Dolzarb muammolari



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix02.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#151486
1   2   3   4   5   6   7
biologiya-fanining-yutuqlari-zamonaviy-ta-limning-dolzarb-muammolari (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
71 
vazifalar turibdi. Undan tashqari, yoshlarimizga faqat fan asoslaridan bilimlar berish 
bilan cheklanmasdan ularni har tomonlama yetuk, ma’naviy barkamol qilib 
tarbiyalash zarur. 
XXI asr biologiya ta’limi oldida ham juda katta ulkan vazifalar mavjud. 
Ma’lumki, har bir davr ta’lim oldiga ayni davlatdagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, 
ma’naviy jihatlar bo‘yicha yangi dolzarb vazifalarni qo‘yadi. Bozor iqtisodiyoti 
talablaridan kelib chiqib, xo‘jalik yuritishning yangi-yangi samarali yo‘llari, 
vositalarini ishlab chiqish, ulardan amaliyotda foydalanish zaruriyati kuchaymoqda. 
Bunday sharoitda inson omili hal etuvchi kuch sifatida maydonga chiqmoqda. 
Adabiyotlar tahlili va metodologiasi: 
Tadqiqotni yoritishda quyidagi adabiyotlar muhim manba bo‘lib hizmat qildi. 
A.A.Gorelovning 
“Konsepsii 
sovremennogo 
yestestvoznaniya” 
va 
B.D. 
Komissarovlarning “Metodologicheskie problemi shkolnogo biologicheskogo 
obrazovaniya.” Asarlarida tadqiqot mavzusi yuzasidan muhim ma’lumotlarni 
uchratish mumkin. Shuningdek, B.L.Farbermanning “Progressivnie pedagogicheskie 
texnologii” N.S.Sayidaxmedovning “Yangi pedagogik texnologiyalar”, A.Hayitov, N 
Boymurodovlarning “Ta’limda noan’anaviy darslar va interfaol usullardan 
foydalanish”,N.N. Azizxo‘jaevaning “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik 
mahorat”, O.M.Mavlonov, S.Najimovaning “Zoologiyaning o‘qitish metodlari va 
texnologiyalari, J.O.Tolipovaning “Biologiya ta’limi texnologiyalari” kabi asarlari 
ham tadqiqotni yoritishda asos bo‘lib hizmat qildi. 
Tahlil va natijalar 
Insoniyat tarixida XX asr biologiya fanining nihoyatda rivojlanganligi bilan 
xarakterlanadi. 
Agar XX asrning birinchi yarmida fizikadan olamshumul yutuqlar qo‘lga 
kiritilgan bo‘lsa, bu asrning ikkinchi yarmida biologiya sohasida qo‘lga kiritilgan 
yangiliklar kishilarning tabiatga bo‘lgan qarashlari, munosabatlarini keskin 
o‘zgartirib yubordi. 
Xo‘sh, XX asr biologiyasida eng muhim kashfiyotlar nimalardan iborat bo‘ldi? 
Ushbu savolga biologiya taraqqiyotidagi 4 xil yo‘nalishda bo‘lgan ishlarni misol 
tariqasida keltirish mumkin.[1,28] Ushbu yo‘nalishning ikkitasi fundamental, ikkitasi 
amaliy xarakterga ega bo‘lgan ishlardir. Fundamental xarakterga ega bo‘lgan ishlar 
asosan biofizika va bioximiya sohasida bajarildi. 
Mendel qonunlarini kashf etilishi, uni zamonaviy ilmiy tekshirish ishlari bilan 
boyitish borasida ishlar amalga oshirildi. G.Friz, G.Korrens va G.Chermaklar 
tomonidan yaratilgan “Irsiyatning xromosoma nazariyasi” asrimizning o‘rtalariga 
kelib irsiy belgilarning namoyon bo‘lishida DNK ning tuzilishi haqida (Dj.Uotson va 
F.Kriklar) ta’limotini paydo bo‘lishiga olib keldi. Keyinchalik mazkur sohada olib 
borilgan ilmiy tadqiqotlar, fizika va kimyo fanlari yutuqlaridan foydalanish natijasida 



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin