Eng ko‗p oltin medal qo‗lga kiritgan shaxmatchilar reytingida ham tabiiyki sovet shaxmatchilari peshqadamlik qiladi – Tigran Petrosyan (9), Vasiliy Smislov (9), Garri Kasparov (8), Mixail Tal (8).
Chennay olimpiadasi 2022 yilgi shaxmat olimpiadasi tartib bo‗yicha 44-bo‗lib, 29 iyul kuni Hindistonning Chennay shahrida boshlandi. Hindistonning Chennay shahrida yakunlangan Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‗zbekiston erkaklar terma jamoasi g‗olib chiqdi. Turnirning 11 turida Nodirbek Abdusattorov va uning sheriklari 19 ochko (8 g‗alaba va 3 durang) jamg‗arishdi. Armaniston terma jamoasi ham xuddi shunday ko‗rsatkichga ega bo‗ldi, ammo o‗zaro o‗yindagi g‗alaba tufayli oltin medallar FIDE talqini bo‗yicha jahon chempioni Rustam Qosimjonovning vataniga yo‗l oldi.
Sport vazirligida o‗tgan tadbirda besh nafar chempionning har biriga prezident farmoniga muvofiq 600 mln so‗mdan pul mukofotlari topshirildi. Mukofot naqd shaklda, 200 ming so‗mlik yangi kupyuralarda topshirildi. Taqdirlash tadbiri Sport vazirligi binosida bo‗lib o‗tgan. Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‗ra , tadbirda sport vaziri o‗rinbosari M.Ismoilov, Yoshlar