O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 277
«Disfemizm» atamasini izohlash uchun leksikografik manbalarga murojaat
qilamiz:
Olima V.N.Yartseva tomonidan tahrir qilingan lug‘atda disfemizmga shunday
izoh beriladi: «emotsional va stilistik jihatdan neytral so‘zni qo‘pol, iltifotsiz
so‘zlar bilan almashtirish» [Yartseva, 1998:590].
T.V. Matveeva o‘z maqolasida disfemizm to‘g‘risida kengaytirilgan taʼrifni
beradi: disfemizm – «emotsional holatni qo‘pol ravishda bildirish, stilistik jihatdan
neytral so‘z yoki iborani qo‘pol so‘z, ibora bilan almashtirish». Muloqot
jarayonida so‘zlovchi o‘z suhbatdoshini kamsitish, tahqirlash, obro‘sizlantirishni
maqsad qiladi. Bunda nutq qoidalari buziladi, munosabatlarda beadablik,
hayosizlik kuzatiladi [Matveeva, 2010:95].
Bu taʼriflardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, har bir disfemizm uchun
stilistik jihatdan uning neytral sinonimi mavjud. Biroq olim L.V. Poroxnitskaya
o‘z maqolasida bu neytral so‘zni har doim ham evfemizm, disfemizm,
ortofemizmdan chegaralab bo‘lmasligini taʼkidlaydi [Poroxnitskaya, 2013:143].
Disfemizmni siyosat sohasida tadqiq qilgan olima T.N. Abakova
disfemizatsiyani istalgan pragmatik effektga erishish va auditoriyaga maqsadli
taʼsir qilish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan taktik til vositasi sifatida tushunish
mumkin degan xulosaga keladi [Аbakova, 2013:27].
O‘z navbatida, olima A.N. Rezanova, disfemizm deganda, biror maqsadni
ko‘zlab nutq vaziyatiga nomuvofiq, shuningdek, kommunikativ vazifani hal qilish
uchun to‘g‘ri kelmaydigan tabulashgan til shakllarini, o‘zida kamsitish maʼnosini
ifodalaydigan yoki salbiy bahoga ega bo‘lgan neytral leksikaning ishlatilishini
tushunadi [Rezanova, 2008:8].
Olima disfemiyaning xarakterli belgisi sifatida denotatning saqlanishini,
o‘zgarish faqat konnotativ komponentda sodir bo‘lishini taʼkidlaydi. Bu borada
tilshunos olim L.Mosievich misolini ko‘rib chiqamiz: С. Берлускони в разговоре об избранном президенте США Обаме пошутил насчет его «загорелости», что было намеком на цвет кожи афроамериканца. – (S.Berluskoni AQShning
saylangan prezidenti Obama haqidagi suhbatda uning «qoraygani” haqida
hazillashdi, bu esa afro-amerika terisi rangiga qilingan ishora edi.) Mazkur holatda,
konnotativ neytral belgi (zagorelost-oftobda qoraymoq) kontekstda salbiy maʼno
kasb etadi va disfemizmlar guruhiga kiradi [Mosiyevich, 2009:359].
Disfemiya – diskursiv hodisa, disfemizm esa ham til (biror leksik birlikni
boshqasi bilan almashtirish), ham nutq hodisasi (biror kommunikativ vazifani
bajarish uchun almashtiruv vositasi).
Disfemiya hodisasi xuddi evfemiyadek kabi chuqur o‘rganilmagan,
shuningdek fransuz tilshunosligida ham mazkur tushuncha alohida tadqiq obyekti
bo‘lmagan. Fransuz tilida «disfemizm” tushunchasining etimologiyasiga murojaat
qilganimizda, ushbu maʼlumotni ko‘rib chiqdik: La notion du Xxe siècle, construit sur le modèle de euphémisme par substitution du préfixe dys- au préfixe eu- . Mot de formation savante forgé à partir du grec ancien δυσφημισμός , dysphêmismos («