Hayot kechirishi. V o ya ga ye t ga n qo’ng’iz holatida (Rossiyaning qora tuproq bo’lmagan zonasida to’rtinchi yoshdagi lichinkalik va g’umbaklik stadiyalarida ham) omborlardagi, shuningdek dalalarga va yanchish vaqtida yerga to’kilgan no’xatlar ichida qishlaydi. Ko’klamda, harorat kamida 200S bo’lganida qo’ng’izlar no’xat urug’larini kemirib teshib, tashqariga chiqadi. Bu
qo’ng’izlar no’xat ekinlarini qidirib 3 kilometr masofagacha uchib boradi.
Ular no’xat ekinlariga gullayotgan davrda tushadi. Qo’ng’izlar no’xat gullaridagi chang va gultoji bilan oziqlanadi, agar ularni yemasa urchimaydi.
Urg’ochi qo’ng’iz tuxumlarini no’xatning yosh dukkaklariga, o’z tanasidan chiqargan va tez qurib qoladigan suyuq tomchi ustiga qo’yadi. Tuxum qo’yish davri taxminan 2 hafta davom qiladi. Bitta urg’ochi qo’ng’iz o’rta hisobda 130 ta, ko’pi bilan 730 tagacha tuxum qo’yadi.Tuxumdan chiqqan lichinkalar dukkaklar ichiga kirib, avvalo undagi dukkak pallasining to’qimalari bilan oziqlanadi, so’ngra no’xat doni ichiga kiradi. Har bir no’xat doniga faqat bitta lichinka joylashib, uning ichidagi moddalarning ko’pchilik qismini yeydi, ba’zan murtakka tegmaydi; shu sababli bunday no’xatning unish xususiyati ko’pincha saqlanib qoladi.Lichinka yoz oxiri yoki kuzda no’xat doni ichida g’umbakka aylanadi.Lichinkaning kemirishi natijasida hosil bo’lgan bo’shliq, g’umbaklash oldida no’xatning tashqi po’stigacha borib yetadi; bu po’stning chetlari lichinka tomonidan kemirilgan bo’ladi va lichinkaning ustida dumaloq; qopqoqcha vujudga keladi. G’umbaklik davri taxminan 3 hafta davom qiladi. Shu kuzning o’zidayoq g’umbakdan voyaga yetgan qo’ng’iz chiqadi, lekin u bahorgacha no’xat ichida yota beradi. No’xat iliq binoda saqlanganidagina qo’ng’izlar no’xatdan chiqib Bu zararkunanda yiliga bir bo’g’in beradi. No’xat qo’ng’izi no’xatdan boshqa hyech qanday o’simlikni zararlamaydi, shu bilan birga no’xatning kech gullaydigan navlarini kamroq zararlaydi, omborlardagi no’xatga zarar yetkazmaydi.
Kurash choralari. No’xat qo’ng’iziga qarshi kurashda no’xat donlarini ayniqsa urug’lik no’xatni uglerod sulfid bilan dezinseksiya qilish eng yaxshi natija beradi. Buning uchun binoning har 1 m3ga 100—120gxisobidan uglerod sulfid sarflanadi. Dezinseksiya qilishda no’xat uyumi 75—100 smdan qalin bo’lmasligi shart. No’xat qoplog’lik bo’lsa, dezinseksiya oldidan qoplar o’rtasida salgina oraliq qoldirilib, to’rt qavat qilib taxlanadi. Urug’lik no’xatni dezinseksiya qilish uchun binoning har 1 m3ga 25—35ghisobidan xlorpikrin ham ishlatiladi. Dezinseksiya qilinadigan no’xatning namligi 15 % dan oshiq bo’lmasligi kerak.Keyingi yillardagi tajribalarga ko’ra, no’xatni bu zararkunandadan yuqumsizlantirish uchun oltingugurtdan foydalansa ham bo’ladi. Bu preparat binoning har 1 m3ga 1,5—3,5kghisobidan sarflanadi va binodagi haroratga qarab dezinseksiya 12—48 soat davom qildiriladi. Oltingugurt o’rniga binoning har 1 m3 ga 400—450ghisobidan xlor aralashmasi ishlatilsa ham bo’ladi.
Keyingi vaqtda urug’lik no’xatni gaz o’rniga ruxsat etilgan insetisidlar bilan, oz miqdordagi urug’likni esa naftalin bilan yuqumsizlantirish usuli qo’llanmoqda. Bunda, urug’ni dorilash uchun mashinalardan foydalansa ham bo’ladi.Shu usulda dorilangan no’xatlardagi qo’ng’izlar 15—25 kunda qirilib bo’ladi.No’xat naftalin bilan 15 % dan ortiq nam bo’lmaganida dorilanadi. Urug’lik no’xat harorat kamida 20—25°S bo’lganida eng kami 7 sutka dorilanadi. Bir tonna urug’ni dorilash uchun 1—2 kgnaftalin sarflanadi. Naftalin bilan dorilangan no’xat pishiq qoplarda saqlanishi kerak.
Ovqatga ishlatiladigan no’xatni, vodorod sulfid bilan fumigasiya qilish iloji bo’lmaganida, uni osh tuzi namakobiga solib tozalash mumkin. Namakobning konsentrasiyasi no’xatning naviga qarab belgilanadi. Masalan, o’rtacha kattalikdagi no’xat donlarini tozalash uchun 16 lsuvga taxminan 3 kg tuz qo’shiladi. Namakob betiga chiqqan no’xatlar yo’q qilinadi, sog’lom donlar darhol suvda yuvilib quritiladi.
Urug’lik no’xatni ba’zan ammiakli selitra eritmasi yoki osh tuzi namakobida tozalaydilar. Bu holda o’rtacha kattalikdagi donlarni tozalash uchun 16 l suvga 8 kgselitra solinadi. Bu yo’l bilan tozalangan donlar suvda yuvilganidan keyin soya joyga yupqa qilib yoyib quritiladi.Omborlarda no’xat qo’ng’izi borligi gumon qilinganida, ombor yaxshilab tozalanadi va gaz bilan dezinseksiya qilinadi. Gaz bilan .dezinseksiya qilish iloji bo’lmaganida, no’xat to’kilguncha omborning devorlari va shipi 7 % li moy emulsiyasi bilan, poli esa 10—15 % li o’yuvchi natriy eritmasi bilan dorilanadi.
No’xat doni yanchilgan joylarda qolgan xas-cho’plar yig’ishtirib olib yondiriladi yoki yerga ko’miladn, no’xat to’poni qo’ng’izlar ucha boshlaguncha (martning yarmigacha) molga yegiziladi.
Hosilni o’rib-yig’ib olgandan keyin no’xat dalalari lushchilnik bilan yuza yumshatiladi va kuzda chuqur haydab shudgorlanadi.No’xat qo’ng’izi ko’plab tarqalgan joylarda o’tgan yillari no’xat yanchilgan joylarga yaqin yerlarga zararkunandani jalb qilish uchun erta muddatda seyalka kengligida no’xat ekish tavsiya qilinadi. Bu ekinlar no’xat dukkaklari yetila boshlagan vaqtda o’rilib molga yegiziladi.
No’xat donlarining yerga to’kilishiga yo’l qo’ymaslik uchun, ularni o’z vaqtida o’rib-yig’ib olish kerak.No’xat qo’ng’izi ko’plab urchiydigan joylarga ekish uchun donlari kamroq to’kiladigan va kech gullaydigan no’xat navlarini tanlash kerak.
Ekinlarga qo’ng’izlar ko’plab tushganida ruxsat etilgan insetisidlar bilan ikki marta changlash tavsiya qilinadi ( V.V.Yaxontov, 1962).