№4 2022 72
nuklein kislotaning tuzilishi, genetik kod aniqlanishi, oqsillarning biologik
sintezining borishi mexanizmlarining ochilishiga sabab bo‘ldi. Turli darajada bo‘lgan
oqsillar strukturalarini aniqlash imkoniyati tug`ildi.
Bioenergetika biologiya fanidan o‘ziga xos yangi yo‘nalishlaridan biriga
aylanadi. Tirik organizmlar hayotida mitoxondriyalarning ahamiyati (A.Lenindjer)
aniqlandi.
Yadro fizikasidagi tadqiqotlardan biologiyada foydalanish radiatsion biologiya
fanining paydo bo‘lishiga olib keldi. Sun’iy mutagenez hosil qilish (G.S.Nadson,
G.Fillionov) bo‘yicha ishlar boshlandi.[2,53]
Genetika va evolyutsion nazariyaning qo‘shilishi natijasida sintetik evolyutsiya
nazariyasi yaratildi. Endilikda organizmlarning bioximik tuzilishlari, molekulyar
genetik omillarga asoslanib tirik jonzotlarning tarixiy rivojlanishini qayta o‘rganib
chiqish ishlari qilinmoqda.
XIX asrning oxirida D.I.Ivanovskiy va N.Beyerlar infeksion kasaliklarini
qo‘zg`atuvchilari bo‘lmish viruslarini kashf etgan edilar. Hozirga kelib virusologiya
eng rivojlangan fanlardan biriga aylandi.[3,25]
Zoologiya sohasida qilingan ishlarning ko‘lami ham ancha kengdir. Hozir
zoologlar faqat hayvonlarning tuzilishi, hayotiy jarayonlari, tarqalish xususiyatlari,
yashash muhitlari bilan aloqalari, foydali va zararli hayvonlarni o‘rganish ularni
sistemaga solish, yangi turlarni aniqlash kabi ishlar bilan bir qatorda bu
jonivorlarning bir-birlari bilan aloqalarini o‘rganish ishlari kuchaydi.
Hozirgi zamondagi eng muhim vazifalardan biri- biologik xilma-xillikni saqlash
masalasidir. Ma’lumki, insonlarnig tabiatga ta’sirining kuchayib borishi o‘z
novbatida turli organizmlarni yashash sharoitlarini buzilishiga, ularning yashash
joylarini ekologik xolatlarini yomonlashauviga ta’sir etmoqda. Bu o‘z novbatida tirik
organizmlarning sonini kamayib ketishi, ba’zi turlarni umuman yo‘q bo‘lib ketishiga,
“Qizil kitob”saxifalarini yana ko‘payishiga olib kelmoqda. Axvol shu darajada
ketaversa tabiatdagi soni oz qolgan ayrim o‘simlik va hayvonlarni yo‘q bo‘lib ketish
xavfini tug‘diriadi. Shu boisdan endilikdagi dolzarb masalalardan yana biri-soni
kamayib borayotgan o‘simlk va hayvonlarni saqlab qolishdek murakkab vazifani
bajarishlikni taqazo etadi.
Bu vazifani bajarishni muhim shartlaridan biri- kishilarni biologik va ekologik
savodxonliklarini oshirish orqali bajariladi.
Hozirga kelib biologiya fanlari va uni o‘qitish bo‘yicha birqancha muammolar
bor. Biologiya fani oldida aholini mo‘l- ko‘l oziq ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash,
xalq salomtligini saqlash, ekologiya muammolari shular jumlasidandir
Atrof muhitini ifloslanishi, urbanizatsiya, shovqin suronlar insonlar
salomatligiga tobora ko‘proq ta’sir etmoqda. Xususan, qon-tomir tizimi, asab
kasalliklari ko‘paymoqda. Undan tashqari turli dori-darmonlarning virus, mikroblarga