Xolidey strukturasi (poluxiazm) hosil bo’lish orqali kechadi. Poluxiazmda turli ota-onalarga tegishli bo’lgan bir zanjirli DNK molekulasining uchastkalari o’rtasida komplementar birikish sodir bo’ladi. Natijada poluxiazmda geterodupleks rayonlar mavjud bo’ladi. Bu va shunga o’xshash umumiy rekombinatsiyani ko’pgina xususiyatlari achitqi va boshqa askomitsetlarda o’tkazilgan genetik tajribalarda aniqlangan. Bu organizmlar bilan ishlash jarayonida individual rekombinatsion hodisa mahsulotlarini kuzatish mumkin.
Xolidey strukturasini gomologik rekombinatsiyaning oraliq bosqichida elektron mikroskop yordamida kuzatish mumkin. Darhaqiqat, agar poluxiazmni 1800aylantirsa, geteroduplekslarda gomologik uchastkalar almashingani ko’rinadi (34 rasm).
Gomologik rekombinatsiyaning asosiy vazifasi - oldingi bo’limda so’z yuritilgan reparativ tizimlar eplay olmagan jarohatlarning reparatsiyasidan iborat. Bunday jarohatlar masalan, replikativ ayri DNKning jarohatlangan uchastkasini reparativ tizim bartaraf qilishi oldidan o’tganda paydo bo’lishi mumkin. Bu holda DNKning bir zanjiri jarohatlangan bo’ladi (masalan u yerda timin dimeri yoki AP sayt mavjud), jarohat qarshisidagi komplementar zanjirda bo’shliq hosil bo’ladi. Bu jarohatning bexato reparatsiyasining yagona yo’li replikatsiya natijasida hosil bo’lgan DNKni ikkinchi dupleksini etalon sifatida ishlatish, ya’ni rekombinatsiyaning jarohatni tiklash uchun qo’llash. E.coli da bu vazifani maxsus RecA−oqsil reparatsiya fermentlari bilan bajaradi. Bu oqsil uchun qo’sh zanjirli DNK molekulasini jarohat bo’lgan bir zanjirli uchastkasi “sevimli“ bo’lib, RecA−oqsil shu uchastka bilan bog’lanadi va gomologik jarohatlanmagan dupleks bilan rekombinatsion muloqotga kirishib ketadi.