Dolzarb muammolari



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix02.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#151486
1   2   3   4   5   6   7
biologiya-fanining-yutuqlari-zamonaviy-ta-limning-dolzarb-muammolari (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
73 
qarshi turish xususiyatlari ortib bormoqda. Yuqoridagilarni xisobga olgan holda 
insonlarni salomatliklarini muhofaza qilishda biologshlar oldida katta vazifalar 
turibdi. 
Ma’lumki, insonlar avvalo nimalarni bilishi, qo‘lidan qanday ishlar kelishi bilan 
tavsiflanadi. Binobarin, ilmli, ma’lum ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lgan, 
ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalash zamonamizning dolzarb vazifalaridan biriga 
aylanmoqda. Biroq, ta’lim da uzoq yillardan buyon qo‘llanilayotgan an’anaviy ish 
uslublari o‘quvchilarni dars materialini faqat yodlash, takrorlab berishga qaratilgan 
bo‘lib, bu usul yoshlarni ijodiy bilim olishga, ma’lum yo‘nalishlarda malaka va 
ko‘nikmalar hosil qilishlariga yetarli imkon bermas edi. 
Biologiya ta’limidagi bu muammolarni hal etish uchun amaldagi ish 
uslublarimizni qayta ko‘rib chiqish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish
ta’lim- tarbiya ishlarini zamon talablariga keltirish, ta’lim muassasalari uchun yuqori 
salohiyatga ega bo‘lgan o‘qituvchi kadrlar tayyorlash, ta’limning material bazalarini 
yanada boyitish kabi ishlarni amalga oshirishlik zarur. 
Keyingi yillarda ta’limdagi texnologiya masalalariga qiziqish tobora 
kuchaymoqda. Har qanday pedagogik texnologiyaning asosi uning maqsadlarni 
aniqlashdan boshlanishi kerak. 
Texnologiya yunoncha «Texnos»-hunar, «logos»-fan so‘zlaridan tashkil 
topgan.[4,14] 
Texnologik jarayon- mehnat qurollari bilan mehnat vositalari (xom ashyo) 
yordamida mahsulot yaratishdir. Ishlab chiqarishdagi barcha faoliyat ishchi qo‘li, 
mehnat vositalari va xom ashyo bilan turli tovarlar, mahsulotlar ishlab chiqishga 
qaratilgan jarayonlardir. 
Darhaqiqat, ta’limda ham o‘ziga xos texnologiyalar bo‘lib, bu texnologiyalar 
orqali o‘qituvchi o‘quvchiga ta’sir etib, ularda ma’lum malaka va insoniy sifatlarni 
shakllantiriladi.. An’anaviy texnologiyalar takomillashtirlib. yangi pedagogik 
texnologiyalardan foydalanishga o‘tilmoqda. Yangi pedagogik texnologiyalarning bir 
qancha tashkiliy shakllari paydo bo‘lmoqda.Yangi pedagogik texnologiyalardan 
foydalanish shaxsiy o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonunlarini o‘zida aks 
ettiradigan va yakuniy natijani ta’minlaydigan pedagogik faoliyatdir. 
Texnologiya tartibga solish kuchiga ega. U erkin ijod qilishga undaydi. 
Pedagogik texnologiya murakkab jarayon sifatida qator o‘qitish bosqichlaridan, ayni 
bosqichlarni o‘rganishga qaratilgan amallardan iborat bo‘ladi. Pedagogik texnologiya 
tarkibiga: 
ta’lim maqsadlarini ishlab chiqish; 
ta’lim maqsadlari taksonomiyasini ishlash; 
ta’lim maqsadlarini sinov (test) topshiriqlariga aylantirish
maqsadga erishish yo‘llarini aniqlash; 



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin