Dullo quronov galaktikada bir



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/41
tarix16.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#113656
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
Galaktikada bir kun PDF Lotin

BESOʻNAQAY “MIKS”
***
Yondosh olam deganimiz shunchaki fantastik xayol 
emas. Hatto dunyoning mashhur astrofiziklari ham 
bizning olamga yondosh (parallel) boʻlgan yana koʻplab 
olamlarning boʻlishi mumkinligini aytishmoqda. Ularning 
fikricha, bizning koinot maʼlum bir chegarada tugaydi. 
Shundan soʻng yangi bir osmon – olam chegarasi 
boshlanadi. Hozircha bu bir ilmiy faraz. Ammo matematik 
hisob-kitoblar va astrofizikadagi yangi ilmiy kashfiyotlarga 
qaraganda, bu faraz ham tez orada oʻz isbotini topadi.
Margol miksliklar shartiga rozi boʻlganidan buyon 
Ahmad juda behalovat boʻlib qolgan. U shu kunga qadar 
yondosh olamlar haqida koʻp oʻqigan. Oʻshanda u: «Yetti 
qavat osmon deganlari shu boʻlsa kerak-da», – deb oʻylardi. 
Oʻzi shundoq ham Yerdan uzoqlashib, galaktikaning bir 
chekkasiga kelib qolgan qahramonimizga endi boshqa 
olamga borib kelish yetmay turgan edi. Ammo u uyiga 
qaytishi uchun galaktika xaritasini qoʻlga kiritishi kerak 
ekanini yaxshi biladi. Aslida, Margolning oʻrnida uning 
oʻzi boʻlganda ham miksliklar shartiga koʻnmay iloji 
yoʻq edi.
Miksliklar ham paysalga solmay ertasi kuniyoq olim, 
muhandis va fazogirlar ishtirokida kichikroq majlis tashkil 
qilishdi. Majlisda “Koʻkkezar”ning barcha ekipaj aʼzolari 
ishtirok etdi.
– Yondosh olamga faqat siznikiday tezkor kema bilan 
kirib borish mumkin, – deya gap boshladi majlisga rahbarlik 
qilayotgan olim miks. – Ammo bir oʻzingiz qoʻmondonni 
zindondan ozod qila olmaysiz.
– Ha, buning uchun eng baquvvat miks askarlaridan 


82
kamida oʻnta kerak boʻladi, – tasdiqladi harbiylardan biri.
– Lekin muammo bor – “Koʻkkezar”ga atigi 3 kishi 
bazoʻr sigʻar ekan!
– Demak, bizning kemada ucha olmas ekanmiz, – dedi 
Margol oʻrnidan turib.
– Nega endi? Siz shu kemani yasagan ekansiz, demak, 
biror gʻoya oʻylab topishingiz ham mumkin, – dedi qatʼiylik 
bilan mikslik olim.
– Aslida, kemani men emas, Ahmad yasagan. Men faqat 
yordam berganman, xolos, – Margol shunday deb joyiga 
oʻtirib oldi.
Bu gapdan soʻng majlislar zali ari uyasiday gʻuvullab 
ketdi. Hamma hayron, yerlik mushtday bola koinotda 
yagona boʻlgan kemani ixtiro qilsa-ya, deya majlis 
ishtirokchilari aqldan ozayozdi.
– Nahotki, shu odam-a?! – soʻradi Miks rahbari. Margol 
boshini qimirlatib tasdiqladi.
Endi hamma Ahmadning biror nima deyishini kuta 
boshladi. Buni sezib Ahmad oʻrnidan turdi va chizmalar 
chizish uchun doska yoniga keldi.
– “Koʻkkezar” bir qarashda juda murakkab qurilmaga 
oʻxshagani bilan, uning konstruksiyasi juda sodda. 
Aytmoqchimanki, kemani harakatga keltiruvchi asosiy 
qurilma uning ichida emas, balki korpusga oʻrnatilgan 
tarvuzday keladigan matohda.
– Kechirasiz, – qoʻl koʻtardi bir miks, – tarvuz deganingiz 
nima?
– U Yerda oʻsadigan, hajmi shu qovoq kallangizday 
keladigan mazali poliz ekini.
Boyagi miks oʻrinsiz savol berganini tushunib joyiga 
oʻtirib oldi. Yaxshiyamki, u Ahmaddan qovoq nima ekanini 
soʻrab qolmadi.
– Xullas, shu tarvuzday keladigan qurilma bir nechta 


83
kemani ham boshqara oladi. Oʻsha oʻnta askar sigʻadigan 
kemani “Koʻkkezar”ga mana bunday qilib shatakka olishi 
mumkin.
U shunday deb doskaga oʻz loyihasini chizib berdi. 
Bu vaqtga kelib miks olimlari bolakayga angrayib 
qarab qolgandi. Hatto baʼzi mikslarning peshonasidagi 
antennasimon moʻylovi qiyshayib qoldi.
– Yana bir muhim gap, – olim miks xuddi bir nimani 
unutib qoʻygandek soʻzlay boshladi. – Shatakka olinadigan 
kema “Koʻkkezar”ga oʻta mustahkam bogʻlanishi shart. 
Aks holda, neytron yulduzining tortishish kuchi kemani 
ikkiga boʻlib yuborishi hech gap emas.
– Neytron yulduzining bu safarimizga nima aloqasi bor? 
– soʻradi Margol.
– Axir, Yondosh olamga faqat neytron yulduzi yaqinidan 
oʻtish mumkin, – olim miks Margolga “nima buni 
bilmasmiding” deganday qarab qoʻydi.
– Nima-nima, neytron yulduzi?! Yoʻq, buning hecham 
iloji yoʻq, – endi Ahmad ham oʻrnidan turib ketdi.
– Sizning kemangiz bilan imkoni bor!
– Nimalar deyapsiz, neytron yulduzining gravitatsiyasi 
oddiy yulduzga nisbatan 10 trillion marta kuchliroq boʻladi. 
U bizni uzoq masofadan ham xuddi changyutgichdek tortib 
oladi. Unga yaqinlashishning imkoni yoʻq.
– Istamasangiz bormang. Xaritani esa butunlay unuting, 
– choʻrt kesdi Miks rahbari.
Uning bu gapidan soʻng majlis boʻlayotgan gʻala-
gʻovur xonaga suv quygandek sukunat choʻkdi. Hamma 
Ahmad va Margolning ogʻziga qarab tosh qotib turardi. 
Qahramonlarimizning holi juda tang edi. Shunda sukunatni 
Ahmadning oʻzi buzdi:
– Mayli, na iloj, biz biror yoʻlini oʻylab topamiz.
Xonada yana gʻala-gʻovur boshlandi.


84
– Boʻldi, menimcha, boshqa muhokama qilishga 
oʻrin qolmadi, – dedi Miks rahbari. Shundan soʻng u 
mulozimlariga topshiriq berdi: – Zudlik bilan ishga 
kirishing. Bolakay aytgan loyihani yasashga bugunning 
oʻzida kirishamiz.
Ertasi kuni ertalabdan uchish rejasi tuzildi. Miks 
muhandislari esa loyihani bajarishda biroz kech qolishdi. 
Ularning ishi tush vaqtiga qadar choʻzilib ketdi. Sababi, 
“Koʻkkezar”ga boshqa kemani shatakka olishayotganda bir 
besoʻnaqay miksni deb tutqichlarning biri sinib ketgandi. 
Hozir ham bu miks Ahmad va Margolga tez-tez olaqarash 
qilib qoʻyar, baʼzan savollari bilan ularni chalgʻitar edi. 
Xullas, bu besoʻnaqay yarim kunda hammaning joniga 
tegib ulgurdi.
Tushdan soʻng barcha ishlar yakuniga yetdi. “Koʻkkezar” 
ekipaji bilan birga uchish uchun eng abjir askarlar saralab 
olindi. Hademay ular yondosh olamga qarab yoʻl olishadi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin