Qayta ishlanadigan cho‘yanlar. Bu cho‘yanlar qattiq va
mo‘rtdir. Sababi shuki, bu cho‘yanlarda uglerodning hammasi yoki
ko‘proq qismi temir bilan kimyoviy birikma temir karbidi (Fe
holatida, qolgani grafit tarzida b o ‘ladi.
Quyma cho‘yan!ar. Bu cho‘yanlarda uglerodning ko‘p qismi
erkin holatda, ya’ni grafit tarzida bo‘fadi. Quyma cho‘yanlaming
boshqa cho‘yanlarga nisbatan afzalligi shundaki, ular yuqori oquv-
chanlik, qotganda hajmning kam kirishishi, suyuqlanish temperatu-
rasining nisbatan pastligi, oson kesib ishlanishi kabi xossalarga ega.