Dullo quronov galaktikada bir



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/41
tarix16.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#113656
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41
Galaktikada bir kun PDF Lotin

GALAKTIKA URUSHI
Miks va Koinot muzeyi qoʻshinidan tashkil topgan 
ittifoqchilar jang vaqtida sayyohlarni bezovta qilmaslik 
maqsadida qaroqchilarni sayyoradan besh million km 
uzoqlikda kutib oladigan boʻlishdi. Jang rejasiga koʻra ittifoq 
qoʻshini uchga boʻlindi. Qaroqchilarni esa shu qoʻshinning 
faqat bir qismi bilangina kutib olishga kelishildi. Chunki 
hali Miks qoʻshinidan bexabar boʻlgan Obma juda koʻp 
jangchilarni koʻrib ortiga qochib qolishi ham mumkin. 
Shu sababli ittifoqchilar avvaliga Obmani jangda mutlaq 
ustun ekaniga ishontirishmoqchi. Shunday qilinsa, raqibini 
mensimagan Obma puxta reja tuzib oʻtirmaydi.
Xavfsizlik nuqtayi nazaridan “Koʻkkezar” ekipaji jangga 
kirmay, jarayonni uzoqroqdan kuzatib turadigan boʻldi.
Ittifoqchilar kutganiday, belgilangan joyga yetib 
kelgan Obma manmanlik qilib toʻsatdan hujumga oʻtdi. 
Qaroqchilar P-2 nomli eng kichik harbiy kemalari bilan 
urushga kirishdi. Bu harbiy kemalar koʻrinishidan 
dazmolga oʻxshab ketardi. Kichkina boʻlishiga qaramay, 
kuchli lazer quroli bilan jihozlangan kemalar dushmanga 
katta talafot yetkazishi mumkin edi. Shunday boʻldi ham. 
Koʻp oʻtmay himoya tizimlarini osongina yorib oʻtishga 
va oʻqlarga chap berishga moslashgan P-2 kemalari ittifoq 
qoʻshiniga jiddiy tahdid sola boshladi. Katta kemalarning 
tom qismiga oʻrnatilgan pulemyotlar esa ularni deyarli urib 
tushira olmay qoldi.
Aslida, bu ham ittifoq rejasining bir qismi edi. Ular 
jang boshlanishida dushmanga yon berishni oldindan reja 


130
qilib qoʻyishgan. Bundan maqsad Obmani toʻliq hujumga 
oʻtishga chorlash boʻlgan. Shuning uchun qoʻshinning bu 
qismi jonli askarlardan emas, balki faqat robot-droidlardan 
tashkil topgandi. Obma har qancha kuchli zarba bermasin, 
hali birorta askarga zarar yetkaza olmagan edi.
Dastlabki hujumdayoq qoʻli baland kelayotganidan 
gʻururlangan Obma asosiy kuchlarni ham jangga tushira 
boshladi. Bu orada ittifoq qoʻshini ham Rutuy nomli 
qiruvchi kemalarni qaroqchilarga qarshi uchira boshladi. 
Rutuylar ham bir uchuvchilik ixcham kema boʻlib, ular P-2 
kemalarini taʼqib qila boshladi.
Obmaning qudratli kemalari esa ittifoq qoʻshini tomon 
dahshatli raketalarni uchirdi. Ittifoqchilar tezda himoya 
chorasini koʻrishdi. Ular raketalarga qarshi koptokka 
oʻxshash nurlarni otishdi. Bu nurlar xuddi sovun pufagiday 
raketalarni oʻrab olardi. Raketa esa shu pufak ichida portlab 
zararsizlantirilardi. Ammo ayrim raketalar himoya tizimiga 
chap berib markazda turgan katta kemalarga borib urildi. Bir 
kema butunlay portlab ketdi. Yana ikkitasi yaroqsiz holatga 
kelib qoldi. Bundan ruhlangan Obma sarkardalariga toʻliq 
kuch bilan hujumga oʻtishni buyurdi. Endi qaroqchilarning 
butun qoʻshini oldinga siljiy boshladi. Voqeani kuzatib 
turgan qoʻmondon Dordon ana endi asosiy hujumning 
vaqti kelganini angladi. Ittifoqchilarning sayyora ortiga 
yashirinib olgan ikki qoʻshini dushmanni oʻng va chap 
tarafdan aylanib oʻtib, qurshab oldi. Bu qaroqchilar uchun 
umuman kutilmagan hol edi. Buncha katta qoʻshinni 
koʻrgan kallakesarlar esankirab qolishdi. Dushmanning 
sarosimaga tushganidan foydalanib ittifoq qoʻshini barcha 
kuchlari bilan hujumga oʻtdi.
Jang boshlanganiga 24 soat boʻlganiga qaramay, Obma 
qoʻshinining hali yengilgisi kelmasdi. Ammo qaroqchilar 
qanday kuchli, qanday dahshatli qurol ishlatmasin, baribir, 


131
ittifoqning himoya tizimini yorib oʻta olmadi. Ittifoqchilar 
uchirgan raketalar esa dushman qoʻshinidagi kemalarni 
birma-bir yakson qildi. Jang boshlanganiga 36 soat 
boʻlganida Obma qoʻshinining yengilishi aniq boʻlib qoldi. 
Koʻpchilik qaroqchilar oq bayroq koʻtarib yengilganini 
tan olishdi. Ammo ayrim qaroqchilar qochib qolishga ham 
ulgurdi.
Shu payt jangni kuzatib turgan Ahmad Obmaning 
boshqa bir kemaga minib qochishga harakat qilayotgani 
koʻrib qoldi. Ahmad bu haqida tez Dordonga xabar berdi:
– Qoʻmondon, Obma sezdirmay jang maydonidan 
qochishga urinyapti. U hozirgina oʻz kemasidan tushib, 
chap qanotdagi jigarrang kemaga mindi.
– Ahmad, tushunarli. Hoziroq uni taʼqib qilishni 
boshlaymiz.
Lekin Ahmad va Margol buni kutib oʻtirmay 
“Koʻkkezar” bilan oʻsha jigarrang kemani oʻzlari quva 
boshladilar. Jigarrang kema jang maydonidan qochib 
chiqqanidan soʻng katta tezlik bilan uchib keta boshladi. 
“Koʻkkezar” ham uning ortidan izma-iz quvardi. Sal 
orqaroqda esa Dordonning shaxsiy kemasi ham ular 
tomonga kelayotgan edi. Jigarrang kemaning taʼqibi 
bir necha soatga choʻzilib ketdi. Bu orada Dordonning 
shaxsiy kemasi “Koʻkkezar”dan ham oldinroqqa oʻtib olib, 
Obmaning kemasiga oʻq uza boshladi. Obma bu ketishda 
uzoqqa bora olmasligini tushundi, shekilli, Rigel yulduzi 
tizimining soʻnggi sayyorasi Xokidga qoʻndi.
Xokid oʻlik sayyora boʻlib, unda bu yerda yashagan 
qadimgi xalqlardan qolgan turli tashlandiq obidalar koʻp 
edi. Obma oltita qoʻriqchisi bilan ana shu tashlandiq 
binolarning biriga kirib yashirindi.
Qoʻmondon Dordon boshchiligidagi oʻn beshta mikslik 
askar va bizning fazogirlar Obma yashiringan binoni yarim 


132
kun davomida izlashdi. Axiyri u berkingan joy aniqlandi. 
Miks askarlari binoni har tarafdan qurshab olishdi. Ammo 
Obma taslim boʻlgisi kelmay bino tepasidan turib oʻq uza 
boshladi. Hatto ular otgan oʻq ikki mikslik askarni yaraladi.
– Yoʻq, bu turishda boshqa askarlarim ham yaralanadi 
yoki nobud boʻladi. Yaxshisi, binoning ichiga bostirib kirib, 
qoʻqqisdan hujum qilamiz, – dedi Dordon.
– Men ham sizlar bilan boraman, – dedi Margol qurolini 
koʻtarib. – Ahmad, sen shu yerdan bir qadam ham jilmay 
tur. Ichkariga kirish sen uchun juda xavfli.
Ahmad shunday qildi. Qolganlar, hatto Moki ham 
bino ichiga kirib ketdi. Koʻp oʻtmay oʻq ovozlari eshitila 
boshladi. Uzoq davom etgan otishma birdan toʻxtab 
qoldi. Ahmad biznikilar gʻolib boʻlishgandir, hozir 
chiqib qolishadi deb kutib turdi. Ammo hadeganda ular 
chiqishmadi. Yarim soat oʻtganidan soʻng Ahmad noiloj 
bino ichiga kirib, tepadagi qavatlarga koʻtarila boshladi. U 
tepaga koʻtarilarkan, jonsiz yotgan bir nechta qaroqchiga 
koʻzi tushdi. Ahmad sira tushunolmasdi. Qaroqchilarning 
bari oʻlgan boʻlsa, nega biznikilar tezroq tusha qolmaydi 
deb oʻylardi u. Ahmad bino boʻylab yanada yuqoriga 
chiqarkan, tepadagi qavatdan shovqin eshitildi. Kimdir: 
“Joyingdan qimirlama, yoʻqsa, otaman”, ‒ deb baqirar 
edi. Ahmad oyoq uchida tepaga koʻtarilib, shovqin 
boʻlayotgan xonaning ochiq eshigidan asta moʻraladi. 
Bu Obmaning tovushi edi. Obma Margolning boʻynidan 
changallab olganicha toʻpponchasini uning boshiga tirab 
turardi. Qolganlarga esa: “Yaqinlashma, yoʻqsa, uni otib 
tashlayman”, ‒ deb tahdid qilayotgan edi.
Vaziyatni toʻliq tahlil qilib olgan Ahmad jim qarab turib 
boʻlmasligini angladi. U qoʻliga katta gʻisht boʻlagini olib 
Obmaning ortidan unga yaqinlashdi. Old tarafda Ahmadni 
koʻrib turganlar yuraklarini hovuchlagancha vaziyatni 


133
kuzatar edilar. Qahramonimiz Obmaga yaqinlashib borib, 
bor kuchi bilan uning boshiga gʻishtni otdi. Ammo bir 
boʻlak gʻishtning zarbasi Obmaning fildek gavdasiga taʼsir 
ham qilmadi. Choʻchib ketib ortiga oʻgirilib qaragan Obma 
Ahmadni koʻrdi.
– Ha, tirmizak, hali senmi menga qoʻl koʻtargan!
Obma qurolini Ahmadga oʻqtalib uni otmoqchi boʻldi. 
Shu payt Margol vajohat bilan Obmaga tashlandi. Uni 
koʻtarib siltadi va yon tarafdagi devorga qattiq urdi. Bu 
orada Dordon ham yugurib kelib gurzisi bilan Obmaning 
boshiga kuchli zarba berdi. Bu zarbadan soʻng qaroqchilar 
boshligʻi yiqildi qoldi.
Shundan soʻng ular hushsiz yotgan Obmaning qoʻl-
oyogʻini bogʻlab ortga qaytishdi. Yetib kelishganida 
jang allaqachon yakuniga yetgan va qaroqchilar taslim 
boʻlishgan ekan. Qaroqchilarning bari direktor buyrugʻiga 
binoan hibsga olingandi.
Direktor qaroqchi Obmani shu joyning oʻzida otib 
tashlash kerak deb turib oldi. Ammo qoʻmondon Dordon 
bunga koʻnmadi, “Bu kallakesarga qanday jazo berilishini 
Galaktika Oliy sudi hal qiladi”, – dedi qatʼiy ohangda.
Obmani zindonband qilishlaridan oldin Ahmad unga 
yaqinlashib boʻynidagi tumorni uzib oldi. Bu oʻsha ular 
izlayotgan xarita boʻlagi edi.
– Seni imkoniyatim boʻlganida Miks sayyorasi yaqinida 
tutib olmaganimdan afsusdaman. Aslida, seni oʻshandayoq 
gumdon qilishim kerak ekan, – dedi Obma Ahmadga qahrli 
tikilib.
Ahmad esa uning qahrli koʻzlariga xotirjam boqdi:
– Ha, lekin unday qila olmading. Oʻz nafsingning 
qurboni boʻlding. Bilib qoʻy, hech qanday yomonlik jazosiz 
qolmaydi!
U shunday deb ortiga oʻgirildi. Obmani esa olib ketishdi.


134
Miks harbiylari qoʻlga tushgan mahbuslarni birma-bir 
roʻyxatga olisharkan, Obmaning eng ishongan sarkardasi 
Ragoning jang tugamasdan burun Salmir kemasiga minib 
qochib qolgani maʼlum boʻldi. Xayriyatki, u salmirlik 
tutqunlarni qoldirib ketgan ekan. Xoynahoy, u tutqunlarni 
oʻzi uchun ortiqcha yuk deb bilgan boʻlsa kerak. Ustiga-
ustak, Rago yolgʻiz oʻzi qochmagan, oʻzi bilan eng ashaddiy 
kallakesarlarini ham olib ketgan edi.
Sillasi qurigan salmirlik olimlar esa zudlik bilan 
shifoxonaga yotqizildi. Ularning ayrimlari juda ogʻir 
ahvolda edi. Chunki qaroqchilar ularni bir necha oy 
davomida qattiq qiynoqqa solishgan va ochlik bilan 
jazolashgan. Margol ozib-toʻzib ketgan kapitan Gedar 
Vu bilan koʻrishdi. Kapitan boʻlib oʻtgan voqealarda 
Margolning qoʻli borligini, bularning bari, aslida, Salmir 
sayyorasini qutqarish uchun qilinganini eshitib juda 
quvondi. Oʻsha kuni zaxira kapsulasida oʻzi yoki boshqa 
olimni emas, aynan Margolni uchirganida xato qilmaganini 
tushunib yetdi. Margol esa kapitan bilan keyingi rejalarini 
oʻrtoqlashdi. Ahmad haqida soʻzlab berdi. Nasib qilsa, ular 
sogʻayib, oyoqqa turib olgunlaricha xaritaning toʻrtinchi 
boʻlagini ham topishini, soʻng Katta Magellan bulutiga 
uchib u yerdan N
2
G ni topib kelishini aytdi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin