Dolzarb masalalari



Yüklə 283,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/15
tarix16.12.2023
ölçüsü283,33 Kb.
#181090
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
6s8BUPrNobiVLnQ538Qmiu5eNFSnaS2x0fRVGyro

 
 
“Zinama-zina” texnologiyasi
Texnologiyaning tavsifi.
Ushbu mashg‘ulot oʻquvchilarni oʻtilgan yoki 
oʻtilishi kerak boʻlgan mavzu boʻyicha yakka va kichik jamoa boʻlib fikrlash hamda 
xotirlash, oʻzlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, toʻplangan fikrlarni 
umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma koʻrinishida ifodalay olishga 
oʻrgatadi. Bu texnologiya oʻquvchilar bilan bir guruh ichida yakka holda yoki 
guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda oʻtkaziladi va taqdimot qilinadi.
Texnologiyaning maqsadi.
Oʻquvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy 
fikrlashga, jamoa boʻlib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va 
amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga oʻz fikri bilan ta’sir eta olishga, uni 
ma’qullashga, Shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda 
egallagan bilimlarini qoʻllay olishga oʻrgatish.
Texnologiyaning qoʻllanishi:
ma’ruza (imkoniyat va sharoit boʻlsa), seminar, 
amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida yakka tartibda yoki kichik guruhlarda 
oʻtkazish hamda nazorat darslarida qoʻllanilishi mumkin.
Mashg‘ulotda qoʻllaniladigan vositalar:
A-3, A-4 formatlarda tayyorlangan 
(mavzuni ajratilgan kichik mavzuchalar soniga mos) chap tomoniga kichik mavzular 
yozilgan tarqatma materiallar, flomaster (yoki rangli qalam) lar.
Mashg‘ulotni oʻtkazish tartibi: 
• 
oʻqituvchi oʻquvchilarni mavzular soniga qarab 3-5kishidan iborat 
kichik guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5ta boʻlgani ma’qul);
• 
oʻquvchilar mashg‘ulotning maqsadi va uning oʻtkazilish tartibi bilan 
tanishtiriladi. Har bir guruhga qog‘ozning chap qismida kichik mavzu yozuvi 
boʻlgan varaqlar tarqatiladi;
• 
oʻqituvchi guruh a’zolarin tarqatma materialda yozilgan kichik 
mavzular bilan tanishishlarini va Shu mavzu asosida bilganlarini flomaster 
yordamida qog‘ozdagi boʻsh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib 
chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi;
• 
guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni 
yozma (yoki rasm, yoki chizma) koʻrinishida ifoda etadilar. Bunda guruh 


a’zolari kichik mavzu boʻyicha imkon boricha toʻlaroq ma’lumot berishlari 
kerak boʻladi.
• 
Tarqatma materiallar toʻldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot 
qiladi. Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan materialar, albatta, 
sinf doskasiga mantiqan tagma-tag(zina shaklida) ilinadi;
• 
Oʻqituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, 
ularni baholaydi va mashg‘ulotni yakunlaydi.
Izoh: 
oʻquv mashg‘ulotining bunday tashkil etilishi oʻquvchilarni mustaqil 
fikrlashga, oʻtilgan va oʻzlashtirilgan mavzularni eslashga, ularni yozma (yoki rasm, 
chizma koʻrinishida) bayon etishga, fikrlarni umumlashtirishga oʻrgatadi.

Yüklə 283,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin