishi ham mumkin, ammo bu jarayon aksincha amalga oshirishi diqqatning chalg’ishiga olib kelinadi bu esa ish faoliyat jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ixtiyoriy diqqat va ixtiyorsiz diqqatning turlari yo’nalishlariga ko’ra tashqi va ichki qismlariga ajratiladi. Tashqi diqqat deb bizning ongimizdan tashqarida sodir bo’lgan jarayonlar kiradi. Masalan mashina haydash, tikuvchining ishi tashqi diqqatga misol bo’la oladi. Talabaning o’qituvchini tinglashda , kitob o’qishdagi, suratlarni ko’rishdagi va tabiat hodisalarni kuzatishlaridagi diqqat tashqi diqqatga misol bo’la oladi. Ichki diqqatga deb tasavvurlarimiz , fikrlarimiz , hissiyotalarimiz ichki diqqatga deb ataladi.
Masalan: O’quv faoliyat jarayoning borishida va o’z fikrlarimizn bildirishimizda ularni kuzatib borishimizda ichki diqqat jarayoni namoyon bo’ladi. Talabalar ichki diqqatni aqliy hisoblash ishi bilan shug’ullanayotgan yokida qandaydir qiyinchiliklar yuzaga kelganda ichki diqqat jarayonni namayon bo’ladi. Ichki diqqat esa inson hayot faoliyatidagi o’z – o’zini tarbiyalashning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ichki diqqat tashqi diqqatga nisbatan ko’proq kuch sarflanadi va ichki diqqat ko’proq ixtiyoriy diqqat.
Insonning diqqati bir qancha xususiyatlarga ega hisoblanadi va ulardan asosiylari: Diqqat ko’lamining fiziologik asosi miya p’stida optimal qo’zg’algan joyning kengayishi yoki torayishi hisoblanadi. Bu jarayon miya po’stidagi optimal qo’zg’algan joyni ayni vaqtda ta’sir qilib turuvchi boshqa qo’zg’alishlar natijasida bu qo’zg’alishlar natijasida kengayadi, ichki tormozlanish jarayonida esa torayadi.Diqqatning kuchi va barqarorligi – diqqat xususiyatlarining muhim qismi hisoblanadi. Chunki diqqatning kuchi turli darajada bo’lishi mumkin ya’ni diqqat kuchli va kuchsiz tarzda namoyon bo’ladi.
Diqqatning kuchli bo’lishi bu bizning diqqat obyektimiz qanchalik kuchli bo’lsa tashqi ta’sirlarga kamroq chalg’iymiz, keraksiz narsalar haqida o’ylashimizni ham kamaytirad.Masalan : talaba diqqati kuchini faqat dars qilishga qaratsa, unga tashqi ta’sirlar ta’sir qilmaydi va u dars qilish jarayonidan ham chalg’imaydi. Ya’ni turli shovqinlarga, mashina ovozlariga, hattoki yonidagi insonlar suhbatlashyotgani ham uni chalg’itmaydi. Chunki talaba butun diqqat kuchini dars qilish jarayoniga qaratgan. Bu esa diqqat kuchining qanchalik barqaror ekanligini ko’rsatadi.Ammo hamma vaqtda ham diqqat barqaror bo’lavermaydi. Ya’ni kuchsiz diqqat , bu tarqoq va parishon diqqat hisoblanadi. Umumiy aytganda esa parishonlik deyiladi.Parishonlik – inson diqqatini jamlay olmasligi , diqqati bir narsadan boshqa narsalarga o’tib turishi, xayol surishlariga parishonlik holati deyiladi.
Parishonlik asosan yosh bolalarda ko’proq namoyon bo’ladi. Ya’ni ularda qo’zg’aluvchanlik yuqori bo’lganligi sababli bolalar diqqatini bir joyga jamlashi qiyin. Ya’ni ular diqqatini hech bir narsa ustida tutib turolmaydi. Bunday parishonlikni bolalarda tuzatsa bo’ladi , chunki xozirgi kunda bolalar uchun diqqatni rivojlantirish borasida turli xil o’yinlar va bolalar uchun yaratilgan metodikalar bisyor.Parishonlik faqatgina bolalarda emas, balki yoshi katta insonlarda ham uchraydi. Masalan: charchaganda , nerv kasaliligiga duchor bo’lganda yokida nerv sistemasi toliqganda parishonxotirlik vujudga keladi. Parishonlik odamning hech bir narsaga diqqat qila olmasligidir deyish ham notog’ri. Chunki inson hamisha diqqatini to’play olish qobiliyatiga egadir. Faqat odam hamma vaqt ham diqqatini to’plash darajasi bir xil bo’lavermaydi.Diqqatning barqarorligi - diqqat ma’lum bir darajada barqaror va beqaror bo’lishi mumkin.
Barqaror diqqat bu uzoq vaqt mobaynida bir narsaga diqqatini qarata tura olishi barqaror diqqat hisoblanadi. Beqaror diqqat esa barqaror diqqatning aksi hisoblanadi. Barqaror diqqatga misol qilib: maktab o’quvchisi dars jarayonini eshitishga , hech narsaga chalg’imasligi barqaror diqqatdir. Beqaror diqqatda esa dars jarayonida boshida quloq solib hech narsaga chalg’imaydi, ammo 10 -15 daqiqadan so’ng boshqa ish bilan shug’ullanadi, boshqa narsalar haqida xayol suradi yokida kitob o’qiyotgan bo’lsa uning mazmuni tushunmaydi bu esa beqaror diqqat hisoblanadi.Diqqatning xususiyatlar inson hayotida juda katta rol o’ynaydi.
Chunki bizning barcha faoliyatlarimiz xoh u o’qish faoliyati, xoh ish faoliyati bo’lsin barchasini diqqat xususiyatlari orqali boshqariladi. Shu sababli kognitiv jarayonlarining biri hisoblangan diqqatning ahamiyati katta. Chunki diqqat jarayonimiz orqali bilimga ega bo’lamiz , kasbiy faoliyatni egallaymiz. Diqqat jarayoni orqali o’rgangan bilimlarimiz yorqin va aniq aks ettirishimzda uni idrok qilishimizda ma’lumotlarni eslab qolishimizda diqqatning ahamiyati katta.jarayoni bilan bog’liq hisoblanadi. . Uning nazariyasiga ko’ra diqqat to’g’ridan - to’g’ri mayl bilan bog’langan. Uning fikricha mayl diqqat holatini ichkaridan ifodalaydi. Mayl atrof - muhitni idrok qilishda ma’lum obraz va taassurotning namoyon bo’lishi orqali sodir bo’ladi. Ya’ni bunda obraz va taassurot diqqatning obyektiga aylanadi, va jarayonning o’zida obyektivlashtiriladi. P.Ya.Galperin diqqatni boshqacha ta’riflagan ya’ni u obeyktining paydo bo’lishi bilan diqqat yuzaga keladi. Uning nazariyasiga ko’ra diqqat to’g’ridan - to’g’ri mayl bilan bog’langan. Uning fikricha mayl diqqat holatini ichkaridan ifodalaydi. Mayl atrof - muhitni idrok qilishda ma’lum obraz va taassurotni namoyon qiladi.

Yüklə 287 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin