Dullo quronov galaktikada bir



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/41
tarix16.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#113656
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
Galaktikada bir kun PDF Lotin

Elektr tokini hech kim ixtiro qilmagan. U shundoq ham 
tabiatda mavjud. Masalan, chaqmoq chaqqanida juda 
kuchli elektr toki vujudga keladi. Yana ayrim jonzotlar, 
xususan, meduzalar oʻz tanasida elektr toki ishlab chiqarishi 
mumkin.
Hozirda hayotimizni elektr tokisiz umuman tasavvur 
qilib boʻlmaydi. Bu borada biz Volta, Faradey, Maksvell, 
Amper kabi olimlardan minnatdor boʻlishimiz kerak. 
Chunki mazkur olimlarning elektr toki borasida qilgan 
kashfiyotlari tufayli insoniyat shu darajada rivojlanib ketdi.
Elektr toki oʻz atrofida magnit maydonini hosil qiladi. 
Bunga kichik bir tajriba oʻtkazib oʻzingiz ham guvoh 
boʻlishingiz mumkin. Buning uchun oʻtkir boʻlmagan 
temir boʻlagini sochingizga yaxshilab ishqalaysiz, soʻng 
uni mayda qogʻoz parchalariga yaqinlashtirasiz. Temir 
qogʻoz parchalarini oʻziga tortib oladi. Chunki ishqalanish 
natijasida temir tarkibidagi zarralar zaryadlanib qoladi. 
Zaryadlangan zarralar esa boshqa zarralarni oʻziga 
tortadi. Yana bir usul: simni gʻaltak kabi oʻrab, uning 
ikki uchini batareykaga tegizsangiz, shunda simli gʻaltak 
magnitga aylanib qoladi.
Ahmadning rejasiga koʻra ekipaj aʼzolari ochiq 
kosmosga chiqib ishlashi kerak boʻladi. Shuning uchun 
ular skafandrlarini kiyib birin-ketin “Koʻkkezar” bortiga 
chiqa boshladilar. Avval Margol, keyin Moki, oxirida 
esa Ahmad chiqdi. Ularning har biri maxsus arqon bilan 
oʻzlarini “Koʻkkezar” bortiga boylab olishdi. “Koʻkkezar” 
ichida gravitatsiyani meʼyorlashtiruvchi uskuna boʻlgani 
uchun fazogirlar vaznsizlikni his qilmaydilar. Ammo ochiq 
kosmosda ular uchib yurar edi. Ahmad uchun bu judayam 


117
hayajonli jarayon edi, chunki u birinchi marta ochiq 
kosmosga chiqqan edi.
– Koinotning haqiqiy chiroyini, mana, endi 
koʻrayotgandayman, – dedi Ahmad vaznsizlik holatida 
uchib yurarkan.
Nimasini aytasan, kemamizning jajji oynalaridan 
butun manzarani koʻrib boʻlmaydi.
– Qarang, tumanlikning oʻrtasidagi yulduz xuddi koʻzga 
oʻxshab ketarkan...
Ular shu tarzda suhbatlashib burgʻilovchi qurilmani ishga 
tushirdilar. Qidiruv ishlari uzoq vaqtga choʻzildi. Keyinroq 
fazogirlar navbat tashkil qilishdi. Yaʼni ekipajning bir aʼzosi 
ochiq fazoda qurilma bilan ishlaganda ikki fazogir dam olib 
turadi. Bu esa ishning samaradorligini ancha oshirdi. Toʻrt 
kun deganda qurilma noyob metallni aniqladi.
– Margol, Moki, tashqariga chiqinglar, qurilma nimanidir 
aniqladi, – Ahmad uxlab yotgan hamrohlarini ratsiya orqali 
chaqira boshladi.
Margol shosha-pisha skafandrlarni kiyib Moki bilan kema 
bortiga chiqdi. Ular ham birma-bir qurilma koʻrsatayotgan 
maʼlumotlarni tekshirib koʻrishdi. Haqiqatda bu noyob 
metall edi. U yulduzning portlashidan soʻng hosil boʻladigan 
metall parchalariga sira oʻxshamasdi.
– Ha, bu oʻsha qanot boʻlsa kerak, – Margol xursand 
edi, – Ahmad, menimcha, ishning ikkinchi bosqichiga 
oʻtishimiz kerak. Qani, magnitni yasaylik unda.
Fazogirlar shu zahoti ichkariga kirib kemadagi barcha 
simlarni yigʻa boshladilar. Ular hozircha ishlatilmayotgan 
qurilmalarning ichidagi simlarni chiqarib oldilar. Hatto 
Moki ham oʻzining ichidagi ortiqcha simlarni chiqarib 
berdi. Keyin Ahmad simni gʻaltak kabi oʻray boshladi.
‒ Gʻaltak qancha katta boʻlsa, magnit ham shuncha 
kuchli boʻladi, – tushuntirdi u.


