Dullo quronov galaktikada bir



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/41
tarix16.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#113656
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
Galaktikada bir kun PDF Lotin

UCHISH REJASI
“Koʻkkezar”ning fazoga koʻtarilishiga atigi bir necha 
soat qolgan. Ikkala fazogir ham kuchli hayajonda. Chunki 
ularni oldinda judayam gʻaroyib sarguzashtlar kutib turgani 
aniq. Qahramonlarimiz qanday boʻlmasin, kristalli topib, 
Salmir sayyorasini halokatdan qutqarib qolishlari shart. 
Aks holda, haqiqiy falokat yuz beradi.
Ahmadning fazoga qiladigan sayohati uchun judayam 
qulay vaqt tanlangan edi. Chunki bugun Ahmad ota-
onasi bilan xayrlashib yozgi oromgohga ketishi kerak. U 
oromgohga emas, toʻgʻri Abdukarim amakining hovlisiga 
yoʻl oldi. Oʻzi bilan barcha kerakli narsalarini ham olgandi. 
Kichkina doʻstini kutib oʻtirgan Margolning chehrasi 
yorishib ketdi.


40
– Toʻgʻrisini aytsam, shu daqiqagacha kelmay qolasanmi 
deb qoʻrqib oʻtirgandim, – dedi Margol bolalarday quvonib.
– Mana, keldim, chunki yerliklar bir soʻzli boʻlishadi, – 
dedi Ahmad magʻrur turib.
– Bunga yana bir bor amin boʻldim, – tasdiqlab qoʻydi 
Margol.
Shundan soʻng Margol qogʻoz va qalam olib Ahmadga 
yuzlandi:
– Kel, endi vaqtni oʻtkazmay sayohatimiz rejasini tuzib 
olaylik.
Avvaliga Margol Quyosh tizimiga uyushtirilgan 
ekspeditsiyaning maqsadini batafsilroq tushuntirib oʻtdi.
– Salmir olimlari N
2
G kristalli Quyosh tizimidagi aynan 
qaysi sayyorada ekanini aniqlay olishmagan. Vaqtimiz 
kamligini hisobga olib men 9 ta sayyoraning hammasiga 
emas, balki eng zarurlariga borish kerak deb oʻylayman.
– Kechirasiz, Margol, sayyoralar 9 ta emas, balki 8 ta. 
Aniqrogʻi, Pluton 2006-yilda sayyoralar safidan chiqarilib, 
jajji sayyoralar qatoriga kiritilgan. Shunday qilib, ular 8 ta 
qolgan.
– Bundan xabarim bor. Ammo Quyosh tizimida yerliklar 
bilmaydigan yana bir ulkan sayyora ham mavjud.
– Yoʻgʻ-e! – Ahmad uchun bu kutilmagan yangilik 
boʻldi.
– Ha, baʼzi yerlik olimlar matematik hisob-kitoblarga 
koʻra bu sayyoraning borligini aytishadi. Ammo haligacha 
uni biror teleskop aniqlagani yoʻq. Chunki u Quyoshdan eng 
olisda joylashgan sayyoradir. Biz unga PN-1437 raqamini 
berganmiz.
***
Hammamiz, Quyosh tizimi Merkuriy, Venera, Yer, Mars, 
Yupiter, Saturn, Uran va Neptun kabi jami 8 ta sayyoradan 
tashkil topganini yaxshi bilamiz. Lekin ayrim olimlar 


41
9-sayyoraning borligini aytishyapti. 2016-yilda AQSHning 
Kaliforniya universiteti astronomlari Maykl Braun va 
Konstantin Batigin ilmiy bayonot bilan chiqishdi. Ular 
Quyosh tizimining eng olis qismida judayam yirik nomaʼlum 
sayyora bor ekanini aytishgan.
Astronomlarning bayonotiga koʻra, oʻsha toʻqqizinchi 
sayyora Yerdan 10-marta katta boʻlib, Quyosh tizimining 
eng olis joyi – Koyper belbogʻidan ham uzoqroqda aylanib 
yuradi. Bu sayyora juda olisda boʻlgani sabab boshqa 
sayyoralar kabi quyosh nurini qaytara olmaydi. Shuning 
uchun uni teleskop bilan ham koʻrib boʻlmaydi.
Yer quyosh atrofida 365 kunda aylansa, 9-sayyora bu 
masofani 10 000-yilda bosib oʻtarmish.
Xullas, oʻsha toʻqqizinchi sayyora haqidagi maʼlumotlar 
hali oʻz isbotini topganicha yoʻq. Chunki bu sayyorani hali 
hech kim oʻz koʻzi bilan koʻrmagan. Olimlar esa uni boshqa 
osmon jismlariga koʻrsatayotgan taʼsiri tufayli taxminan 
aniqlashgan, xolos. 1846-yilda Neptun sayyorasining 
borligi ham faqat matematik hisoblar evaziga aniqlangan. 
Bu safar ham olimlar shunga oʻxshash kashfiyot qilishgan.
Hozircha olimlar nomaʼlum sayyorani matematikadagi 
nomaʼlumlik belgisi boʻlgan “X” harfi bilan bogʻlab 
“X sayyora” deb nomlashmoqda. Nomaʼlum sayyorani 
“kashf” qilgan olimlarning oʻzi esa juda katta ekani tufayli 
hazillashib “doʻmboq” deb ham atashadi.
– Demak, biz oʻsha nomaʼlum sayyoraga ham uchamiz, 
shundaymi? – soʻradi Ahmad.
– Yoʻq, shart emas. Issiq boʻlgani uchun Merkuriyga 
keyinroq uchamiz. Yana Yupiter, Saturn, Neptun kabi 
sayyoralarga ham borishning hojati yoʻq. Chunki bu 
sayyoralarning sathi quyuq gazdan iborat. Ularda Yerdagi 
kabi qattiq yuza emas, balki suyuq yadro va gazlar bor, xolos.


42
– Toʻgʻri, bu sayyoralarning sathiga qoʻnishning imkoni 
yoʻq, – tasdiqladi Ahmad. – Ammo Yupiterning Yer 
sayyorasiday keladigan ulkan yoʻldoshlari Io, Yevropa, 
Ganimed va Kallisto ham bor-ku!
– Toʻgʻri aytasan, unda Yupiterning yoʻldoshlariga 
borishni ham rejaga kiritib qoʻyaman, – Margol shunday 
deb qogʻozga yoʻldoshlar nomini yozib qoʻydi va dedi: – 
Ahmad, kel, oldin Veneraga, soʻng Marsga uchamiz. Agar 
kristallni topa olmasak, keyin boshqa sayyoralarga safar 
qilamiz.
Menimcha, bu eng toʻgʻri qaror, kelishdik.
Rejani tuzib olgan qahramonlarimiz endi tunni intiqlik 
bilan kuta boshlagan edilar.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin