Yoni ochiq prikus o‘ng tomonli, chap tomonli va ikki tomonli bo‘lishi mumkin.
TISHLARNING (TISH QATORINING) NOTO‘G‘RI TUZILISHI HAM DISLALIYAGA SABAB BO‘LISHI MUMKIN. TISHLAR VA JAG‘DAGI KAMCHILIKLARNI BARTARAF ETISH VRACH-STOMATOLOG TOMONIDAN OLIB BORILADI.
Tanglayning noto‘g‘ri tuzilishi ham tovushlarning to‘g‘ri talaffuziga xalaqit beradi. Tor, baland yoki past, yassi tanglay ko‘pchilik tovushlarning to‘g‘ri artikulyatsiyasiga imkon bermaydi.
Lablarining qalinligi ingichka va kam harakatchanligi ham lab va lab-tish tovushlarini aniq talaffuziga xalaqit beradi.
Funksional dislaliya va uning sabablari
Funksional dislaliyada pereferik nutq apparatining artikulyatsion qismida hech qanday organik buzilishlar, kamchiliklar kuzatilmaydi.
Oiladagi ikki tillilik, pedagogik qarovsizlikham funksional dislaliyaga sabab bo‘ladi. Bunda tovushlarga e’tibor bermaslik, boladagi kamchiliklarni to‘g‘rimaslikLARI, to‘g‘ri va aniq talaffuz namunalarini bermaslik hollari kuzda tutiladi.
Oiladagi ikki tillilik, pedagogik qarovsizlikham funksional dislaliyaga sabab bo‘ladi. Bunda tovushlarga e’tibor bermaslik, boladagi kamchiliklarni to‘g‘rimaslikLARI, to‘g‘ri va aniq talaffuz namunalarini bermaslik hollari kuzda tutiladi.
Dislaliya bolalarda taqlid asosida ham yuzaga ha yuzaga kelishi mumkin. Tovushlar talaffuzi hali yetarli, to‘g‘ri shakllanmagan kichik yoshidagi bolalar bilan, tili chuchuk yoki noaniq, tez shoshib gapiradigan kishilar bilan doimo muloqatda bo‘lishi bola nutqiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pincha bola oilada tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz etuvchi kishi nutqiga taqlid etadi. Bu esa funksional dislaliyaga sabab bo‘ladi.
Fonematik eshitishning yaxshi rivojlanmaganligi bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni keltirib chiqaruvchi sabablardan biridir. Bu holda tovushlar differensiyasi (tovushlarni farqlash) qiyinlashadi. Bolalar asosan bir-biriga o‘xshash: jarangli-jarangsiz, sirg‘aluvchi va shovqinli tovushlarni ajrata olmaydilar. Bu qiyinchiliklar natijasida tovushlarning to‘g‘ri talaffuzi uzoq vaqtga cho‘zilib ketadi.
Shu bilan birga, tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar, ayniqsa tovushlarni almashtirish hollari, o‘z navbatida, fonematik eshituvning shakllanishining qiyinlashtiradi va kelgusida nutqning umumiy rivojlanmaganligiga va o‘qish-yozishda buzilishlar bo‘lishiga sabab bo‘ladi.