118
Shundan soʻng gʻaltakning bir uchi generatorning 
musbat, yana bir uchi manfiy tarafiga ulandi. Gʻaltak 
atrofida kuchli magnit maydoni hosil boʻlib, atrofdagi temir 
qurilmalarni, hatto Mokini ham oʻziga tortib oldi.
Qoʻlbola magnit sinovdan oʻtganidan soʻng ular 
yana kema bortiga chiqishdi. Burgʻilovchi qurilmaning 
50 kilometrga choʻziladigan quvuri uchiga magnitni 
mahkamlashdi. Soʻng quvurni yana tumanlik tomonga 
choʻzishdi. Ammo aniqlangan metall olisda ekan, 
magnitning quvvati uni tortib olishga yetmadi. Hamma 
urinishlar zoye ketdi.
– Margol, tumanlikka yaqinroq bormasak boʻlmaydi. 
Magnitning quvvati yetmayapti, – dedi Ahmad.
– Bundan ortiq yaqinlasholmaymiz. Qara, hatto shu 
yerning oʻzi ham ancha xavfli-ku!
– Margol toʻgʻri gapiryapti – dedi Moki tumanlikka 
razm solib. – Huv anavi tinimsiz chaqmoq chaqib turgan 
hududni koʻryapsizmi? U yerda olmos yomgʻiri boʻlyapti. 
Bitta olmos donasining kattaligi mening boshimday keladi. 
Halokatga uchrashimiz uchun shu olmosning bittasi yetarli. 
Biz izlayotgan metall esa aynan oʻsha hudud yaqinida.
– Ahmad, bilasan-ku, olmos eng qattiq tosh hisoblanadi. 
U joyga yaqinlashish oʻlim bilan barobar.
***
Siz rivoyatlardagi qirgʻogʻi oltindan, oʻzani dur-u 
yoqutdan boʻlgan daryolar haqida koʻp eshitgansiz, 
toʻgʻrimi? Ammo bunday daryolarni odamzod hali oʻz 
koʻzi bilan koʻrmagan. Shuning uchun ayrimlar bunday 
rivoyatlarga ishonmaydi. Lekin yaqindagina AQSHdagi 
Medison universiteti olimlari koinotdagi ayrim sayyoralarda 
olmosli daryo va ummonlar borligini aniqlashdi. Masalan, 
Yupiter ana shunday sayyoralar sirasiga kiradi.


