14
– Ellik milliard?!
– Ha, – xomush bosh irgʻadi kelgindi.
– Munday, tushuntiribroq gapiring! Nima gap oʻzi? –
Ahmad yotgan joyidan turib, pakana “odam”ning yoniga
kelib oʻtirib oldi.
– Mana, yuz yildirki, Salmir sayyorasining yadrosi
soʻna boshlagan. Shu tufayli sayyoramiz tabiati ham
oʻzgarib ketdi. Oʻsimliklar qovjirab, dengiz va daryolar
quriy boshladi. Atmosferada kislorod yetishmay qolgan.
Hatto toza havoni ham sunʼiy ravishda hosil qilyapmiz.
Salmirliklar turli kasalliklarga chalinib halok boʻlishmoqda.
Ahvol shu zaylda davom etib, yadro butunlay soʻnib qolsa,
sayyoramizdagi hayot ham yoʻq boʻlib ketadi!
Ahmad geologiya va astrofizika fanlaridan ham chuqur
bilimga ega edi. Shuning uchun u sayyora yadrosining
soʻnishi qanday oqibatlarga olib kelishini yaxshi bilardi. U
yadro haqidagi bilganlarini xayolidan oʻtkaza boshladi.
***
Dostları ilə paylaş: