29-rasm. E.coli replikatsiyasining initsiatsiyasi. G-giston oqsili (D. Nelson bo’yicha). Prokariotlarda xelikazaga ferment DNK-giraza (topoizomeraza oilasidan) yordam beradi. Giraza initsiatsiyada bir vaqtda ikkita vazifani (sharnirlik) bajaradi. Birinchidan giraza DNKning bir zanjirida bir-biridan ajralgan bo’laklar hosil qilsa, ikkinchidan bu ferment burama harakatning bir necha bosqichida navbatdagi zanjirni to’liq shakllantiradi. Mazkur ferment faqat DNKning doira shaklidagi harakatini ta’minlab qolmasdan, balki, uning yo’nalishini ham belgilaydi. Fermentning bu xususiyati xuddi shu jarayonlar tufayli ikkiga ajralib - yechilgan DNK molekulasida replikatsiyali pufakcha hosil bo’lib, u esa o’z navbatida ikkita replikativ ayriga shakllanadi. DNKning replikatsiyasi ikkala replikativ ayrilarda sodir bo’lib, ularning harakati qarama-qarshi tomonga bo’linganligi uchun ikkita molekulani antiparallellik tizimini ta’minlaaydi (29-rasm).
DNKning yangi sintezlanayotgan zanjiri 5'→3' tomoni bo’ylab harakat qiladi. Initsiatsiya praymerning sintezlanishi bilan yakunlanadi (praymer qisqa 10-60 ribonukleotidlardan tashkil topib, DNK molekulasida komplementar asosda sintezlanadi). Praymerning shakllanishi DNKga bog’liq RNK-polimeraza yoki praymaza orqali sintezlanadi. Praymer esa DNK-polimeraza-III uchun zarur bo’lib, ribonukleotidning oxirgi 3'-OH guruhi DNK sintezida zatravka sifatida xizmat qiladi.
DNK replikatsiyasining elongatsiyasi ATFga bog’liq xelikaza fermenti qo’sh zanjirli DNKni ikkiga ajratishdan boshlanadi. Hosil bo’lgan bir zanjirli DNK molekulasi SSB-oqsillari bilan kooperativ holda bog’lanadi. DNK-polimeraza III replikativ ayrining yetakchi zanjirini sintezlab boradi. Ona zanjirning ikkinchisida praymasoma sintez tomon harakatda bo’ladi. Vaqti-vaqti bilan praymasoma tarkibidagi praymaza (oqsil Dna G) RNK-zatravkani orqada qoluvchi zanjir uchun sintezlaydi. Xoloferment DNK-polimeraza-III RNK-zatravka yordamida Okazaki fragmentlarini (1-2 ming nukleotid) sintezlab boradi.