Djurayeva shaxnozaning tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə7/13
tarix16.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#113674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Sirtqi 10.05.2023

Shakl vafunksiya: tirik organizmlar, o‘simlik va hayvonlarning xilmaxilligi, issiqlik, yorug‘lik, tovush manbalari.
Mavzularni o‘rganishda mulohaza yuritishni talab qiladigan savollardan iborat og‘zaki, yozma, amaliy topshiriqlardan foydalanish muhim. Darsga tayyor bilimlar to‘plami sifatida emas, balki shaxsning o‘ziga xos intellektual faoliyati sifatida qarash kerak. O‘rganish bilim miqdorini oddiy uzatish emas, balki uni qayta kashf etish shklida tashkil etish lozim.
Har bir dars uchun o‘quvchilar faoliyati natijalariga qoyiladigan o‘quv maqsadlari uchta darajadan iborat. Birinchi darajada barcha o‘quvchilar nimaga erishishi kutilayotganini tavsiflaydi. Ikkinchi darajada ko‘pchilik o‘quvchilar nimga erishishi kerakligini tavsiflaydi. Uchinchi darajada maqsadning eng mukammal kutilayotgan natijasidir. Ushbu masadga ko‘proq iqtidorli o‘quvchilar erishadi. Ushbu kichik natijalar dars bosqichlarida ks ettirilgan . Bunda o‘quvchining imkoniyati va ehtiyojini hamda o‘qituvchi bilan hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etishni hisobga olish kerak. Shundagina ko‘zlangan natijaga erishish mumkin. Metodik qo‘llanmada dars bosqichlari uchun vaqt chegarasi keltirilmagan, o‘qituvchi ijodiy yondasghgan holda vaqtni to‘g‘ri taqsimlashi mumkin. Bu esa dars jarayonida muvaffaqiyatga erishishga imkon beradi. Natijada dars jarayonida o‘quvchilar akademik o‘quv- bilish faoliyati va ijodiy izlanish orqali o‘quv topshiriqlaridan ko‘zlangan maqsadga erishishni hamda ijtimoiy- psixologik, shuningdek, dars davomida yuksak muloqot madaniyatiga ega bo‘lishiga erishiladi.
Ilm-fan va texnologiyalr sohasidagi yangi bilimlar kontekst bo‘lsa, shaxsiy qarashlar sevimli mashg‘ulotlar, shaxsiy texnika, musiqa va sport bilan shug‘ullanishningilmiy jihatlarni ko‘rsatadi. Yangi moddalar, texnik qurulmalar, genetic modefikatsiyalar, sog‘liqni saqlash texnologiyalari, transport masalasini milliy mahalliy bo‘limda o‘quvchilar o‘rgansa, turlarning yo‘q bo‘lib ketishi, fazoning tatqiq etilishi, koinotning paydo bo‘lishi va tuzilishi global bo‘limda o‘rganiladi. Aholi salomatligi davlat va jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim omilidir. Inson salomatligi uchta asosiy omil bilan belgilanadi: genetika, yashash sifati va atrof-muhit omillari. Shuning uchun, sog'liqni saqlash ko'rsatkichlari, epidemiologik vaziyat, kasallikning o'zgaruvchan naqsh atrof-muhit holatiga bevosita bog'liq. Milliy vaziyat yaxshilanmoqda. Barqaror rivojlanish uchun suv resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanish, mavjudlarida esa sanitariya holatini yaxshilash, iqlim oʻzgarishi va uning oqibatlariga qarshi shoshilinch choralar koʻrish, yer ekotizimlarini himoya qilish hamda tiklash va ulardan oqilona foydalanish lozimligi qayd etildi.
Ushbu yo‘nalishning birinchi metodisti Vasiliy Fyodorovich Zuyev (1754—1794) hisoblanadi. U xalq bilim yurtlarida tabiatshunoslik darslarini olib bordi, o'qituvchilar seminariyasida leksiyalar o‘qidi. 1786- yili V.F. Zuyev «Tabiiyot tarixining ko‘rgazmalari» nomli darslikni nashr ettirdi, unda tabiiyotni o'rganish izchilligi, qazilmalar dunyosi (jonsiz tabiat), o'simliklar dunyosi (botanika), hayvonlar dunyosi (zoologiya) ko‘rsatilgan. Bu darslik o‘quv predmeti sifatida tabiiyot faniga asos soldi. V.F. Zuyev maktab o ‘quvchilarining tabiiy obyektlarni o'rganishlarini yoqlab chiqdi, chunki u minerallarni, o‘simlik va hayvonlarni bevosita sezgilar orqali qabul qilib olinishini yuqori baholar edi. Bundan tashqari, o‘quvchi o‘z o‘lkasining tabiatini albatta o'rganishi kerakligini ko'rsatdi, bu kitob o'qitishning hozirgi o'lkashunoslik tamoyiliga mos keladi. Biroq bu ilg‘or g‘oyalarning fanda hayotdan ajralgan, yuzaki metodlar hukniron bo‘lgan sharoitda, o‘quvchilardan faqat darslik matnini mexanik ravishda yod olish talab qilingan bir vaqtda amalga oshirilishi mumkin emas edi. XIX asr o‘rtalarida ilg'or pedagogik fikrlarning taraqqiyotiga Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy (1824—1870) o'zining munosib hissasini qo‘shdi. U kuzatish metodini tabiatni bilib olishning samarali metodi deb hisobladi, «Ona tili» va «Bolalar dunyosi» nomli o'qish kitoblariga tabiatshunoslik materiallarini bayon qilib, kuzatish va tajribalar o‘tkazishni talab etuvchi tabiat to‘g‘risidagi materiallarni kiritdi.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin