Dnk replikatsiyasi


rasm. DNK jarohatlanishining ba’zi turlari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə8/10
tarix17.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#115761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 мавзу бўйича маъруза матни

32 rasm. DNK jarohatlanishining ba’zi turlari


DNK jarohatlarining bevosita reaktivatsiyasi
DNK jarohatlari bir qatorini hujayra bevosita reaktivatsiya yo’li bilan bartaraf etadi. Masalan, bakteriyalarda metiltransferaza fermenti mavjud bo’lib, u metillangan asosdan metil guruhini o’zining sistein qoldiqlariga o’tkazadi. Natijada metillangan oqsil o’z geni yoki boshqa genlarni boshqarishi mumkin.
Ko’pgina organizmlarda pirimidin dimerlarning tiklovchi, fotoreaktivirlovchi ferment (PRE, photoreactivating enzyme), yoki fotoliaza borligi aniqlangan. E.colidan ajratib olingan fotoliaza – molekulyar massasi 35 kDga teng polipeptid bo’lib, u fermentning faollanishi uchun zarur bo’lgan RNK kichik molekulasi (10−15 nukleotidlardan iborat) bilan mustahkam bog’langan. Ferment timin dimerlarini topib, ularga qattiq bog’lanadi. Hosil bo’lgan kompleks ko’rinadigan nurlar (300−600nm) ta’sirida fotokimyoviy reaksiya natijasida timin dimeri asl holga qaytadi. DNKning normal strukturasi tiklangandan so’ng, fotoliaza unga bo’lgan moyilligini yo’qotadi.


Ekssizion reparatsiya
Agar bevosita reaktivatsiya amalga oshirilishining imkoni bo’lmasa, DNKdan buzilgan uchastkalarini yo’qotadigan ekssizion reparatsiya mexanizmlari ishlaydilar. DNKda paydo bo’ladigan deyarli har bir anomal asosga o’zini DNK-N-glikozilaza fermenti mavjud. Bu ferment yuqori spetsifiklik bilan DNKdagi ma’lum anomal asos, masalan formamidopirmidinni tanib uni N-glikozid bog’larini uzib tashlaydi. E.colida 20 ta turli DNK-N-glikozilaza fermentlari mavjudligi aniqlangan. Reparatsiyadagi bu fermentlarning roli e.coli mutantlarini tadqiq etishda aniqlangan.
DNK-N-glikozilaza ta’siridan so’ng, AP−sayt qoladi. AP−sayt reparatsiyasi ikki yo’l bilan borishi mumkin. Eukariotlarda DNK−insertaza borligi aniqlangan, u dezoksiribozaga DNKning komplementar zanjiriga moslab asosni ulash mumkin. Hozircha faqat purin insertazalar mavjudligi tasdiqlangan, buning sababi pirimidinlarning yo’qotilishiga nisbatan purin asosi yo’qotilishi ko’proq uchrashi bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
Reparatsiyaning ikkinchi yo’li barcha organizmlarda mavjud bo’lgan AP−endonukleazalarning faoliyati bilan bog’liq. AP−endonukleazalar DNKdagi AP−saytda qandfosfat guruhlarini uzadi. Bunday fermentlarning ikki turi mavjud: ba’zilari AP−sayt oldidagi fosfodiefir bog’ni 3′−uchidan, boshqalari 5′−uchidan uzadi.




Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin