Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsad: Tabiat nima? Nima uchun biz uni asrashimiz va g`amxo`rlik qilishimiz kerakligi haqida suhbat o`tkazish.
Kun shiori: Biz tabiatni asraymiz
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Tabiat manzarasi , o`simliklar , hayvonlar aks ettirilgan rasmlar va videotasmalar.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism. Mashg`ulot maqsadi bilan tanishtirish.
II Asosiy qism :
Tabiat manzarasi aks ettirilgan : yurtimiz ko`chalari ,bog`lari hayvonot dunyosi va qushlar, gulzor bog`lar va tog`lar aks ettirilgan videolavha namoyish etiladi. Bularning barchasi bir so`z bilan tabiat deb atalishi aytib o`tiladi. O`qituvchi : Tevarak atrofimizni o`rab turgan , mana shu lavhada ko`rgan barcha narsalar tabiat deb ataladi. Tabiat jonli va jonsiz tabiatga bo`linadi. Hozir ko`rgan lavhani ko`z oldingizga keltiring va shu yerdan qaysilari jonli tabiatga , qaysilari jonsiz tabiatga kirishina aniqlab olamiz.
O`quvchilar guruhlarga bo`linib jonli va jonsiz tabiatga kiruvchi harsalar alohida- alohida yozib chiqishadi va uni doskaga osib qo`yiladi. Hamma ishni yakunlagach, tushunchalar umumlashtiriladi. Demak , Hayvonlar ham odamlardek nafas olishi, ovqatlanishi, ulg`ayishi va qandaydir holatlarda insonlarga foyda keltirishi mumkin ekan. O`simliklar ham ildizlari orqali suv ishadi, oziqlanadi, barglari orqali nafas oladi, bizlarga iflos havoni barglari orqali tozalab, toza havo yetkazib beradi . Baland osmono`par tog`larimiz, suvlar, qum, toshlar, ter osti bo`yliklarimiz- oltin, kumush , mis, toshko`mir, neft va tabiiy gaz ham tabiat ne`matlaridir . Ular yer yuzida insoniyat barpo bo`lgandan boshlab insonga xizmat qiladi.Inson ongi rivojlanib borgan sari bu tabiat ne`matlarini o`rganib keldi . Ularning tarkibi, nima uchun ishlatish mumkinligini va qanday foydalanish kerakligini olimlarimiz o`rganib bordilar. Hozirgi paytda bizning yer osti va yer usti boyliklarimizdan xo`jaligimizning turli sohalarida ishlatilib kelinmoqda. Yer yuzining tabiiy xaritasidan mintaqalardagi tabiatning xilma- xilligi, hayvon va o`simliklardagi farqi ko`rsatib o`tiladi.
III Yakuniy qism :
Bugun biz sizlar bilan tabiat haqida suhbatlashdik. Yerimizdagi har bir xas- cho`p ham biz uchun qadrli ekani haqida bilib oldik. Tasavvur qiling, agar uyimizda bir kun kechgacha suv, tabiiy gaz va elektr nuri bo`lmasa qanday holat yuzaga keladi. Endi bu holatni yer yuzida bo`lmasligini ko`z oldingizga keltiring. Buning uchun bizlar nima qilishimiz kerak? Albatta tabiatni asrab –avaylashimiz kerak . Shundagina kelajak avlodlarimiz ham bu ne`matlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Shu maqsadda O`zbekiston ham ko`p davlatlar qatori “EKOSAN” jamgarmasiga a`zo bo`lgan . Bu jamg`armaning asosiy maqsadi yer yuzida nobud bo`lib ketayotgan ba`zi bir hayvonlar, o`simliklarni ko`paytirish va saqlash, suv va havoning ifloslanishining oldini olish choralarini ko`rishga qaratilgan. Bu ishda biz ham o`z hissamizni qo`shishimiz kerakligini tushunib oldik.
Dars yakunida o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
ХULOSA
“Xulosa qilib aytganda, bugungi shiddatli davrda chinakam ma'naviyatli va ma'rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o‘z milliy qadriyatlarini, milliy o‘zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurasha olishi mumkin.”
Ona tili darslarida mavzuga oid qo‘shimcha mashqlar bajarishdan foydalanish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning ona tili grammatikasi bo‘yicha bilim va ko‘nikalarini o‘stirish boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan o‘qitish jarayoniga katta mas'uliyat bilan yondashishni talab qiladi. Chunki endigina o‘z ona tilisining grammatik qonun-qoidalarini o‘rganayotgan, harflarni bir-biriga qo‘shib, so‘zlarni esa bir-biriga qo‘shib gap yasashga o‘rganayotgan, matnni ifodali o‘qish qoidalari bilan tanishayotgan boshlang‘ich sinf o‘quvchisiga bir vaqtning o‘zida ta'lim va tarbiya bеrish, ularga sharqona odob-axloq, iymon-e’tiqod, mehnatsevarlik, tinchliksevarlik kabi insoniy fazilatlar haqidagi tushunchalarni singdirish bilan birga ularning ona tilining murakkab grammatikasi yuzasidan tushunchalarini o‘stirish bir muncha murakkablikni o‘z ichiga oladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshi, saviyasi va bilimni qabul qila olish qobiliyatlarini hisobga olgan holda dars mashg‘ulotlarini tashkil qilish, o‘qitish prinsiplari va mеtodlariga qat'iy amal qilish maqsadga muvofiqdir.
Biz tajriba-sinov mashg‘ulotlarini olib borish jarayonida shunga amin bo‘ldikki, darslarda noan'anaviy mеtodlarni qo‘llash, yangi pеdagogik tеxnologiyalardan unumli foydalanish, dars qismlarida sport o‘yinlaridan, turli xil musobaqalardan yoki qiziqarli o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilarda, nafaqat, chuqur bilim va ko‘nikmalarini hosil qilishda, balki insoniy fazilatlarini o‘stirib borishda samarali natijalar bеradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining qiziqarli o‘yinlarni o‘ynashga bo‘lgan qiziqishlaridan unumli foydlanib, dars jarayonlarida, ayniqsa, ona tili
darslarida til;ning grammatik qurulishi bilan tanishtirib borish, mavzuga oid mashqlar bajarishda, qolavеrsa, uy vazifalarini tеkshirishda ko‘proq qiziqarli o‘yinlardan foydalandik.
Qo‘llagan usullarimiz orqali o‘quvchilarning ona tili grammatikasiga oid tushunchalarini o‘stirishga harakat qildik. Natija esa yomon bo‘lmadi.
Ona tili darslarida noan'anaviy usullardan, qiziqarli o‘yinlardan foydalanganimizda o‘quvchilarning, avvalo, darsiga bo‘lgan qiziqishlari ijobiy tomongan o‘zgardi. O‘qish darsiga qiziqmagan o‘quvchilarda darsga qiziqish uyg‘ota oldik.
Eng asosiysi, tuli xil qobiliyatlari, talant qirralarini rivojlantirishga, bilim va ko‘nikmalarni tеz o‘zlashtirib olishlariga, ona tili darsi oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishga, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, an'analarimiz, sharqona odob-axloq normalarini rivojlantirishga erishdik.
Bundan tashqari, ona tili darslarida qiziqarli o‘yinlar o‘tkazish, sinf o‘quvchilarini kichik guruhlarga bo‘lib ishlash kabi usullardan foydalanganimizda o‘quvchilarning mashg‘ulot davomida erkin harakat qila olishga, o‘zlarida his etayotgan tortinchoqlik, uyatchanlik, biladigan narsasini aytib bеrishga jur'at eta olmaslik kabi salbiy xaraktеrlaridan qutulishga, erkin fikrlash, mustaqil ravishda xulosa chiqarish, fikr-mulohazalarini va xulosalarini erkin bayon eta olish, kamtarlik, rostgo‘ylik, hushmuomalalik, mehnatsevarlik kabi qobiliyatlarini shakllantirishga va uni rivojlantirishga erishdik.
Ona tili darslarida olib brogan tajriba-sinov ishlarimiz orqali biz quyidagi natijalarga erishdik:
Og‘zaki nutqlari rivojlantirildi;
Lug‘at boyliklari oshirildi;
So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish qobiliyatlari rivojlantirildi;
Ona tili fanidan qo‘shimcha mashqlar ko‘nikmalari
Fikrlash qobiliyatlari rivojlantirildi;
Tafakkur qilish qobiliyatlari rivojlantirildi;
Dunyoqarashlari kеngaytirildi;
O‘z ona tilisiga bo‘lgan mеhr-muhabbatlari oshirildi;
Bilim va ko‘nikmalarni egallashga bo‘lgan qiziqishlari oshirildi;
Mashg‘ulotlar davomida faol ishtirok etish xususiyatlari rivojlantirildi;
O‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining oshirilishiga erishildi;
Boshlang‘ich sinf ona tili darslarini noan'anaviy usullardan, didaktik o‘yinlardan foydalangan holda tashkil etish o‘quvchilarning jajji qalblarida milliy iftixor va milliy g‘ururni shakllantirish bilan birga kamtarlik, rostgo‘ylik, hushmuomalalik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarini rivojlantirish hamda komil inson bo‘lib yеtishishlarida katta yordam bеradi.
Boshlang‘ich sinflarning, nafaqat ona tili darslarida balki boshqa har qanday dars turlari davomida yangi pеdagogik tеxnologiyalarni qo‘llash, noan'naviy dars usullaridan foydalanish, ta'lim-tarbiya jarayoniga yangicha yondashish juda ham katta samarali natijalar bеrishiga ishonch hosil qildik.
Dostları ilə paylaş: |