№4 2022 71
vazifalar turibdi. Undan tashqari, yoshlarimizga faqat fan asoslaridan bilimlar berish
bilan cheklanmasdan ularni har tomonlama yetuk, ma’naviy barkamol qilib
tarbiyalash zarur.
XXI asr biologiya ta’limi oldida ham juda katta ulkan vazifalar mavjud.
Ma’lumki, har bir davr ta’lim oldiga ayni davlatdagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy,
ma’naviy jihatlar bo‘yicha yangi dolzarb vazifalarni qo‘yadi. Bozor iqtisodiyoti
talablaridan kelib chiqib, xo‘jalik yuritishning yangi-yangi samarali yo‘llari,
vositalarini ishlab chiqish, ulardan amaliyotda foydalanish zaruriyati kuchaymoqda.
Bunday sharoitda inson omili hal etuvchi kuch sifatida maydonga chiqmoqda.
Adabiyotlar tahlili va metodologiasi: Tadqiqotni yoritishda quyidagi adabiyotlar muhim manba bo‘lib hizmat qildi.
A.A.Gorelovning
“Konsepsii
sovremennogo
yestestvoznaniya”
va
B.D.
Komissarovlarning “Metodologicheskie problemi shkolnogo biologicheskogo
obrazovaniya.” Asarlarida tadqiqot mavzusi yuzasidan muhim ma’lumotlarni
uchratish mumkin. Shuningdek, B.L.Farbermanning “Progressivnie pedagogicheskie
texnologii” N.S.Sayidaxmedovning “Yangi pedagogik texnologiyalar”, A.Hayitov, N
Boymurodovlarning “Ta’limda noan’anaviy darslar va interfaol usullardan
foydalanish”,N.N. Azizxo‘jaevaning “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik
mahorat”, O.M.Mavlonov, S.Najimovaning “Zoologiyaning o‘qitish metodlari va
texnologiyalari, J.O.Tolipovaning “Biologiya ta’limi texnologiyalari” kabi asarlari
ham tadqiqotni yoritishda asos bo‘lib hizmat qildi.
Tahlil va natijalar Insoniyat tarixida XX asr biologiya fanining nihoyatda rivojlanganligi bilan
xarakterlanadi.
Agar XX asrning birinchi yarmida fizikadan olamshumul yutuqlar qo‘lga
kiritilgan bo‘lsa, bu asrning ikkinchi yarmida biologiya sohasida qo‘lga kiritilgan
yangiliklar kishilarning tabiatga bo‘lgan qarashlari, munosabatlarini keskin
o‘zgartirib yubordi.
Xo‘sh, XX asr biologiyasida eng muhim kashfiyotlar nimalardan iborat bo‘ldi?
Ushbu savolga biologiya taraqqiyotidagi 4 xil yo‘nalishda bo‘lgan ishlarni misol
tariqasida keltirish mumkin.[1,28] Ushbu yo‘nalishning ikkitasi fundamental, ikkitasi
amaliy xarakterga ega bo‘lgan ishlardir. Fundamental xarakterga ega bo‘lgan ishlar
asosan biofizika va bioximiya sohasida bajarildi.
Mendel qonunlarini kashf etilishi, uni zamonaviy ilmiy tekshirish ishlari bilan
boyitish borasida ishlar amalga oshirildi. G.Friz, G.Korrens va G.Chermaklar
tomonidan yaratilgan “Irsiyatning xromosoma nazariyasi” asrimizning o‘rtalariga
kelib irsiy belgilarning namoyon bo‘lishida DNK ning tuzilishi haqida (Dj.Uotson va
F.Kriklar) ta’limotini paydo bo‘lishiga olib keldi. Keyinchalik mazkur sohada olib
borilgan ilmiy tadqiqotlar, fizika va kimyo fanlari yutuqlaridan foydalanish natijasida