119
Oldingi boblarda Yupiter haqida maʼlumot bergan edik. 
Yupiter gaz sayyorasi boʻlib, uning sirti qattiq jismlardan 
emas, balki vodorod, geliy, metan kabi gazlardan tashkil 
topgan. Sayyoraning quyuq gazli atmosferasida esa tinimsiz 
chaqmoq chaqib turadi. Bu chaqmoq koʻrinishidan Yerdagi 
chaqmoqlarga oʻxshaydi, lekin bir necha oʻn barobar 
kuchliroq chaqnaydi.
Chaqmoq tufayli Yupiter atmosferasida oʻta yuqori 
harorat yuzaga keladi. Natijada quyuq gazli bulutlarda 
yomgʻir tomchilari oʻrniga kristallar hosil boʻladi. Bu 
aynan sizu biz bilgan olmos kristallining ayni oʻzidir. 
Boshqacha aytganda, vodorod, geliy, metan va boshqa 
turdagi gazlarning favqulodda kuchli haroratda qizdirilishi 
uglerod moddasini, yaʼni olmosni hosil qiladi. Soʻng 
olmos “yomgʻiri” gazdan ogʻir boʻlgani uchun pastga – 
Yupiterning yadrosiga “yogʻa” boshlaydi. Ammo yadro 
juda-juda issiq. Olmoslar bunday haroratga dosh berolmay 
erib ketadi. Suyuq olmoslar esa daryo va dengizlarni hosil 
qiladi.
Qumsoat tumanligi ham biz yuqorida sanab oʻtgan 
gazlardan xoli emasligini hisobga olsak, u yerda ham olmos 
yomgʻirlari kuzatilishi mumkin.
Olmos yomgʻiri har qancha xavfli boʻlmasin, shu tobda 
Margol ham, Ahmad va Moki ham oldilarida boshqa yoʻl 
yoʻqligini yaxshi bilishar edi. Maqsadga yetishlari uchun 
“Koʻkkezar” imkon qadar olmos yomgʻiriga yaqin borishi 
shart. Balki, oʻshanda fazogirlarning omadi kelib, metallni 
tortib olishning imkoni tugʻilar. Qahramonlarimiz shu 
umid bilan turgan joylaridan qoʻzgʻalib, tumanlikka yanada 
yaqin borishdi. Ular olmos kuchli yogʻayotgan hududdan 
sal uzoqroqda toʻxtashdi. Bu joyda tarvuzday keladigan 
olmoslar onda-sonda qulab turgani uchun “Koʻkkezar” 


120
ularga chap berishni uddalay oladi.
– Endi bu yerdan bir metr ham qoʻzgʻala olmaymiz, – 
Moki kema rulini tutib olgancha olmos boʻlaklariga chap 
berishga urinardi.
– Boʻldi, qani, ishga kirishaylik, Ahmad, biz sen bilan 
tashqariga chiqamiz. Moki esa kemani boshqarib turadi, – 
Margol skafandrni kiyishni boshladi.
Ular ochiq fazoning eng xavfli sharoitida ishlashni 
boshlashdi. Avvaliga bu urinishlar hech qanday natija 
bermadi. Ammo oʻn daqiqadan keyin qurilma noyob 
metallning sekin-asta yaqinlashib kelayotganini koʻrsatdi. 
Koʻp oʻtmay metall butunlay magnitga yopishdi.
– Qoyil, Ahmad, biz uddaladik, doʻstim, koʻryapsanmi?! 
– Margolning sevinchi ichiga sigʻmay ketdi.
– Moki, vaqt ziq, sen kemani ortga buraver. Biz esa 
yoʻl-yoʻlakay kemaning ichiga kirib olamiz, – dedi Ahmad 
burgʻilovchi qurilmaning quvurini yigʻishtirib olarkan.
“Koʻkkezar” xavfsiz joyga kelib toʻxtadi. Bu vaqtga 
kelib 50 kilometrga choʻzilgan quvur ham yigʻilib qoldi.
– Ana-ana! Bu haqiqatda Duraduning qanoti ekan! – 
qich qirdi Margol yaqinlashib qolgan metall parchasini 
koʻrsatib.
Ha, bu chindan ham qadimiy kemaning dum tomonidagi 
qanoti edi. Koʻrinishidan avtomobilning eshigiga oʻxshab 
ketadigan qanot boʻlagi tilla rangda boʻlib, ayrim joylariga 
naqsh tushirilgan, yana ayrim joylariga meriya alifbosida 
bir nimalar yozilgan edi. Fazogirlar qanotni kemaga ortib 
tezlik bilan Koinot muzeyi tomon otlanishdi. Yoʻlda esa 
Margol va Ahmad yana uyqu eliksirini ichib uzoq muddatli 
uyquga ketishdi.


121

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin