Yuqoridagilardan tashqari mahsulot tannarxi hisobini yuritishda xarajatlar rejalashtirilishi bо‘yicha rejalangan va rejalanmagan xarajatlarga bо‘linadi. Rejalanadigan xarajatlar korxonalar faoliyatida asosan biznes rejalarida belgilangan kо‘rsatkichlar asosida shakllanadi. Rejalanmagan xarajatlar asosan rejada kо‘zda tutilmagan xarajatlar bо‘lib hisoblanadi. Xarajatlarni tarkibiga kо‘ra oddiy xarajatlar va kompleks xarajatlariga bо‘lish mumkin.