85
– Ha-ya, mening ittifoqdoshlarim Dordonni oʻgʻirlashgan
edi-ku. Xoʻsh, bunga anavilarning nima aloqasi bor ekan?
– Ularning biri salmirlik,
biri yerlik, biri esa marslik
droid. Hammasi galaktika xaritasini izlashmoqda.
– Xa-xa-xa! – Obmaning bu qah-qah otib kulishi
shu
qadar baland chiqdiki, goʻyoki butun kema silkinib
ketganday boʻldi.
– Eh, nodonlar... tushunarli... tushunarli... ular xaritaning
bir boʻlagi menda ekanini bilisharmikan oʻzi? Xa-xa-xa...
– Bir qoshiq qonimdan kech, general. Men
ularni nodon
demagan boʻlardim. Ayniqsa, anavi odam juda xavfli ekan.
Bu gapdan generalning kapalagi uchib ketdi. Soʻng
jiddiy turib josusdan yana boshqa maʼlumotlarni ham
batafsil soʻrab oldi va dedi:
– Sen oʻsha askarlardan birining qiyofasiga kirgin-da,
ular bilan birga uch. Boladan ehtiyot boʻl. Bilib qoʻy, u
menga tiriklayin kerak!
– Xoʻp boʻladi, general!
Aloqa tugadi.
Ayni damda koinotda Obmadan baxtliroq mavjudot yoʻq
edi. Chunki u anchadan beri ich-etini tirnab kelayotgan
savollarning javobini eshitdi. Endi u hammasi – salmirliklar
muammosi, N
2
G
kristali, Ahmad, “Koʻkkezar”, xarita va
abadiy energiya generatori haqida biladi. “Bularni bilishim
mening gʻalabamdan darak beradi”, – deb oʻyladi Obma.
U shu tobda turli rejalar tuzarkan,
hammasiga birdaniga
erishishi mumkinligini oʻylab sevinardi.