II bob. O‘quvchi yoshlar ongiga ekologiya, ekologik madaniyat tushunchalarini singdirishda inretfaol medotlardan foydalanish. 2.1 Ekologik mdaniyat tushunchasini rivojlantirishda integratsion darslarni tashkil qilish. Ta’lim-tarbiya ishi bugungi kunda o`quvchining har tomonlama rivojlantirishni ta’minlovchi majmuaviy jarayon sifatida namoyon bo`lmog`i kerak. Shuning uchun ham mazkur jarayon turli yoshdagi o`quvchilarning aqliy rivolanishi, o`quv-biluv jarayonida o`quvchi shaxsining faoliyati, tahsil olishi va rivojlanishining o`zaro aloqadorligini ta’minlashga yordam bermog`i lozim. Huddi shu borada integratsiyalashgan ta’lim orqali o`quvchilarni bilim sifatini o`zaro aloqadorlikda amalga oshirib borish ko`zda tutiladi. Har bir o`quvchining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni pedagogik qo`llab-quvvatlash, qobiliyat va iqtidorlarini ro`yobga chiqarish, muayyan sharoitga moslashuvchanligini qaror toptirishga yo`naltirilgan maxsus o`quv faoliyatida o`quvchining maqbul rivojlanishini ta’minlash muhimdir. Yangi sharoitda maqbul rivojlanish deganda biz o`quvchining o`ziga xosligini pedagogik jihatdan qo`llab-quvvatlash, uning rivojlanishiga boshqa yangicha bir o`quv modeli ta’sir qilishini ko`zda tutadi. Agar o`quvchiga ta’lim berish va rivojlanish muammosi uyg`unlashtirilsa, uning o`ziga xosligini pedagogik-qo`llab-quvvatlash, birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Integratsiyalashgan mashg`ulotlarda didaktik va psixologik talablarni hisobga olgan holda muayyan o`quv predmeti doirasida maxsus tashkil etilgan individual hamda alohida guruhlarda jamoa bo`lib olib boriladigan ishlar orqali hamda turlicha murakkablik darajasida bo`lgan topshiriqlarning har tomonlama o`ylab ishlab chiqilgan tizimi har bir mavzuning o`zlashtirilishi muayyan pedagogik shart-sharoitlarni talab qiladi. Bunday sharoitda ta’lim rivojlanishiga nisbata ilgarilab boradi.
O`quvchi odatda mustaqil bejariladigan topshiriqni kichik guruhda o`zaro yordam, hamfikrlik natijasida tez bajaradi. Kichik guruh uchun marakkablik qiladigan mashq va masalalarni o`quvchilar jamoa bo`lib, oson va sifatli bajarishlari mumkin. Savol va topshiriqlarni tabaqalashganlik darajasidan kelib chiqqan holda hamda bir mavzu bo`yicha belglab beriladigan topshiriqlar ularning sifati, har bir o`quvchining o`zligini namoyon qilishini talab qiladi. SHu bilan birga bunday topshiriqlarni bajarish jarayonida o`quvchi o`z rivojlanishi va bilim sifatining darajasi va individual hatti-harakatlarini ham belgilab oladi. O`quvchi shaxsining o`ziga xos rivojlanish jarayoni quyidagilarda namoyon bo`ladi: ya’ni o`z o`quv predmetini o`zlashtirishga moyilligida.
Ta’lim mazmunini tanlashda har bir o`quvchining o`ziga xos imkoniyat va qobiliyat darajasi, alohida hisobga olinishi kerak. Har bir bolani uzluksiz rivojlanish tamoyili o`quv materiallarini integratsiyalashni, integratsiyalashgan o`quv materiallarini qamrab olgan darsliklar yaratishni taqozo qiladi. Taqdim etiladigan bilimlarning mustahkamligi, o`quvchining umumiy rivojlantirish darajasi dastlab maqsadga asoslanadi. Shuning uchun o`quv materiallari tarkibida turli ranglar, ramzlar, ularning ma’nosi, hajmi bilan tanishtiriladi. Buning natijasida o`quvchida kuzatuvchanlik faoliyati tarkib topadi. Chunki kuzatuvchanlik shaxs faoliyatining asosiy yo`nalishini tashkil qiladi. Bu esa, o`z navbatida fikrlash faoliyatini rivojlantiradi.
