Rezumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat: 1. Shaxsiy malumot
a. Ism-sharif (talab qilinadi)
b. Murojaat manzillari: telefon, email, yashash joyi (talab qilinadi)
c. Jins (majburiy emas)
d. Millat (majburiy emas)
e. Tugilgan sana (majburiy emas)
2. Qisqacha mazmun va yoki professional maqsad (ixtiyoriy)
a. Bir yoki ikki gap bilan qisqacha eng muhim jihatlarini sanab otish.
Misol: 6 yillik tajribaga ega loyiha tuzish va boshqarish mutaxassisi. Ingliz va rus tillarini mukammal biladi. 2008-yilda Biznesni boshqarish yonalishi boyicha Magistraturani oliy darajada tamomlagan va ilmiy darajaga ega.
3. Malumot
a. Ilmiy daraja/diplom, mutaxassislik, oqigan yili (yoki daraja berilgan yil), oquv yurtining nomi, manzili (shart)
b. Topshirilayotgan ishga taalluqli fanlar nomi va soati (shart emas)
c. Agar alo darajada bitirgan bolsa, shuni ham bildirib otish kerak
Misol: 2006-2008 Magistratura, Biznesni Boshqarish. Ozbekiston Milliy Universiteti. Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi, Universitet-4 kochasi. www.nuu.uz.
Taalluqli fanlar: Loyiha tuzish va boshqarish (22 soat); Makroiqtisodiyot (25 soat)
4. Tajriba
a. Ishlagan sana, lavozim, tashkilot nomi, manzili, qisqacha vazifalari va yutuqlari
b. Eng oxirgi ish joyidan boshlab yoziladi
Misol: 25.01.2008 10.02.2011 Loyiha mutaxassisi, Yoshlarda ish konikmalarini rivojlantirish loyihasi. NNT Faol, Shahrisabz kochasi 1-uy, Toshkent. Tel: 267-00-00
Yoshlar uchun 5-kunlik treninglarni tashkil qilganman: trening rejasini tuzish; trenerlarni jalb qilish; joy va kerakli jihozlarini tayyorlash; ishtirokchilarni taklif qilish; trening paytida barcha ishlarni koordinatsiya qilish; trening hisobotini yozish.
Har bir ishga topshirganda alohida rezume yozish maslahat beriladi. Rezumeda, asosan, topshirilayotgan ishga taalluqli malumotni kiritish kerak. Buning uchun topshirayotgan ishingiz bayonotini yaxshilab organib chiqing va tashkilotning ozini ham organishga harakat qiling.
Tugilgan yili, jinsi va millatini yozish shaxsning oziga bogliq. Bazida ish beruvchi tomonidan shu malumotlar asosida farqlash va diskriminatsiya qilish hollari ham uchragan, shuning uchun koplab tashkilotlar bunday malumotni majburiy kormaydilar.
Bazilar rezumega oz rasmlarini ham qoshadilar. Rasm qoshish ixtiyoriy.
Agar shaxsiy vebsaytingiz bolsa, uni ham qoshing. Bazi mutaxassislar, ayniqsa, disayner va rassomlar, ozlarining ishlarini korsatish maqsadida tashqi saytda joylashgan manzillarni qoshishlari ham mumkin.
Agar ishga topshiruvchi hozirda talaba bolsa, unda kutilayotgan bitirish sanasini korsatish kerak.
Agar talabalik davrida biror qoshimcha tajriba orttirilgan bolsa, shuni ham yozib otish tavsiya etiladi. Masalan: universitet qoshidagi gazetaga muharrirlik qilgan; yoki Yosh lider talabalar tashabbusini boshqargan. Ishga topshiruvchining tajribasi uncha kop bolmasa shu kabi ishlarni ham Ish Tajribasi bolimida sanab otish mumkin.
Orta maktab talimi togrisidagi malumot ham bazida soralishi mumkin. Shunda oqigan yillari, maktab nomi va yoki soni va manzili yozilishi kerak.
Agar shaxsning tajribasi kop bolsa va kop joyda ishlagan bolsa oxirgi 5 yillik yoki oxirgi 5 ta ish joyini toliq korsatib otib, qolganlarini qisqacha sanab otsa ham boladi.
Tajribani yozganda topshirilayotgan ishga taalluqli vazifa va funksiyalarni sanab otish maqul. Agar imkoniyat bolsa, aniq malumot berib otgan yaxshi. Masalan, seminar-trening mutaxassisi lavozimiga ishga topshirayotgan bolsangiz unda oldin qanday mavzudagi treninglarni tashkil qilganingiz, trening kimlar uchun va qanday tashkil qilinganligi togrisida yozsangiz shu kabi malumot ishga oluvchi uchun muhimroq boladi.