Bolaning aqliy rivojlanishidagi kamchiliklar ham og‘ir va uzoq davom etadigan dislaliyaga sabab bo‘ladi. Oligofren bolalarning 50% da tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar bo‘lishi mumkin
Bolaning aqliy rivojlanishidagi kamchiliklar ham og‘ir va uzoq davom etadigan dislaliyaga sabab bo‘ladi. Oligofren bolalarning 50% da tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar bo‘lishi mumkin.
Dislaliya artikulyatsion apparat a’zolarining (til, lab, pastki jag‘) harakatchanligidagi kamchiliklar natijasida ham sodir bo‘ladi. Bu hol bolaning tilni kerakli holatda ushlab tura olmasligi yoki bir harakatdan ikkinchi harakatga tez o‘ta olmasligida namoyon bo‘ladi.

DISLALIYA TURLARI VA UNING NAMOYON BO‘LISHI
DISLALIYA TURLARI VA UNING NAMOYON BO‘LISHI
Dislaliya turlari. Tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz etish ona tilida hamma tovushlarda uchratish mumkin. Tovushlar talaffuzining buzilishi asosan artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo‘lgan: sonor (r, l), sirg‘aluvchi (s, z,) va shovqinli (sh, j, ch), til orqa (k, g) tovushlarida uchraydi.
Buzilgan tovushlarning soniga qarab dislaliya yana oddiy va murakkab turlarga bo‘linadi. Agarda to‘rtta tovush talaffuzida kamchilik bo‘lsa-oddiy dislaliya, agar beshta va undan ortiq tovush talaffuzida kamchilik bo‘lsa, bu-murakkab dislaliya deb ataladi.

Agar bir fonetik gruppaga kiruvchi tovushlar talaffuzida kamchiliklar bo‘lsa (masalan, sirg‘aluvchi s, z, j) bu-monomorf dislaliya. Agar u ikki va undan ortiq artikulyatsiya guruhiga tegishli bo‘lsa (masalan, rotatsizm, sigmatizm, va lambdatsizm) bu-polimorf dislaliya bo‘ladi.