Integratsion darslardagi o`quv materiallari o`quvchini har tomonlama rivojlantirishni ta’minlashga yo`naltirilmog`i va shu rivojlanish darajasiga muvofiq tarzda bayon qilinmog`i lozim. Har bir o`quvchiga o`zining mustaqil ta’lim olishga imkoniyat berilishi hamda har bir darsda o`quvchilarda muntazam uyg`un ko`nikmalarni shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Bu ko`nikmalarning bir qismi malakaga olingunga qadar o`quv-biluv jarayonini ko`p tarmoqli jarayonlar bilan kengaytirib borish kerak. Ularning bir qismi mustaqil ishlar, boshqa bir qismi axborot manbalari yordamida hosil bo`ladi. Biz har qanday texnologiyalardan foydalanmaylik, o`quvchilarni mustaqil ishlashlari uchun ham imkoniyat yaratmog`imiz kerak. Shu bilan birga mustaqil ishlash deganda o`quvchining yolg`iz nazoratsiz faoliyatini tushunmasligimiz, balki o`z-o`zini bilimini oshirishni anglatmog`imiz lozim. O`quvchi o`zini qiziqtiradigan, yechishga kuchi yetadigan topshiriqlarni aynan o`zi tanlay olishi talab etiladi. Bunda o`quvchining xohish va bilim sifatini hisobga olish muhimdir.
Har bir o`quvchini uzluksiz rivojlantirish g`oyasi muayyan darsda unda hosil bo`lgan ko`nikmalarni muntazam qo`llab-quvvatlashni anglatadi. Bu ko`nikmalarning bir qismi turli axborot manbalari bilan ishlash natijasida hosil bo`lsa, boshqa bir qismi integratsiyalashgan mashg`ulotlarda turli fanlararo berilgan bilimlar, badiiy asarlar kabilar bilan ishlash natijasida vujudga keladi.
Integrativ mashg`ulotlar o`quvchilarda ishonch hissini qaror toptiradi. O`quv jarayonining muvoffaqqiyati hamda bilimlarning yuqori sifatini ta’minlaydi, darslarda psixologik qulayliklarning o`ziga xos qirralari singdiriladi, o`quvchi faoliyatini samarali tashkil qilishga yo`naltirilgan o`quv mashg`ulotlari taqdim etiladi.
Shunday ekan, o`quvchilarni bilim sifatini oshirishda qo`llaniladigan fanlararo integratsiyalash mumkin bo`lgan ayrim mashg`ulot turlari bilan tanishaylik:
Olimlarning fikricha, bir fan ikkinchi fandagi savollarni, masalalarni yechishda bir vosita hisoblanar ekan. Ana shunday bog`lanishi lozim bo`lgan fanlardan biri ona tili va o`qishdir. Bularga qo`shimcha tarzda tasviriy san’at, mehnat fanlarini ham uyg`unlashtirish fan doirasini kengaytiradi. qaerda ikkita fanning o`zi emas, balki ko`proq fanlar integratsiyalansa, fanlarning aloqalar rivoji kuchayadi. Bunday darslar o`quvchilarni so`zga, ranglarning turfa olami, tovushlar sehriga chuqur kirib borishga ko`maklashadi, savodli, og`zaki va yozma nutqlari shakllanishiga yordam beradi, uning rivojlanishiga va boyishiga estetik didni oshirish, san’at asarlarini tushunish va to`g`ri baholay olishga, Vatan tabiatini go`zalligi va boyligini his etishga o`rgatadi.
Inson dunyoqarashining tabiiy-ilmiy asosini tabiat haqidagi bilimlar tashkil qiladi.Yosh o‘quvchilar tabiat haqidagi dastlabki bilimlarni o‘rganishga kirishar ekan, yetarli darajada ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim. Fanlarni integratsiyash ma’lumotlar bazasini yanada kengaytirib qiziqarli qlishga yordam beradi. Tabiiy fanlar biologiya, geografiya, kimyo, fizika, astranomiya, ekologiya yo‘nalishidagi fanlar tizimini o‘z ichiga oladi. O‘qitishda integratsiyalashgan tarzda dars, darsdan tashqari va sinfdan tashqari mashgulotlrda hamda ijtimoiy hayoti davomida qo‘llaydilar.
Umumta’lim maktablarida boshlang‘ich ta’limdanoq o‘quvchilarga integratsiyalashgan ta’lim berish amaliyotga joriy etilmoqda. Integratsiya o‘qituvchi faoliyatining ma’lum bir tizimi sifatida muayyan o‘quv muammolarini hal qiladi:
integratsiyalashgan ma’lumotlardan foydalanib fanga oid tushunchalar yordamida o‘quvchilarning bilim darajasini orttirish;
o‘quv materialiniyetakchi g‘oyalar nuqtayi nazaridan o‘rganish orqali intelektual faollikdarajasini o‘zgartirish;
o‘quvchilarning kognotiv, fikrlash faoliyatini, darsda va darsdan kyin faol va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb etish.
O`qish va tabiatshunoslik integratsiyasi. O`qish va tabiatshunoslik integratsiyasi imkoniyatlari juda keng, chunki o`qish darslari va tabiatshunoslik darslari oldida turgan umumta’lim va tarbiyaviy darslarda o`quvchilar o`zining o`lkasi tabiati bilan tanishadi, tabiatdagi mavsumiy o`zgarishlar, xonaki va yovvoyi hayvonlar, hasharotlar bilan tnishadilar.
O`qish va tabiat darslaridagi tarbiyaviy maqsad – o`quvchilarda tabiatga muhabbatni va e’zozlash his-tuyg`ularini tarbiyalash, tabiatni estetik birlikda qabul qilishni o`rgatishdan iborat. Tabiatshunoslik va o`qish darslarida o`rgatish ob’ekti bu tabiatning biror hodisadir, lekin ularning o`rganish usullari boshqacha. O`qish darsi tabiat darsiga nisbatan emotsional ranglarda qabul qilinishini shaklantiradi, o`quchilarga o`zining tabiatga bo`lgan estetik munosabatini til vositasida ifodalashga o`rgatadi. Tabiat darslarida esa, ko`z bilan ko`zatadi, qo`l bilan ushlab ko`radi.
Fanlararo umumiy mavzular mavjudligi aynan shu usullarni birlashtirib, o`quvchilarga kengroq holda yetkazishni maqsad qilib qo`yadi. Agar ikki fanni mujassamlashtirilsa, darsni shunday rejalashtirish kerakki, boshqa fanlardan olingan ma’lumotlar bir-biriga qo`shimcha bo`lib, o`sha ma’lumotlar chuqurlashtirilsin. Shunday holdagina bu mujassam dars boshqa darslardan farq qiladi. Bunda biz tabiatshunoslik orqali ongdan his tuyg`uga yuramiz, o`qishni o`rganganda his-tuyg`ularga ta’sir qilib, e’tiqodni shakllantiramiz. Masalan, tabiat darsida o`quvchilar qushlar bilan tanishadilar ularning ko`rinishlarini, yovvoyi yoki honaki ekanligini ajratadilar, ular nima bilan oziqlanishini o`rganadilar va shu kabilar bilan tanishadilar. O`qish darsida bu qushlar to`g`risida badiiy jihatdan tanishadilar, hikoya, ertaklar orqali o`rganadilar. Integratsiyalashgan darsda tabiatshunoslikka oid ilmiy bilimlar badiiy asarlardagi his-tuyg`ular ta’siri orqali tabiatga bo`lgan munosabati shakllanadi.
Ona tili va tabiatshunoslik integratsiyasi. Ona tili va tabiatshunoslik fanlari uyg`unlashtirilgan darslarda fanlar va tabiat hodisalarini ta’sirchan qabul qilish doimo bolalarning nutqini o`stirish ishlariga bog`liq. O`qituvchi o`quvchilarga o`simliklar, hayvonlar, odam tana a’zolarni to`g`ri aytishga o`rgatadi, kuzatish natijalarini aytib borishni taklif etadi. shunday qilib, bolalar o`rgangan so`zlar, ularning tushunchalarida tasavvurlar, aniq hodisalarga bog`lanadi, hayotiy mazmunga to`ladi. Bu esa bolalarni tabiatga bag`ishlangan hikoyalar, maqollar, she’rlarni ongli ravishda o`qish, yozishga tayyorlaydi, ko`rganlari haqidagi matnni katta qiziqish bilan o`qishadi yoki o`qituvchi bilan suhbatlashganlarini yaxshiroq tushunadilar.
Tabiat darslarida esa, o`tiladigan mavzularni mustahkamlash yoki «Oltin kuz», «Zumrad bahor», «Yoz – o`tmoqda soz» kabi mavzulardan foydalanib, insho yozdirish mumkin. Ona tili darsida «Gap» mavzusini o`tganda tabiatga oid gaplardan tuzish kerakligi aytilishi ham o`quvchilarni ikki fanni o`zlashtirilariga yordam beradi. Masalan, «Chinor daraxti» haqida gap tuzish.
«Chinor ming yillar qad ko`tarib turuvchi ulkan daraxtdir».
Ushbu gap orqali o`quvchilarga chinorga og`zaki ta’rif berishlari yoki kengaytirib yozishlari, uning barg shaklini, rangini, xususiyatlarini aniqlash uchun imkon berilishi mumkin.
Shundan keyin o`quvchilar chinor daraxti to`g`risida darak, so`roq va undov gaplar tuzadilar. Tuzilgan gaplar sinf taxtasiga yoki daftarga yoziladi va tahlil qilinadi. Bunday hollarda dars qiziqarli va ko`ftarinki ruhda o`tadi, esda qolarli bo`ladi. Ish yakunida chinor daraxti to`g`risida, uning ijobiy xususiyatlari, go`zalligi, daraxtlarni insonlar e’zozlashi lozimligi haqida suhbatlashish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Ona tili darslarida nutqni rivojlantirish asosiy hisoblanishini unutmagan holda «matn» mavzusini o`rganganda insholardan foydalanish mumkin. Inshoni tanlashda esa, tabiatga xos bo`lgan, bolalarda tabiatga muhabbatini tarbiyalovchi mavzularni tanlash kerak bo`ladi. bunday insholar 5-20 daqiqagacha, xajmi 5-15 gapdan iborat tarzda haftada bir marotaba o`tkazish mumkin. Insho bolalarda tabiatga bo`lgan muhabbatni tarbiyalaydi, ularga zamonning axloqiy talablarini tushunishga yordam beradi. O`zlarining hikoyalarida bolalar qisqa tsitatalar kiritishni, yorqin so`z va iboralar yaratishni, insholarga rasmlar chizishni, bezashni o`rganadilar. Bundan maqsad tabiat to`g`risida badiiy emotsional aniq rasmlar yaratishdir. Shu bilan birga rasm asosida hikoya yoki ertak yozishga o`rgatiladi. Bunday hikoya yoki ertaklarda, albatta, darak, so`roq, undov va buyruq gaplar ishtirok etadi. Demak, integratsiyalashgan darslarda quyidagicha uslublardan foydalanish mumkin:
- evristik suhbatlar;
- nutqni rivojlantirishga oid ijodiy ishlar, ularni yozishda tabiatshunoslik materialidan foydalanish;
- og`zaki rasm chizish (tasvirlash, manzarali tasvirlangan joylarni yozma ravishda daftarga tushirish);
- tabiatshunoslik mavzusida diktant, insholar yozdirish.
O`qituvchilar integratsiyalashgan darsni har bir darsda emas, balki uning ma’lum bir bosqichda, ya’ni haftada 2-3 marotaba foydalanish mumkin. Masalan, lug`at bilan ishlash paytida tabiatshunoslikdan olingan ma’lumotlardan keng foydalanish imkoni bo`ladi. Har qanday so`zga lingvistik va tabiatshunoslik nuqtai nazaridan tushuncha berish mumkin. Umuman olganda ona tili va tabiatshunoslik darslarini integratsiyalashda ularning dars turiga mavzularning o`zaro uyg`unligiga e’tibor berishi kerak bo`ladi. O`qish, yozuv, matematika va badiiy mehnat fanlarining mujassamlashishi.
Boshlang`ich sinflarda integratsiyalash jarayoni aynan mos mavzular yuzasidan emas, balki bir-biriga moslashtirilgan topshiriqlar orqali ham uyushtirilishi mumkin. Bunday hollarda biz nafaqat ikkita yoki uchta fanlarning uyg`unlashishi, balki 4 ta fanlarni ham o`zaro bog`liq holda olib borish mumkin.
To`g`ri, boshlang`ich sinflarda integratsiyalashgan darslarni tashkil etish murakkab jarayon. Buning uchun o`qituvchi o`quvchilar bilan ishlashning turli yo`llarini qidirib topishga to`g`ri keladi. SHundagina darslar samarali o`tishi mumkin. Aytish joizki, boshlang`ich sinflarda 4 ta fan, ya’ni o`qish, yozuv, matematika va badiiy mehnat darslarini uyg`unlashtirish qiyin. Chunki bunday hollarda tanlangan mavzu har biriga tegishli bo`lishi kerak. Shu bois ham mujassam darsga e’tibor berilishi muhimdir. Masalan, o`qish darsligida (2-sinf) kitob haqida ma’lumot berilgan bo`lsa, keyingi fanlar topshirig`ini ham aynan shunga moslash lozim. Bunda kitob haqida faqat dasrlikdagi ma’lumot bilan chegaralanmay «Bolalar entsiklopediyasi»dan ham foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi. Yozuvda ham aynan kitob haqida yozishadi, matematikada ham kitobga oid masala yechishadi, badiiy mehnatda kitob yasashni o`rganadilar. Bu vazifalarni bajarishda topshiriqlarni navbatma-navbat bajarilsa, ko`zlangan maqsadga erishib bo`lmaydi, shu bilan birga vaqt yetmaydi. SHu bois o`quvchilarni 4 guruhga bo`lib, ularga sinfda 4 ta ijod markazi tayyorlanadi. Har bir guruh bir vaqtda 4 xil topshiriq bilan band bo`ladi. 1-guruh «o`qish» markazda kitob haqida ma’lumot o`qiydilar. Uni dastlab o`qituvchi tushuntirib beradi, unga doir rasmlardan foydalanadi.
2-guruh kitob haqida «Yozuv» markazida ishlaydilar. Ular kitob haqida bilganlarini sinf taxtasiga yoki daftarga guruhlararo kelishib yozadilar.
3-guruh «Matematika» markazida kitobga oid masalani birgalikda bajaradilar.
4-guruh «Ijod» markazida kitob yasaydilar.
Har bir guruh topshiriqni 10 daqiqadan so`ng bajarib, guruhlar topshiriqlarni almashtiradilar. Shu tariqa 4 tala guruh ham topshiriqlarni bajaradilar, topshiriqlar orada o`qituvchi tomonidan baholab boriladi. Bunday darslarni ham haftada bir marotaba o`tkazish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Ona tili va musiqa fanlari integratsiyasi.Bir qarashda bu fanlar birligi murakkab tuyuladi, ya’ni integratsiyalash imkoni cheklangan. Shuning uchun ham bu ikki fanni qanday integratsiyalash masalasiga e’tiborni qaratmoqchimiz. Ona tili darsida o`quvchilar e’tibori nutqni to`la o`zlashtirilishiga qaratiladi. Musiqa darsida esa o`rganiladigan material – bu musiqa va qo`shiqlar. Agar ikki fan uyg`unlashsa, u holda ikki kuch, ya’ni nutq va musiqa birlashadi. Ona tili va musiqa darslarida biz tovush tiniq aytilishiga ko`proq e’tiborni qaratamiz. Chunki nutq va qo`shiqning o`zro aloqasi chuqurroq va bu aloqa asrlarga borib taqaladi. Olimlarimizning ta’kidlashicha, nutq va kuy bir kuch bo`lgan va o`sha davrlarda ularning tarona negizi tabaqalashmagan. Shu bois ham ona tili hamda musiqani integratsiyalash mumkin bo`ladi.
Umumiy pedagogikadan ma’lumki hamma pedagoglar uchun asosiy va umumiy maqsad bu – bolada qobiliyat va fikrlashni ko`p tomonlama rivojlantirishdir. Shu bilan birga u fan asoslarini o`rganayotganda doimo bilim, malaka, ko`nikmalarni takomillashtirishga xohishni rivojlantirish kerak. Lekin har bir pedagog bolaning umumiy rivojlanishidan tashqari uning o`ziga xos qobiliyatini rivojlanishiga ham g`amxo`rlik qilish lozim.
O`tmish uslubchilari va hozirgi zamon tadqiqotchilari ruhshunoslik va uslubiy sohada o`quvchilarning diqqatlarini umuman lingvistik va musiqiy qobiliyatlarini o`rgandilar hamda barcha qobiliyatlardan nutq va musiqiy qobiliyatni ajratib olish mumkin deb hisoblaydilar. Aynan bu qobiliyat til va qo`shiqni o`zlashtirish asosidir.
K.D.Ushinskiy shunday degan edi: «Bolalar asarni tushunishlari uchun uni sezishlari kerak. She’riy asarlarda juda ko`p narsa faqat his-tuyg`u orqali tushuntiriladi, uni faqat aqliy bilim bilan tushuntirish mumkin emas»4.
Albatta, maktabgacha tarbiya yoshda bo`lgan bolalaning kitobga ilk bor qiziqish ko`pincha rasm orqali vujudga keladi. Bu «sirli kalitcha» kichkina kitobxonlar oldida jonli va ko`p qirrali badiiy adabiyot dunyosiga eshik ochib beradi. O`sha davrda rasm bolaning hayolini uyg`otadi. Uning hayot va ertak olami to`g`risidagi tasavvurini shakllantiradi, chiziq va rang san’atiga qiziqishini uyg`otadi. Shuning uchun ham tasviriy san’at fanini barcha fanlarga uyg`unlashtirish – yaxshi samara beradi.
Boshlang`ich sinflarda o`qish darslarida tasviriy san’atni uyg`unlashishi bolalarning adabiy asarlarni badiiy qabul qilishlariga yordam beradi. Aynan san’at orqali biz hayot go`zalligini anglashimiz, uni beg`araz chehrasini ko`rish baxtiga muyassar bo`lamiz. Shu ma’noda bolaga tabiat doim bir xil emasligini, u boy, rango-rang va uni badiiy qabul qilishda ana u ranglaridan foydalanishimiz kerakligi uqtiriladi.
Badiiy qabul qilish asosan ruhiy jarayon bo`lib, bu jarayon bevosita san’at asari ta’sirida yuzaga keladi. Boshlang`ich sinfda o`qish darslarida turli asarlarga oid rasmlar chizdirish mumkin. Bu bilan o`quvchi asosan badiiy qabul qiladi. Badiiy qabul qilish faollikni talab qiladi va u bir necha bosqichda amalga oshadi:
1. Asarni o`qishdan oldin o`quvchi badiiy qabul qilishga tayyorlanadi;
2. Asarni o`qish va u bilan aloqaga kirishish;
3. Asarni tasavvurida chiqishga o`rganish;
4. O`qigan, chizgan asarlarini keyin ham xotirada saqlanishiga erishish.
Bu bosqichlar asarni ruhiy qabul qilishga tayyorlaydi. O`quvchi oddiy o`qigandan ko`ra, chizgan asari haqida ko`proq tasavvurga ega bo`ladi. Bundan ko`rinib turibdiki, o`quvchi o`qiyotgan asarini ikki bosqich orqali to`la tushunadi:
O`quvchilarga bahor, yoz, kuz. qish fasllari mavzusi asosida rasm chizdirilganda, albatta, ular haqida o`quvchilarga kerakli ma’lumotlar beriladi. Ushbu mavzular tabiatshunoslik yoki o`qish darslarida o`tkaziladigan o`quv predmetining o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tushunchalar beriladi. Yagona mavzu asosida dars o`tilgach, turli predmetlardan o`quvchilarga o`zaro hamohang bilim berilishi tabiiydir. Shunday ekan, o`z-o`zidan mazkur mavzularni yaxlit asosda uyg`unlashtirish kerakmi? – degan savol tug`iladi.
Tasviriy san’at darslarni boshqa fanlarga uyg`unlashtirish qulayroq. Chunki ushbu darsdagi mashg`ulot turlari, uyg`unlashgan darslarda bajarilishi lozim bo`lgan mashq turlaridan iborat. Sababi, tasviriy san’at darslarida, mavzu asosida rasm ishlash jarayoni ikki turga bo`linadi:
Mavzu asosida rasm ishlash;
Adabiy asarlarga rasm ishlash.
Mavzu asosida rasm ishlashda yil fasllari, bayramlar yoki tadbirlar nazarda tutilsa, adabiy asarga oid rasm ishlashda esa, ertak, hikoya she’r kabilar asosida sur’atlar chiziladi. SHunday ekan o`qish tabiatshunoslik darslaridagi mavzular aynan shu mavzularni o`zida mujassamlashtirgan.
Masalan, «Bahor», «Kuz», «qish» kabi mavzular o`qish tabiat, tasviriy san’at o`quv predmetlari dasturidan o`rin olganligi uchun ularni o`zaro integratsiyalash mumkin. Bu bilan o`quvchilar har bir darsni to`la o`zlashtirishga erishadilar. Boshlang`ich sinflarda har bir o`quv predmetini integratsiyalashning natijasida, o`quvchilarning nutqini o`stirishga erishish mumkin. Hattoki, tasviriy san’at darslarini uyg`unlashishi ham aynan, nutq o`stirishga qaratilgan.
Har qanday bolaning psixik ruxiyatida ijodiy shaxsga xos muhim xususiyatlarni ko`rish mumkin. Ammo bolalarning ijodiy faoliyati bilan kattalar ijodiy madaniyati namunalariga teng nazar bilan qaramaslik lozim, biroq ijodiy imkoniyatlarni ham e’tiborga olish muhimdir. Shuni aytish joizki, asosan ko`pchilik o`quvchilarda o`quv materialini egallashdagi qiyinchilik tafakkurning xususiyatlarini yetarli darajada shakllantirilmaganligi bilan tushintirish mumkin. Masalan, tahlil qila olmaslik, taqqoslash, umumiydan asosiysini ajrata olmaslik, faollikning yetishmasligi, uyatchanlik, tafakkurning egiluvchanligi va boshqalar.
Aynan integratsiyalashgan mashg`ulotlardagi mavzularga oid didaktik o`yinlar o`quvchilarni fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan. Bu o`yinlarni dars vaqtida charchoqni tushurish diqqatni jamlashda qo`llash mumkin. Ular o`qish va dam olishni to`g`ri tashkil qilishga, mashg`ulotlarda o`quvchilarning emotsional qobiliyatini ko`tarishga yordam beradi. Guruhiy o`yinlar esa bolalarda o`zaro tushunish, hurmat bir-biriga ishonchni rivojlantirishga qaratilgan.
Idrok jarayonini rivojlantiruvchi o`yinlar.
1. Rasmlar tahlili. Oddiydan murakkablashtirib, bolalarga xilma-xil rasmlar ko`rsatiladi (2-3 daqiqa) keyin rasmlar olib qo`yiladi bolalrga rasmlarda nima ko`rganliklarini hikoya qilib berish so`raladi. Bu o`yin idroknigina emas, ko`rgazmali xotira, nutqni rivojlantirish, kuzatuvchanlikni oshirish omili ham bo`lishi mumkin. Bu o`yindan asosan o`qish, ona tili, tabiat darslarini uyg`unlashtirganda foydalanish mumkin sanaladi. Tanlangan rasmlar o`tilayotgan mavzuga oid bo`lishi lozim.
2. Tovush sonini aniqlash o`yini.
O`qituvchi qalam bilan bir necha marta stolni taqillatadi. Bola necha marta urilganligini sanab, aytib berishi kerak.
3. Sehrli tomchi. Bir varoq qog`ozga bir tomchi rang tomgizilib, qog`oz buklanadi. O`quvchilar tomchini nima o`xshashligini aytib berishlari zarur. Eng ko`p predmet nomini aytgan bola g`olib hisoblanadi.
4. Rasmni davom ettir. Har bir o`quvchida qog`oz va qalam bo`lishi shart. Birinchi o`quvchi qandaydir rasmni chizishni boshlaydi. Keyingi o`quvchi boshlangan rasmni nima ekanligini aytib, uni davom ettiradi. O`yin mana shu tarzda to ishtirokchilar chizilayotgan rasmga biror bir qo`shhimcha kirita olmaguncha davom ettiriladi. Rasmga so`ngi nuqta qo`ygan ishtirokchi g`olib hisoblanadi. Bu o`yinni sinf taxtasida yoki guruh-guruh qilib aylana holda o`tirgizib qo`yilgan o`quvchilar o`rtasida o`tkazish mumkin.
Demak, bunday psixologik o`yinlar integratsiyalashgan darsning mavzulariga moslangan holda o`quvchilarni fikrlarini bir joyga jamlash, dam oldirish uchun qo`llanilishi muhim ahamiyatga ega.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o`quvchilar bilim darajasini oshirishda ta’lim mazmunini integratsiyalash yuqori natijalarga olib keladi. Unda nafaqat fanlarni o`zaro bog`lash orqali, balki o`zaro uyg`unlashishi mumkin bo`lgan va bolaga ijobiy ta’sir etadigan ob’ektlar orqali ham bolalarni har tomonlama rivojlantirishni ta’minlashga ko`maklashishi mumkin. Buning uchun ta’limni zamonaviy talqin asosida tashkil etish zarurdir.
Globallashuv sharoitida ta’lim shaxsni har tomonlama voyaga yetkazish, unda komillik va malakali mutaxassisga xos sifatlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi tezkor davr o‘quvchilarni qisqa muddatda va asosli ma’lumotlar bilan qurollantirish, ular tomonidan turli fan asoslarini puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni taqozo etmoqda. o‘quvchilarda bilimlarini shakllantirish o‘qituvchi rahbarligida, maqsadli tashkil qilingan faoliyat jarayonida samarali rivojlanadi va bu pedagogik jarayonda o‘z aksini topadi.
Aniq va tabiiy fanlar integratsiyasi asosida mantiqiy fikrlashga o‘rgatishdao‘quvchilarning mustaqil izlanuvchanlik faoliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar asosan kichik guruhlarda hamda individual shaklda olib borilishi lozim. Individual shakl asosan berilgan topshiriqlarni mantiqiy jihatdan bajarishga yo‘naltiriladi. Har bir o‘quvchi o‘zining individual xususiyatlariga egaki, bu uning o‘quv faoliyatiga katta ta’sir etadi. Pedagogning bu xususiyatlarni o‘rganishi va inobatga olishi o‘qitish sifatini oshirish hamda har bir o‘quvchining mantiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. Pedagog o‘quvchilarning darslardagi va tajriba mashg‘ulotlari vaqtida dars jarayonidagi ishini, fikrlash qobilyatlarini rivojlantiradi.
O‘quvchi mantiqiy fikrlashga oid mashg;ulotlarda mustaqil ravishda o‘z ustida ishlaydi.. Kichik guruhlarda mantiqiy fikrlashga oid mashg;ulotlarda berilgan topshiriqlar puxtalik bilan o‘ylab chiqilgan bo‘lishi kerak, chunki ularda o‘quvchilar ongini o‘stirish hamda tafakkurini boyitish, muloqot kabi qobiliyatini rivojlantirish maqsadlari bor. O‘qituvchi o‘quv va ko‘rsatmali vositalarni ishlata olishni, ulardan maqsadga muvofiq va oqilona tarzda foydalanishni bilishi kerak. O‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllan-tirish va rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar dars ishlanmalari hamda texnologik xaritalari asosida tashkil etiladi. Mashg‘ulotlar asosini mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini bajarish tashkil etadi. Har bir mashg‘ulot o‘quv maqsadiga to‘la erishish uchun qo‘shimcha mashg‘ulotlar ham o‘tkazilishi mumkin.
O‘quvchilarga mustaqil bilish, fikrlash va ijodiy izlanishga majbur qiladigan, muammoli hayotiy dalillarga asoslanadigan vaziyatli topshiriqlarni berish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchi topshiriqlarni ijodiy fikrlash va mustaqil ishlash orqali mantiqiy fikr doirasi kengayadi [3; 52-b.]. O‘qituvchilar mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini bajarish bo‘yicha o‘quvchilarning intilishlarini olqishlashi hamda to‘g‘ri yo‘naltira olishlari lozim. Savollar yoki topshiriqlar orqali o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashlarni rivojlantirish, noma’lum yoki noaniq ma’lumotlar mohiyatini tushunish uchun mustaqil izlanishlarini vujudga keltiradi. Olib borilgan pedagogik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchining mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish, uning mustaqil bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirishda mustaqil ish ijobiy ta’sir ko‘rsatar ekan. Bilimlarni mustahkamlash va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun xarita bo‘ylab xayolan sayohat o‘tkazish aniq va tabiiy fanlar integratsiyasida ahamiyatlidir, bunda sayohat vaqtida bolalar yo‘lga nimalar kiyib olishlarini, yo‘lda nimalarni ko‘rishlarini, qanday o‘simlik va hayvonlar uchrashini aytishlari kerak bo‘ladi.
Aniq va tabiiy fanlar integratsiyalashuvi o‘quvchilarda dunyoning zamonaviy tabiiy-ilmiy ko‘rinishiga mos keluvchi idrok etish uslubini shaklantirishga (yalpi ftkrlash), qaysiki, o‘z yechimining gumanitar yo‘llarini talab qiluvchi, hozirgi dunyo dolzarb muammolarini tushunishga imkon beradi o‘quvchilarning ilmiy-tabiiy dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish, mantiqiy fikrlashga o‘rgatishda har bir dars mavzuyini bayon qilishga e’tibor beriladi. O‘quvchilar topshiriqlarni individual bajarish jarayonida ularning aqliy faoliyati jalb etiladi, o‘z bilimi, kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonch ortadi. Buning natijasida har bir shaxs o‘z imkoniyati darajasida rivojlanadi. Shu tarzda tashkil etilgan bilish faoliyatida vaqtdan unumli foydalaniladi. Pirovard natijada ta’lim samaradorligi ortadi. Ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanib o‘tiladigan darslarda o‘quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil etiladi.