Dullo quronov galaktikada bir



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/41
tarix16.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#113656
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
Galaktikada bir kun PDF Lotin

QUMSOAT TUMANLIGI
***
Koinotda tumanliklar koʻp. Bu tumanliklar fazoviy 
chang va turli gazlardan tashkil topgan boʻlib, koinotning 
biror joyida tuman kabi suzib yuradi. Astronomlar shu 
kunga qadar koʻplab tumanliklarni aniqlashgan. Ulardan 
Ot boshi, Mushuk koʻzi, Qumsoat va Chigʻanoqsimon 
tumanliklari fanda mashhur. Ularning har biri osmondagi 
bulutlar kabi biror shaklga oʻxshab ketadi. Olimlar esa shu 
shaklga qarab ularni nomlashgan.
Qumsoat tumanligi Quyosh tizimidan 8000 yorugʻlik yili 
uzoqligida joylashgan. Oʻtgan boblarda Rigel yulduzining 
860 yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgani va bu tasavvur 
qilish ham mushkul boʻlgan masofa ekani haqida yozgan 
edik. Qumsoat tumanligi esa Rigeldan ham 10-marta 
uzoqroqda.
Bu tumanlik koʻrinishidan qumsoatga oʻxshagani uchun 
ham shu nomni olgan. Bir-biriga tutashib ketgan ikki 
doira shaklidagi tumanlik qumsoatga juda oʻxshaydi. Ular 
tutashib turgan markazda esa mitti oq yulduz mavjud. Xabbl 
teleskopi fazoga uchirilganidan soʻng qurilma mazkur 
tumanlikning goʻzal suratlarini olib Yerga yubordi.
Qachonlardir bu tumanlik Quyoshdan 8-marta katta 
yaxlit yulduz boʻlgan. Ammo vaqti kelib yulduz qariydi 


114
va portlab ketadi. Hozirgi tumanlik shu portlashning 
asoratidir. Yana ming yillar oʻtib bu tumanlik ham tarqab, 
fazoda faqat mitti oq yulduzning oʻzi qoladi.
“Koʻkkezar” Qumsoat tumanligiga yetib borish uchun 
bir oyga yaqin uchdi. Fazogirlar yoʻl davomida ancha 
zerikib ham qolishdi. Chunki yoʻl davomida kema faqat 
gravitatsiya toʻlqini boʻylab yuradi. Bu toʻlqinning ichi esa 
xuddi tunnelga oʻxshaydi – atrofda hech vaqo koʻrinmaydi. 
Lekin ularga salmirliklarning uyqu eliksiri juda asqatdi. 
Bu eliksir koinotda uzoq safar qiladiganlar uchun maxsus 
yaratilgan boʻlib, uni ichgan odam bir necha haftaga uxlab 
qoladi. Mana, hozir ham uyquchi fazogirlarimizni yoʻl 
boʻyi faqat bir nuqtaga qarab kelgan Moki uygʻotdi. Sababi, 
ularning kemasi allaqachon Qumsoatga yetib kelgan edi.
Tumanlikning ichiga kirish haqiqatda juda xavfli. Chunki 
u vodorod, geliy kabi gazlarning quyuq bulutlaridan tashkil 
topgan. Bu gaz bulutlarining tubida juda kuchli kimyoviy 
jarayonlar sodir boʻladi. Yaʼni vodorod atomining yadrolari 
oʻzaro urishib, geliy gazini hosil qiladi. Mazkur jarayonda 
juda katta energiya ajralib chiqib, xuddi atom bombasi 
portlaganday boʻladi. Bundan tashqari, fazoviy chang ham 
turli hajmdagi metall va tosh boʻlaklaridan iborat. Ular 
kemaga urilib uni chil-parchin qilib yuborishi mumkin. 
Shuning uchun “Koʻkkezar” ekipaji, mana bir kun oʻtsa 
ham, aniq reja tuza olmay tang holatda. Bu xavfli vaziyatda 
nima qilishni bilmay boshi berk koʻchaga kirib qolishgan.
– Menimcha, tumanlik ichiga kira olmaymiz. Bu mening 
oxirgi xulosam, – dedi Margol qatʼiy ohangda.
– Tumanlikka kirmasdan qanday qilib qanotni olib 
chiqamiz?!
Ayni shu savol hammaning boshini ogʻritayotgan edi. 
Hatto Moki ham bu savollardan charchagan, shekilli, oxiri 
oʻzini oʻzi uxlatib, yaʼni oʻchirib qoʻydi.


115
– Margol, menda bir zoʻr gʻoya bor! – Ahmad 
oʻrnidan sakrab turdi. – Burgʻilovchi qurilmangiz necha 
kilometrgacha chuqur qazir edi?
– 50 kilometrgacha.
– Oʻsha qurilma yer qazishning oʻrniga oʻz quvurini 
fazoda muallaq choʻza oladimi?
Bu qaytaga osonroq-ku, lekin nima naf?
– Duraduning qanoti – noyob metall. Yaʼni metall 
tarkibidagi atomlar murakkab tuzilmaga ega. Sizning 
burgʻilovchi qurilmangiz ham N
2
G, yaʼni oʻta murakkab 
atom tuzilmali moddani qidiradi. Demak, oʻsha burgʻilovchi 
qurilmaning maxsus uskunalari metallarni bir-biridan 
farqlay oladi. Aytmoqchimanki, qurilma tumanlikdagi 
turli-tuman metall boʻlaklari ichidan biz uchun keraklisini 
topib, qayerda joylashganini koʻrsatib beradi. Buning 
uchun tumanlikka imkon qadar yaqinlashib, burgʻilovchi 
qurilmaning quvurini 50 kilometrga choʻzamiz. Agar shu 
hududda noyob metall aniqlansa, demak, u biz izlayotgan 
qanot boʻlib chiqadi.
– Aqlingga qoyil! – Margol oʻzida yoʻq xursand boʻlib 
ketdi, ammo birdan yana oʻylanib qoldi. – Qanotni aniqladik 
ham deylik, biroq uni qanday olib chiqamiz?
– Juda kuchli magnit yordamida! – javob berdi Ahmad 
koʻrsatkich barmogʻi bilan taʼkidlab.
– Axir bizning kemada unday magnit yoʻq-ku.
– Margol, shu yerda fizikadan olgan bilimlarimiz bizga 
qoʻl keladi. Kemada magnit boʻlmasa ham, abadiy energiya 
generatori va yetarlicha sim bor, shundaymi?! Bundan 
tashqari, siz elektr toki magnit maydonini hosil qilishini 
ham bilsangiz kerak?
– Ahmad, sening aqlingga yana bir bor qoyil qoldim! 
Juda toʻgʻri, bu reja albatta amalga oshadi!


116
***

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin