RAKETA YOQILGʻISI
Ertasi kuni Margol yana safarga otlandi. U bu
gal raketa yoqilgʻisi uchun kerak boʻladigan noyob
kimyoviy moddalarni topib kelish uchun Qozogʻistondagi
Boyqoʻngʻir
1
kosmodromiga ketayotgan edi. Bir necha
kun oʻtib Margol katta plastik qoplarda zarur kimyoviy
moddalarni olib qaytdi.
– Ahmad, bu kimyoviy moddalar juda xavfli. Shu sababli
yoqilgʻi tayyorlash jarayonida sen ishtirok etmaysan.
Hozir men maxsus chodir quraman. Bu mening kichik
laboratoriyam boʻladi. Shunday qilmasam, nafaqat sen,
balki butun qishloq aholisi zaharlanishi mumkin.
– Aytmasangiz ham buni yaxshi bilaman. Yaxshisi,
shu chodirni Mirzachoʻlga qursangiz boʻlar edi, – eʼtiroz
bildirdi Ahmad.
1
Baykanur nomi bilan mashhur.
36
– Sen xavotir olma. Bu laboratoriya salmirliklar uslubida
quriladi. Hech kimga zarar yetmaydi. Hatto ish jarayonini
kuzatib turishing, men bilan gaplashishing ham mumkin.
Margol shunday deb kapsula ichidan qoʻl telefoniday
keladigan uskunani koʻtarib chiqdi. U uskunani hovlining
oʻrtasiga qoʻyib undagi bir tugmachani bosdi. Bir lahzada
moviy rangdagi nur hamma joyni qoplab oldi. Hovlida
kamalakka oʻxshash yarim doira shaklidagi “chodir” barpo
boʻlgandi. Faqat bu “chodir” devorlari matodan emas, balki
lazer nuridan edi. Soʻng Margol oʻzi bilan olib kelgan
kimyoviy moddalarni ichkariga olib kirdi. Tashqaridagi
Ahmad esa uni koʻrib, eshitib turardi.
– Agar bilsang, bu devorlarni hatto zambarakning oʻqi
ham yorib oʻta olmaydi. Laboratoriya ichi tashqi olamdan
butunlay muhofazalangan, – dedi Margol butun tanasini
yopib oladigan maxsus libosni kiyarkan.
Ahmad ishonch hosil qilish uchun “chodir”ning devoriga
koʻrsatkich barmogʻini tekkizib koʻrdi. Haqiqatda, bu
poʻlatdan ham qattiq, qandaydir oʻzgacha narsa edi.
Ichkaridagi Margol esa allaqachon ishga kirishib ketgandi.
U yoqilgʻi tayyorlarkan, laboratoriya tashqarisidagi Ahmad
bilan bemalol suhbatlashardi.
– Margol, raketa Yerning tortish kuchini yengib, ochiq
fazoga uchib ketishi uchun soniyasiga kamida 11,2 km
tezlikda uchishi kerak. Shuni hisobga oling.
– Sizlarning Yeringiz juda kichkina ekan. Salmirdan uch
marta kichkina! Shuning uchun odatdagidan kuchsizroq
yonilgʻi tayyorlasam ham boʻlar ekan, – deb javob berdi
Margol.
Koinotdagi jismlarning tortishish kuchi, yaʼni
gravitatsiyasi koʻproq ularning massasi bilan bogʻliq.
Masalan, Oy Yerdan ancha kichkina. Shu sababli uning
tortishish kuchi Yernikidan 6-marta kamroq. Bu agar siz
37
Yerda 1 metr balandlikka sakray olsangiz, Oyda naq 6
metrga sakraysiz degani. Chunki Yerda 40 kg vaznli bola
Oyga chiqqanida 7 kg boʻlib qoladi. Xullas, fazoviy kema
yaratayotganda shularni hisobga olish shart.
– Ahmad, nima deb oʻylaysan, yonilgʻi suyuq boʻlgani
yaxshimi yoki qattiq – kukunsimon boʻlganimi? – savol
berdi Margol.
– Menimcha, kukunsimon boʻlgani yaxshi. Hozir bizdagi
raketalarda shunaqasi ishlatilyapti.
***
Fazo kemasining osmonga koʻtarilishi uchun juda koʻp
energiya sarf qilinadi. Axir, ogʻirligi 500 tonna keladigan
poʻlat qushni osmonga koʻtarish oson ish emas. Buning
uchun raketa dvigateli bir soniyada 2-3 tonnagacha
yonilgʻini ishlatishi mumkin. Oʻzingiz taqqoslab koʻring,
masalan, avtomobilning quvvati oʻrtacha 100 ot kuchiga
ega boʻlsa, zamonaviy raketa dvigateli 200 000 000 ot
kuchiga ega. Bunday raketaning fazoga koʻtarilishi uchun
sarflangan energiya butun Oʻzbekistonni bir kun davomida
elektr bilan taʼminlashga yetadi.
Raketa yonilgʻisi asosan ikki turli boʻladi. Birinchisi
benzin kabi suyuq boʻlsa, ikkinchisi porox kabi kukunsimon
boʻladi. Odatda, muhandislar raketaning hajmi va vazniga
qarab kerakli yonilgʻini tanlaydilar.
Fazoga uchirilgan dastlabki raketalarning yonilgʻisi
ancha oddiy boʻlgan. Bu raketalar kerosin va kislorodning
aralashib yonishi oqibatida osmonga koʻtarilgan. Hozirgi
yonilgʻilar esa juda murakkab kimyoviy tarkibga ega.
Olimlar kam joy egallab uzoqroq yonadigan va quvvati
kuchliroq yonilgʻilarni ixtiro qilishmoqda.
38
– Men tayyorlayotgan yonilgʻini hali sizlar bilmaysizlar
– gap boshladi Margol. – Mazkur yadroviy yonilgʻi kemani
yorugʻlik tezligida uchirishi mumkin.
– Qoyil, lekin mening kemam shundoq ham yorugʻlik
tezligini ortda qoldiradi, shunday emasmi? – kuldi Ahmad.
Bir soat oʻtar-oʻtmas yonilgʻi ham tayyor boʻldi.
Shundan soʻng kapsulaning ichidan ortiqcha buyumlar olib
tashlandi. Faqatgina skafandr, aynimaydigan yeguliklar,
suv va kislorod balonlari kabi muhim narsalar qoldirildi.
Chunki bir kishiga moʻljallangan oʻrindiqni ikkita qilish
kerak edi-da. Darz ketgan burgʻilovchi qurilma ham
rejadagiday sozlandi. Ahmad kemaga “Koʻkkezar” deb
nom berib, uni kemaning sirtiga maxsus boʻyoq bilan yozib
qoʻydi. Bu nom Margolga ham juda maʼqul boʻldi.
Nihoyat, toʻrt kun deganda Yer va Salmir sayyorasi
muhandislari hamkorligidagi fazo kemasi qurib bitkazildi.
– Menimcha, kemamiz uchishga tayyor! – dedi Margol
botayotgan quyoshni kuzatarkan.
– Toʻgʻrisini aytsam, judayam hayajonlanib ketyapman.
Nahotki, men ertaga huv anavi yulduzlar yaqinida uchib
yuraman?! – dedi Ahmad qoʻli bilan yulduzlarga ishora
qilib.
– Ha, shunday... Ahmad, sening hayajoning tabiiy.
Axir, sen bunday uzoq sayohatga chiqqan birinchi yerlik
boʻlasan!
Ular yana bir zum osmonga tikilib suhbat qurishdi.
Shundan soʻng Margol Ahmadning yelkasiga qoʻlini
qoʻyib:
– Sen ertaga tunda uchishga tayyor boʻlishing kerak,
hozir esa uyga qaytib yaxshilab dam ol. Xavf-xatar haqida
koʻpam oʻylayverma, – dedi.
Ahmad uyga qaytib ketdi. Yolgʻiz qolgan Margol
osmondagi yulduzlarni kuzata turib, ular orasidan jonajon
39
yulduzi Siriusni izlab topdi. U xayolan oʻz vatani,
oilasi davrasiga sayohat qildi. Zero, Margolning vatani
boʻlmish Salmir sayyorasi shu Sirius yulduzi yaqinida
joylashgan. Hoynahoy, ota-onasi, xotini va bolalari uni
juda sogʻinishgandir. Hozir ular toza havo va ichimlik suvi
yetishmasligidan juda qiynalishmoqda. Margol shularni
oʻylab koʻrsatkich barmogʻini yulduzga choʻzarkan: “Yana
ozroq chidanglar... Juda ham oz qoldi...” – deya pichirladi.
Soʻng koʻzlari yoshga toʻlib, chuqur xoʻrsinib qoʻydi.
“Yoʻq, yoʻq, mening bunday tushkunlikka tushishga
haqqim yoʻq”, – deya yana pichirladi Margol shosha-
pisha koʻz yoshlarini artarkan. U oʻziga yuklatilgan
vazifani bajarishi uchun kuchli boʻlishi kerakligini his
qildi. Ustiga-ustak, yerlik doʻstini ham xatarli safarga olib
ketyapti, bolani eson-omon uyiga qaytarishi shart. Bu esa
Margolning masʼuliyatini yanada oshirardi.
Dostları ilə paylaş: |