128
Qoʻmondon Dordon oʻzining 50 millionlik askari, 1
millionta harbiy kemasi va 30 millionta robot-droidi bilan
jang qilishni rejalashtirgan edi. Ammo Miks qoʻshinida
“Koʻkkezar”dek kema yoʻqligi
sababli Dordon Koinot
muzeyiga faqat ikki oydagina yetib borishi mumkinligini
aytdi. Bu muddatni oldindan bilgan Ahmad va Margol
eʼtiroz bildirishmadi. Chunki Obma salmirliklar kemasida
oʻz
qarorgohiga qaytib borib, qoʻshini bilan Koinot
muzeyiga kelgunicha uch oyga yaqin vaqt kerak boʻladi.
Bu vaqt ichida Miks qoʻshini
Koinot muzeyiga yetib
borib, jang oldidan yaxshilab tayyorgarlik qilib olishi ham
mumkin edi.
Bir oy deganda gʻazab otiga mingan Obma ham oʻz
qarorgohiga yetib keldi. U Koinot muzeyida Miks qoʻshini
bilan jang qilishini hali bilmasdi. Shu sababli unga
raqiblari juda ojizdek koʻrindi. Lekin, baribir,
bor kuchi
bilan jangga kirishga qaror qildi. Chunki uning raqibi –
odam bolasi juda “ayyor”, aytish mumkinki,
Obma shu
kungacha bunday jiddiy raqibga duch kelmagan edi.
“Ikki marta meni dogʻda qoldirgani yetar. Bu safar uni tiz
choʻktirmasam, qoʻshinim mendan yuz oʻgirishi aniq”, ‒
deb oʻyladi Obma. U oʻzining qirq millionlik qaroqchi-
qoʻshini, bir millionta kemasi va oltmish millionta vahshiy
robot-droidlari bilan jangga otlandi.
Koinot muzeyining ham ixcham qoʻshini bor boʻlib,
bu qoʻshin ixtiyorida besh millionta askar, uch yuz mingta
kema va ikki millionta robot-droid bor edi.
Ikki oydan soʻng Miks qoʻshini Koinot muzeyiga yetib
keldi. Qoʻmondon Dordon va muzey direktori oʻzaro ittifoq
tuzib, jang rejasini kelishib olishdi. Oradan bir oy oʻtib
josuslar qaroqchi gikslarning
ham yaqinlashib qolganligi
haqida xabar berdilar.
Hademay Somon yoʻli galaktikasida misli koʻrilmagan
129
katta jang boshlanishi tayin edi. Bunday katta koʻlamdagi
jang hali galaktika tarixida boʻlmagandi.
Dostları ilə paylaş: