Dolzarb masalalari


“Keys-stadi” metodining kelib chiqishi haqida ma’lumot



Yüklə 283,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix16.12.2023
ölçüsü283,33 Kb.
#181090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
6s8BUPrNobiVLnQ538Qmiu5eNFSnaS2x0fRVGyro

“Keys-stadi” metodining kelib chiqishi haqida ma’lumot 
Ushbu metod dastlab 1920-yilda Garvard biznes maktabida qoʻllanilgan. 
Garvard biznes maktabining oʻqituvchilari biznes yoʻnalishidagi boʻlimi uchun 
toʻg‘ri keladigan darsliklarning mavjud emasligini tez anglaydilar. Ushbu masalani 
echish uchun biznes maktabining oʻqituvchilari tomonidan qoʻyilgan dastlabki 
qadam etakchi biznes amaliyotchilaridan intervyu olish hamda mana Shu 
menejerlarning faoliyati, unga ta’sir etuvchi omillar yuzasidan batafsil hisobot 
yozish boʻldi. Ayni paytda Oʻzbekiston ta’lim tizimiga ham keys-stadi ta’lim 
texnologiyasi muammoli ta’lim texnologiyalari qatorida kirib kelgan va bugungi 
kunda eng samarali metodlardan biri hisoblanadi. 
“Keys-stadi” ta’lim texnologiyasi – bu ta’limdagi metodik yangilik boʻlibgina 
qolmay, balki uning ta’lim tizimida keng ishlatilishi zamonaviy ta’lim tizimidagi 
vaziyatga ham bog‘liq. Aytish mumkinki, ushbu texnologiya asosan yangi bilim
koʻnikmalarni oʻzlashtirishga emas, oʻqituvchi va oʻquvchilarning umumiy 
intellekual va kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
“Keys-stadi” interfaol ta’lim metodi sifatida oʻquvchilar tomonidan eng afzal 
koʻriladigan metodlar qatoriga kirmoqda. Buning sababi sifatida ushbu metod 
oʻquvchilarga tashabbus bildirish, nazariy holatni oʻzlashtirishda hamda amaliy 
koʻnikmalarni shakllantirishda mustaqillikka ega boʻlish imkoniyatini berishida 
koʻrish mumkin. 
V.Ya. Platov keys-stadi texnologiyasining quyidagi afzalliklari va boshqa ta’lim 
texnologiyalaridan ajralib turuvchi jihatlarini belgilaydi:
1. U yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy tizim modelining mavjudligi hamda ushbu model 
holatining muayyan vaqt birligi ichida tahlil etilishi.
2. Muammo echimini aniqlashga jamoaviy tarzda erishish. Muammoning 
echimida turli muqobil javoblarning mavjudligi. Yagona echimning mantiqan 
mavjud emasligi.
3. Muammo echimini izlashda yagona maqsadning qoʻyilishi.
4. Faoliyatni baholashning guruhiy tizimining mavjudligi.


Ushbu oʻziga xosliklar va boshqa omillar ta’sirida keys-stadi ta’lim 
texnologiyasi ta’lim tizimi sharoitida keng tarqalmoqda. Ammo ushbu metodning 
ta’lim tizimida samarali qoʻllanilishida bir qator qiyinchiliklar ham kuzatiladi. Eng 
avvalo, bunday qiyinchiliklar pedagog-kadrlarning tegishli metodning metodologik 
asosiga yuzaki yondashuvi natijasida vujudga keladi. 

Yüklə 283,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin