Dirixle prinsipi



Yüklə 275,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix14.12.2023
ölçüsü275,39 Kb.
#177918
  1   2   3
Drixle prinsipi



Dirixle prinsipi
 
2020
Hamid Bobojonov
 
SARDOR BAZARBAEV

@bazarbaevs telegram kanali


Hamid Bobojonov
, Urganch Davlat Universiteti Akademik litseyining 
matematika fani oʻqituvchisi 
 
Dirixle prinsipi 
 
Buyuk nemis matematiki Peter Gustav Lejen Dirixle 1805-1859 yillarda yashab ijod 
qilgan. Ushbu maqolada chekli toʻplamlarning asosiy xossasini ifodalovchi, uning nomi bilan 
ataladigan prinsip – Dirixle prinsipi haqida bayon qilingan. Bulardan tashqari Dirixle prinsipi 
yordamida bir nechta masalalar yechib berilgan va oʻquvchiga mustaqil yechish uchun 
masalalar tavsiya etilgan. Biz bu prinsipni toʻplamlar tilida emas, oddiy tushuntirishga harakat 
qilamiz: 
“n ta qafasda n tadan ortiq quyon joylashgan boʻlsa, u holda qaysidir qafasda 
bittadan ortiq quyon joylashadi”. 
Bu prinsipning qoʻllanish koʻlami judayam kengligi bilan ahamiyatlidir. Uning yordamida 
ham mantiqiy ham matematik masalalar yechiladi. Bir qaraganda Dirixle prinsipi juda soddaga 
oʻxshab tuyuladi, lekin uni qoʻllab masalalar yechish oson ish emas. Buning uchun masala 
shartini boʻlaklarga ajratib olish kabi koʻnikmalar talab etiladi. 
Endi Dirixle prinsipi yordamida yechiladigan ayrim masalalarni koʻrib chiqamiz. 
1 – masala. 
Kamida nechta natural son olinsa, ular orasida ayirmasi 5 ga boʻlinadigan 
ikkitasi topiladi? 
Yechilishi.
Ixtiyoriy tanlab olingan natural sonni 5 ga boʻlganda u 5 ga qoldiqsiz 
boʻlinadi yoki quyidagi qoldiqlardan bittasi qoladi; 1, 2, 3, 4. Shuning uchun 5 ta natural sonni 
tanlab olganda biz uchun eng “noqulay”i ularning qoldiqlari turlicha boʻlgani, ya’ni 5 ga 
boʻlganda 0, 1, 2, 3, 4 qoldiq qolganlari boʻladi. Shuning uchun bu holda ular orasida ayirmasi 
5 ga qoldiqsiz boʻlinadigan juftlik topilmaydi. Demak 6 ta son olish kerak, chunki oltinchi 
sonni 5 ga boʻlganda yuqoridagi qoldiqlardan biri hosil boʻladi. Masala yechildi. 
2 – masala.
25 ta qutida uch turdagi konfet berilgan (har bir qutida faqat bir turdagi 
konfet berilgan). Ular orasida albatta bir xil turdagi 9 ta quti topilishini isbotlang. 


Yechilishi.
24 ta qutini 3 ta yashikka turlari boʻyicha joylashtiraylik. Biz uchun eng 
“noqulay” boʻlgan hol bu har bir yashikda 8 ta qutichaning joylashgani boʻladi. Biroq bizda 
yana bitta quti bor. Biz bu qutini yuqoridagi yashiklardan biriga joylashtiramiz va unda 9 ta 
konfet solingan quti boʻlib qoladi. Masala yechildi. 
3 – masala.
Stol ustida aralashtirilgan holda 3 ta juft qoʻngʻir va 2 ta juft qora 
qoʻlqoplar berilgan. Qorongʻi sharoitda kamida nechta qoʻlqopni olganda bir juft bir xil 
rangdagi qoʻlqoplar hosil boʻladi? 

Yüklə 275,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin