Doklad iqtisodiy tarbiya



Yüklə 19,45 Kb.
tarix01.12.2023
ölçüsü19,45 Kb.
#170687
3 tema


Biologiyani o’qitishda o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy, aqliy, iqtisodiy, gigienik, jinsiy va jismoniy tarbiyalash masalalari.


DOKLAD


Iqtisodiy tarbiya.
Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga o’tishi, ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish zaruratini keltirib chiqaradi. O’quvchilar botanika, zoologiya, Biologiya (TSitologiya va genetika asoslari), Biologiya (Evolyutsiya va ekologiya asoslari) o’quv fanlarida o’simlik va hayvonlarning mahsuldorligi, dalalarning unumdorligini oshirish, tuproq va yerga nisbatan munosabatini tubdan o’zgartirish, olinadigan mahsulotlarni ham miqdor, ham sifat jihatdan orttirish masalalari bilan tanishadilar. O’qituvchi o’rganilayotgan mavzu mazmuniga bog’liq holda iqtisodiy tarbiyani amalga oshirishi zarur.
Gigienik ta’lim-tarbiya o’quvchilarning sog’liqlarini saqlash va mustahkamlash shartsharoitlari va ularni vujudga keltirish haqidagi bilimlarga asoslanadi. Biologiyani o’qitishda gigienik tarbiya asosiy o’rinni egallaydi va mavzu mazmuniga bog’liq holda amalga oshiriladi.
Masalan, botanikani o’rganishda o’simliklarning inson salomatligiga ko’rsatadigan ijobiy ta’siri, ularning atrof-muhitning mussafoligini saqlashdagi roli yoritiladi. Bakteriyalar bo’limi o’rganilganda, bakteriyalarning xilma-xilligi, xayotiy faoliyati, tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyatini o’rganish bilan bir qatorda, parazit bakteriyalar, ular tomonidan keltirib chiqariladigan kasalliklar, mazkur kasalliklarni yuqtirmaslik chora-tadbirlari haqida ma’lumot beriladi.
Mehnat tarbiyasi. Barkamol shaxsni kamolga yetkazishda mehnat tarbiyasi muhim rolь o’ynaydi. SHu sababli ham uzluksiz ta’lim tizimi oldiga qo’yilgan muhim vazifa, fan va texnikaning hozirgi bosqichidagi rivoji, davlat va jamiyat ehtiyojlari, o’quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlariga muvofiq holda kasb tanlashga yo’llash, ularda mehnat va o’quv mehnati ko’nikmalarini shakllantirishga e’tibor qaratish zarurligi ko’rsatilgan. Mehnat tarbiyasi o’qitishning nazariya va amaliyotning uzviy bog’liqligi printsipini amalga oshirish, o’quvchilarda mehnat faoliyatiga nisbatan ijobiy motivlar, mehnat vositalari va qurollariga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish, o’quvchilar o’rtasida o’zaro hamkorlikni vujudga keltirishga zamin tayyorlaydi.

Ma'naviy-axloqiy tarbiya. Insonning ma'naviyati uning ongida aks etgan barcha ijobiy ruhiy, intellektual fazilatlar, axloq esa umuminsoniy va millatning milliy qadriyatlari asosida Jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan ma'qullangan xulq-atvor me 'yorlari majmuasi sanaladi. Barkamol shaxsni kamolga yetkazishda ma'naviy-axlogiy yetuklik muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli,Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta‘limni isloh qilish yo'nalishlaridan biri «milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi asosida ta'limning barcha darajalari va bo'limlarida ta'lim oluvchilarning ma'naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish deb belgilangan.
Ma'naviy axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri biologiyani o'rganish jarayonida o'quvchilarda tabiat, mehnat, insonlarga nisbatan e‘tiborli munosabatda bo'lish, tabily boyliklardan tejab tergab foydalanish, topshirilgan vazifalarni to'lat o'kis, sifatli bajarish, rasmiylashtirish, ongli intizom, burch va ma'suliyatni tarkib toptirish, insonning qadr qimmatini hurmat qilishga o'rgatish sanaladi.
Estetik tarbiya. Kadrlar tayvorlash milliy dasturida ta 'lim oluvchilarda boy estetik dunyoqarashni hosil qilish masalasiga keng e'tibor berilgan. Ma'lumki, estetika go'zallik elementlari, sharoitlari va qonunlari to'g'risidagi fandir. Estegik tarbiya go‘zallik hissi, tuyg‘ular, badiiy didni rivojlantirishga qaratilgan.Estetika mehnatda, Ijtimoiy va shaxsiy hayotda o'z atrofida go'zallik barpo etishga intilishni vujudga keltiradi. Go'zallikni ko'ra bilish, idrok qilish, barpo etish va chiroyli ish ko'rish tarbiya vazifalaridan biridir.
O'quvchilarni estetik tarbiyalashda biologiya o'quv xonasi, tirik tabiat
burchagi, maktab tajriba yer maydonlarida vujudga keltirilgan tartib, shinamlik va go‘zallik muhim rol o' ynaydi. Biologiya o'quy xonasidagi o'simliklar, ko'rgazma vositalari estetik talablarga javob berishi va ma' lum bir mazmunda joylashtirilgan bo 'lishi kerak.
Estetik tarbiyaning vazifasi:
1. O'quvchilarni go'zallikni ko'rish va idrok qilishga, chiroylini xunukdan farq qilishga o 'rgatish, bu bilan estetikani idrok qilish bilan bog‘lash;
2. Tabiatda, mehnat jarayonida, o'z atrofida, shaxsiy va ijtimoiy hayotda
go'zallikni o'rnatish va himoya qilishga, estetik didni mehnat va turmush
madaniyati bilan bog lash;

  1. Turli hayotiy vaziyatlarda chiroyli ish tutishga, estetikani ma'naviy ahloqiy qarashlar bilan uyg unlashtirishga o rgatishdan iborat.

Biologiyani o'qitishda estetik tarbiya serqirrali bo'lib, uni dars, darsdan va sinfdan tashqari ishlar va ekskursiyalarda amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Yüklə 19,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin