71
– Hoynahoy, bu yerga anchadan beri mehmonlar
kelmagan. Shuning uchun
ham miksliklarning taqdiri
haqida hech kim bilmaydi, – Margolning gapini tasdiqlab
qoʻydi Ahmad.
– Yoʻq, mendagi uskunalar sayyorada hayot borligini
koʻrsatyapti, – dedi Moki boshidagi antennani aylantirarkan.
Shu payt Moki hayot alomatlari borligini tasdiqlovchi
turli toʻlqinlarni tutib oldi. Keyin bu toʻlqinlarni oʻz
kompyuterida tahlil qila boshladi. 3-4 soniya oʻtar-oʻtmas:
– Toʻlqin uzatilayotgan joy unchalik uzoq emas, – dedi.
– Yuringlar, men yoʻlni aniqladim.
Ular uchar likopchaga oʻtirib Moki koʻrsatgan yoʻl
boʻylab uchib ketdilar. Yoʻl
davomida qahramonlarimiz
Miksning goʻzal manzarasini tomosha qilib ketishdi.
Miks sathi billurga oʻxshash ulkan muz togʻlardan iborat
edi. Maanen yulduzi kichkina boʻlgani sabab sayyoraning
kunduzi ham unchalik yorugʻ emas, xuddi Yerdagi shom
pallasiga oʻxshardi. Shunday boʻlsa-da, mitti oq yulduzning
nurlari sayyoradagi muzliklarga oʻzgacha jilo berib turar,
bu noyob manzara, ayniqsa,
Ahmad bilan Margolni
hayratlantirardi.
Qahramonlarimiz uchar likopchada bir necha daqiqa yoʻl
bosishganidan soʻng Moki aytgan manzilga yetib keldilar.
Umuman, Miksning hamma joyi bir-biriga oʻxshardi. Mana,
ular yetib kelgan joy ham sayyorada koʻp uchraydigan
ulkan muz togʻlarining biri edi.
– Toʻlqin shu togʻning ichidan uzatilyapti, – dedi Moki
qoʻli bilan togʻga ishora qilib.
– Menimcha, ular ham zagunliklarga oʻxshab togʻ ichiga
uy qurishgan, – Margol shunday deb skafandrga oʻrnatilgan
durbin bilan atrofga diqqat qilib nazar soldi. – Lekin u yerga
toʻsatdan yaqin borib boʻlmaydi. Axir, bizni qanday kutib
olishlarini bilmaymiz-ku. Bu juda xavfli!
72
– Balki, Moki infratovush orqali ularga xabar yuborar,
nima deysiz? – dedi Ahmad.
– Bu juda zoʻr gʻoya! – dedi Margol.
***
Dostları ilə paylaş: