Dukakli don ekinlarining zararkunandalari va ularga qarshi kurash usulari



Yüklə 80,51 Kb.
səhifə9/15
tarix25.12.2023
ölçüsü80,51 Kb.
#194488
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
DUKAKLI DON EKINLARINING ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH USULARI

Dukkaklilar kuyasi (Anacampsis anthlidella Hb.).
Zarari. Dukkaklilar kuyasi soya, yeryong’oq, beda ekinlari bargini shikastlaydi; bunda barg shapalog’ining bir qismi nobud bo’ladi. Markaziy Osiyoda bu zararkunandadan bo’ladigan zarar, odatda unchalik xavfli emas, bu kuya juda ko’payib ketgan taqdirdagina unga qarshi kurash zaruriyati tug’iladi; masalan, 1929 yilda Toshkent yaqinidagi ayrim yeryong’oq dalalarida o’simlik bargining bir qismi shu zararkunandadan nobud bo’lgan edi, bunday kezlarda unga qarshi kurash uyushtiriladi.
Tarqalishi. Dukkaklilar kuyasi Markaziy Osiyoda, Kavkazda, Rossiyaning Yevropa qismining janubiy mintaqalarida va G’arbiy Yevropada uchraydi.
Ta’rifi. K a p a l a g i qanotini yozib turganda 10 mm keladi, tusi qo’ng’ir, ayrim joylari metallsimon yaltirab turadi. Oldingi qanotining o’rtasiga yaqin joyida (yuqorirog’ida) oqish belbog’ bor; oldingi qanoti ensiz, keyingi qanoti trapesiyasimon cho’zilgan bo’lib, yuqori tomoni ingichkalashgan; sirtqi cheti kertikli. Oldingi va keyingi qanotlarida uzun shokila bor.Qurti (lichinkasi) qo’ng’ir-kul tusda; tanasining oldingi segmentlarida xitinlashgan dag’al tuklar ikkiga ayrilgan bo’ladi; qurtning mana shu dag’al tuki, boshi va ko’krak oyoqlari tanasining asosiy rangidan qoraroq. Qurtning tanasi mayda do’mboqchalarga o’rnashgan oqish tukchalar bilan siyrak qoplangan.
Hayot kechirishi. Dukkaklilar kuyasining qanday hayot kechirishi yaxshi tekshirilgan emas. Buning qurti dukkakli o’simliklarning ko’pida yashashi mumkin; bedada, yeryong’oqda va soyada bu kuya oddiy hasharot hisoblanadi; shuning uchun ham bu ba’zan beda yoki soya kuyasi deb yuritiladi.Bu zararkunanda Markaziy Osiyoda ekinlarga may o’rtasidan va iyun boshlaridan boshlab zarar yetkazadi.Tuxumdan yangi chiqqan qurti barg etiga (bargining ustki va ostki po’sti orasiga) kirib oladi; bargning bu joyi dastlab oqish dog’ shaklida bo’ladi, keyinchalik bu dog’ sarg’ish tusga kirib quriydi, barg xuddi kuyganga o’xshab ko’rinadn. Bunday hollarda barg ko’pincha himarilib, keyinchalik unda yoriqlar paydo bo’ladi. Barg qattiqroq shikastlanganida u to’kilib tushadi. Kattaroq yoshdagi qurtlari barg sirtida yashab, ikkita bargni bir-biriga yoki bitta bargni bukib o’rgimchak iplari bilan biriktiradi; mana shu yerda g’umbakka aylanadi.

Yüklə 80,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin