Dullo quronov galaktikada bir



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/41
tarix16.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#113656
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
Galaktikada bir kun PDF Lotin

MAANEN YULDUZI YAQINIDA
General Obma hali ham Maanen yulduzi yaqinida oʻz 
josusidan xabar kutib turardi. U “Koʻkkezar” ekipajining 
Yondosh olamdan eson-omon qaytishiga unchalik 
ishonmasdi. Lekin negadir koʻnglining tubida bir ovoz 
“Ular oʻta abjir”, “Ulardan har narsani kutish mumkin” deb 
turardi.
Obma shu kabi xayollarga berilib turganida boyagi 
“besoʻnaqay miks” yana aloqaga chiqib qoldi:
– Qoʻling qayrilmasin, qoʻmondon, ular uchib ketishyapti.
– Qayerga, aniqladingmi?
– Koinot muzeyiga.
– Ha, koʻnglim sezgandi. Axir xaritaning ikkinchi boʻlagi 
shu muzeyda saqlanadi-ku... Mayli, sen tez ortingga qayt.
Generalning oldida hammasini eshitib turgan Rago 
boshligʻiga ayyorona boqib dedi:
– Xoʻjayin, qara, oʻljamiz oʻz oyogʻi bilan biz tarafga 
qaytib kelyapti. Pistirmadan hujum qilaylikmi?!
– Eh, nodon Rago, nima uchun men qoʻmondon-u sen esa 
oddiy xizmatkor ekaning haqida hech oʻylab koʻrganmisan?
– Bir qoshiq qonimdan kech, bu haqida aslo oʻylamayman!
– Chunki sendaylar faqat burnining ostinigina koʻradi, 
men esa uzoqni. Bilasan, men uzoq yillardan beri galaktika 
xaritasini jamlash orzusida yuraman, ammo buning imkonini 
hecham topolmayman. Mana, imkoni topildi. Ular men 
oʻylagandan ham ancha chaqqon chiqib qolishdi. Qoʻyib 


98
ber, xaritaning keyingi boʻlagini ham qoʻlga kiritishsin. Biz 
ularni oʻshanda qoʻlga olamiz. Hozir esa Koinot muzeyiga 
qarab uchamiz...
KOINOT MUZEYI
***
Galaktikamizda noyob yulduzlar koʻp. Shulardan biri 
Rigel deb ataladi. U galaktikaning eng qudratli, eng yorqin 
yulduzlaridan biri hisoblanadi. Rigel bizning Quyosh 
tizimidan juda-juda olisda – 860 yorugʻlik yili uzoqligida 
joylashgan. Rigel Quyoshdan 74-marta katta va 130 
barobar yorqinroq. Shuning uchun u oʻta gigant yulduz 
hisoblanadi. Oʻta katta va yorqinligi sabab, olisda boʻlsa 
ham, uni tungi osmonda oddiy koʻz bilan koʻrish mumkin. 
Qadimda bobolarimiz bu yulduzni “Pahlavonning oyogʻi” 
deb atashgan. Ayrim xalqlar bu yulduzni ilohiylashtirgan.
Rigel moviy rangda. Bu esa uning sirtidagi harorat 
juda issiqligidan darak beradi. Ha, olimlar yulduzlarning 
rangiga qarab uning haroratini aniqlashadi. Buni sodda 
yoʻl bilan tushunish uchun temirchilik ustaxonasiga borish 
kerak. Usta temirni qizdirayotganda metall dastlab toʻq 
qizil rangga kiradi, soʻng temirning harorati ortgani sari 
u zargʻaldoq, sariq va oxiri oq rangga kiradi. Agar temirni 
bundan yuqori haroratda qizdirish mumkin boʻlganida u 
moviy rangga kirar edi. Shunga koʻra, qizil rangli yulduzlar 
2500 ‒ 3000°C, zargʻaldoqlar 3500 ‒ 4000°C, Quyosh kabi 
sariqlari 6000°C, oqlari 17000 ‒ 18000°C, moviylari esa 
25000 ‒ 50000°C issiqlikda boʻladi.
Koinot muzeyi mana shu Rigel yulduzining yaqinida 


99
joylashgan edi. Qahramonlarimizning bu galgi safari naq 
4 kun davom etdi. Zero, “Koʻkkezar” qanchalar tezkor 
boʻlmasin, 860 yorugʻlik yiliga teng masofa qarshisida 
imillab qolishi tabiiy.
Koinot muzeyi biror binodan emas, balki Yerdan 
33-marta katta boʻlgan butun bir sayyoradan tashkil 
topgandi. Bu sayyora galaktikadagi eng mashhur va eng 
gavjum sayyohlik markazi hisoblanar edi. Har kuni bu joyga 
milliardlab sayyohlar tashrif buyurar va yana shunchasi 
uchib ketardi. Muzey-sayyorada galaktikadan yigʻib 
keltirilgan eng noyob eksponatlardan tashqari sayyohlar 
uchun yotoqxonalar, koʻngilochar bogʻlar, bozorlar, savdo 
markazlari, restoranlar, choʻmilish havzalari va yana 
minglab allambalo narsalar bor edi. Qisqasi, butun sayyorani 
aylanib chiqib undagi gʻaroyibotlarning barchasiga guvoh 
boʻlish uchun ming yil ham kamlik qilardi.
Mana, hozir Ahmad Koinot muzeyini 400 km uzoqlikdan 
tomosha qila turib uni asalari uyasiga oʻxshatib yubordi. 
Chindan ham unga qoʻnib-uchayotgan kemalar asalarilar 
kabi gʻuj-gʻuj edi.
– Qoʻnib olishimiz ham oson kechmaydi, – dedi bu 
chigal manzaradan boshi qotgan Margol.
– Menimcha, biz ham navbatga turishimiz kerak. 
Qarang, boshqalar huv anavi tunneldan birma-bir ichkariga 
kirib ketishyapti.
Ahmad sayyoraning kemalar qoʻnish maydoniga olib 
boruvchi tunnel haqida gapirgandi. U yerda kelgan sayyohlar 
qatnovini tartibga solish maqsadida navbat tashkil qilingan. 
Bundan tashqari, har bir kema xavfsizlik nuqtayi nazaridan 
tekshiriladi, bojxona nazoratidan ham oʻtkaziladi.
Koʻp oʻtmay bizning qahramonlarimiz ham mehmonlar 
tashkil qilgan navbatga qoʻshilib olishdi. Ularga 
“1440-navbat” degan qogʻoz ham berildi. Shu bir parcha 


100
qogʻoz boʻlmasa, ayrim uddaburonlar navbati qolib, oldingi 
saflarga oʻtib ketib qolishlari ham hech gap emas.
Tunnelga kirib olishning oʻzi uch soatga choʻzildi. 
Avvaliga ularni xavfsizlik xizmati xodimlari tekshirdi. 
Kemani yaxshilab koʻzdan kechirib, Margolning sovuq 
qurollarini: “Qaytib ketayotganingizda beramiz”, ‒ deb olib 
qoʻyishdi. Soʻng ular bojxona nazoratidan ham oʻtishdi. 
Bojxonachilar kemada taqiqlangan mahsulotlar bormi-
yoʻqmi, sotish uchun nimalar olib kelindi, ularning hujjati 
bormi – barini tekshirardi. “Koʻkkezar” esa bu borada top-
toza boʻlgani sabab ular bu joyda koʻp qolib ketishmadi. 
Nihoyat, “Koʻkkezar” avtoturargohni esga soluvchi fazo 
kemalarining qoʻnish maydoniga kirdi. Bu maydon shu 
qadar katta ekanidan uning oxiri koʻrinmasdi. Fazo kemalari 
ham turlicha: baʼzilari tomi yopilgan futbol maydonidan 
ham katta boʻlsa, baʼzilari oʻyinchoq mashinaday kelar edi. 
“Koʻkkezar” maxsus maydonchaga qoʻnishi bilan ularning 
oldiga xizmatchi droid yetib keldi.
– Xush kelibsiz, aziz mehmonlar! – dedi droid oʻta 
rasmiy ohangda.
Margol esa gapni choʻzmay maqsadga koʻchib qoʻya 
qoldi:
– Xushvaqt boʻl. Bilmaysanmi, galaktika xaritasining 
boʻlagi qayerda saqlanadi?
– Bilasizmi, muzeyimizda 10 trilliondan ortiq eksponat 
bor. Mening xotiramga eksponatlar katalogi sigʻmaydi. Men 
shunchaki fazo kemalari turargohining nazoratchisiman.
– Tushunarli. Unda bizga shunchaki chiqish yoʻlini koʻrsat.
– Chiqish yoʻli oʻng tarafingizda. Lekin avval turargoh 
xizmatidan foydalanish haqini toʻlab qoʻyinglar.
– Nima?! – ajablandi Margol.
– Ha, sizdan 7 koinot lungi boʻladi.
– Bizda pul yoʻq-ku!


101
– Juda qiziq sayyoh ekansizlar-ku. Yuz yildan beri shu 
joyda ishlab hali puli yoʻq sayyohni koʻrmaganman.
– Yoʻq, biz bu joyga umuman boshqa maqsadda 
kelganmiz, – Ahmad ham suhbatga aralashdi.
– Qanday maqsadda kelgan boʻlsangiz ham, turargohimiz 
xizmatidan foydalanyapsiz-ku! Yaxshisi, sizlarga chek 
yozib beraman, qaytishingizda toʻlab ketarsiz. Ammo pulni 
toʻlamasangiz kemani ham ololmaysizlar.
Noiloj qolgan qahramonlarimiz toʻlov qogʻozini olib 
yoʻlida davom etishdi. Ular fazo kemalari turargohidan 
chiqishganida odam hatto tushida ham koʻrishi mushkul 
boʻlgan manzara qarshisidan chiqishdi. Bu joy muzey emas, 
naq moʻjizalar mamlakatining oʻzi edi. Osmonda muallaq 
uchib yurgan binolar va hovuzlar, togʻdan emas, havoning 
oʻzidan tushib kelayotgan sharsharalar, bogʻlar, hashamatli 
shaharlar, oʻyin attraksionlari, gologrammali tasvirlar, uchar 
likopchalar va boshqa koʻplab gʻaroyibotlar aqlni shoshirib 
qoʻyar edi. Bu yerda galaktikaning turli sayyoralaridan 
kelgan milliardlab sayyohlar koʻngilxushlik qilish bilan 
band edilar. Bu sayyohlarning shakl-shamoyili turli-tuman 
boʻlib, ular orasida fildek keladigan besoʻnaqaylari ham, 
sichqondek keladigan mittivoylari ham bor. Lekin hech 
kim hech kimga zarar keltirmas, hamma ahil-inoq vaqt 
oʻtkazardi. Baʼzan kimdir bezorilik qilib qolsa, muzey 
nazoratchilari tezda uni tartibga chaqirib qoʻyardi.
– Bu yer bekorga sayyohlik markazi emas, har bir 
qadaming pul turadi, – dedi atrofga sinchiklab qarab 
chiqqan Margol hamrohlariga yuzlanib.
– Qiziq, safarimiz davomida pul kerak boʻlishi 
mumkinligini oldinroq oʻylab koʻrmaganimizni qarang, – 
afsuslandi Ahmad.
Chindan ham bu sayyorada mushuk ham bekorga oftobga 
chiqmas ekan. Pul yoʻqligi sabab ular biror muzey binosiga 


102
kira olishmadi. Sababi, bir kishilik chipta 50 koinot lungi 
turardi. Maʼlumotlar bazasidan xaritani qidirishmoqchi edi, 
ammo bu xizmat ham 2 koinot lungi turarkan. Muzey gidlari 
esa, pul boʻlmasa, salomga alik ham olmay ketaverardi. 
Xullas, bu chigal vaziyatda qahramonlarimiz borar joyini 
ham, qilar ishini ham bilmay qoldilar.
– Ahmad, balki, senda biror qimmatbaho narsa bordir? 
– soʻradi Margol.
– Yoʻgʻ-e, sumkamda bir futbolka va ishton, qotgan non, 
suv, turshak va yongʻoqdan boshqa hech vaqo yoʻq.
– Ha, juda-juda qashshoq sayyoh ekanmiz-da, – kuldi 
Margol, – Moki, balki, sen maʼlumotlar bazasi joylashgan 
kompyuterning himoya tizimini buzib koʻrarsan.
– Mayli, harakat qilib koʻray. – Moki shunday deb 
baland bir binoning kirish eshigi oldida turgan monitori 
katta kompyuter oldiga bordi. Qoʻllaridan oʻsib chiqqan 
uzun naychani monitorning yon tarafidan ichkariga suqdi. 
Ammo shu payt himoya tovushlari ishlab ketdi. Bir soniya 
oʻtmasidan toʻrtta nazoratchi robot yashinday uchib 
keldi. Ular bir ogʻiz ham soʻz aytmay Mokini ushlab, 
uchar qurilmaga mindirdilar-da, oʻzlari bilan allaqayoqqa 
olib ketdilar. Margol bilan Ahmad esa turgan joylaridan 
qimirlashga ham ulgurmay qolishdi.
Bu yerning himoya tizimi Qora sayyoradagi qamoqxonaga 
nisbatan ancha kuchli edi. Qahramonlarimizning oʻzlariga 
ortiqcha baho berganliklari ularga qimmatga tushdi. 
Bundan tashqari, ular qonunga xilof ish qilayotganlarini 
ham, bunga yarasha jazo muqarrar ekanini ham bilishlari 
kerak edi. Mana oqibati – oʻzi shundoq ham nima qilarini 
bilmay turgan jamoaning eng kerakli aʼzosi mirshabxonaga 
olib ketildi.
Ahmad va Margol birpas qanday chora koʻrish 
kerakligini bilmay hali u yoqqa, hali bu yoqqa chopib 


103
Mokini qidirishdi. Yaxshiki, pul olmaydigan sayyohlarning 
biri mirshabxonaga borish yoʻlini bilar ekan – ularga yoʻl 
koʻrsatib yubordi.
Hatto jamoat transportlaridan foydalanish uchun ham 
puli boʻlmagan qahramonlarimiz mirshabxonagacha 8 
km masofani yayov bosib oʻtishdi. Mahkamada ularni 
toʻrt qoʻlli barzangi zobit qarshi olib, nima maqsadda 
kelganlarini soʻradi. Ular esa vaziyatni tushuntirishdi. 
Soʻng ularni mahbuslar bilan uchrashish xonasiga olib 
borishdi. Birozdan keyin xonaga Moki kirib keldi.
– Salom, doʻstlarim!
– Moki, qalaysan, senga hech narsa qilmadimi? – soʻradi 
Ahmad.
– Yoʻq, hamma qurilmalarim soz.
– Xoʻsh, ular senga nima deyishdi?
– Men bilan suhbatlashishdi. Nega kompyuterga 
tekkanimni soʻrashdi. Men esa bir maʼlumot juda kerakligi, 
pulim yoʻqligi sabab uni ololmaganimni, qilgan ishim 
jinoyat ekanini bilmaganimni aytdim.
– Endi nima boʻladi? – soʻradi Margol.
– Menga maʼmuriy jazo qoʻllab, 1000 koinot lungi 
miqdorida jarimaga tortishdi.
– Ana xolos, 2 lungni deb 1000 lungga tushib oʻtiribmiz, 
– qilgan ishlaridan afsuslandi Ahmad.
– Moki, sen xavotir olma. Biz pul topishga harakat 
qilamiz, – dedi Margol.
Shundan keyin ular Moki bilan xayrlashishdi. Tashqariga 
chiqishganida qosh qorayib qolgan ekan. Endi ular tunab 
qolish uchun joy axtara boshladilar. Afsuski, birorta 
ham tekin boshpana topisha olishmadi. Yaxshiyamki, 
Margolning lazer nurli laboratoriyasi yonida ekan. Ular 
laboratoriyani yoʻlning chekkasiga oʻrnatishdi-da, uning 
ichiga kirib uyquga ketishdi.


104

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin