Dullo quronov galaktikada bir



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/41
tarix16.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#113656
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
Galaktikada bir kun PDF Lotin

TABIIY TAOMLAR
Ertasiga qahramonlarimiz tong-sahardan uygʻonishdi. 
Buni qarangki, sayyorada uysiz, boshpanasizlar koʻp 
ekan. Chunki ular tunab qolgan yoʻl yoqasida yana oʻnlab 
mavjudotlar uxlab yotardi. Margol laboratoriyani yigʻdi, 
Ahmad esa nonushtaga hozirlik koʻrdi. U yegulikni tejash 
uchun ikkita turshak, ikkita yongʻoq va bir boʻlak qotgan 
non olib, dastroʻmolining ustiga qoʻydi. Ikkovlon birgalikda 
nonushta qila boshladi. Koʻp oʻtmay Ahmadning yelkasidan 
kimdir qoqdi.
– Kechirasiz, uch kundan beri tuz totmadim, iltimos, 
bir tishlam yegulik bering! – dedi chuvalchangga oʻxshab 
ketadigan notanish oʻzga sayyoralik.
Bunday vaziyatda birovning qoʻlini qaytarish 
Ahmadning axloqiga zid edi. Shu sabab oʻylab oʻtirmay 
mehmonni dasturxonga taklif qildi. Margol ham bunga 
qarshilik qilmadi. Mehmon juda ochiqqan ekan, ortiqcha 
manziratni kutmay turshakka qoʻlini choʻzdi. Turshakni 
ogʻziga solarkan, bu nima oʻzi deganday uni aylantirib 
qarab oldi. Soʻng ogʻziga solib chaynay boshladi. Bir necha 
soniya oʻtib mehmon: “Oh, oh, xuddi tabiiyga oʻxshaydi-
ya”, ‒ deb qoldi. Avvaliga uni tushunib boʻlmadi. Keyin u 
yana oʻziga oʻzi gapirdi: “Bunaqasini bolaligimda yegan 
boʻlsam kerak, xuddi tabiiy mevaga oʻxsharkan-a. Oh, 
qanday mazza!”
– Kechirasiz, boyadan beri nimalar deyapsiz? – soʻradi 
Ahmad.
– Faqat mendek bir kambagʻalning ustidan kulmang, 
lekin bu taom xuddi haqiqiyga oʻxshar ekan – gʻalati 
tirjaydi “chuvalchang”.
– Ha, chindan ham bu haqiqiy – oʻrikning quritilgani!
– Yoʻgʻ e, ishonmayman. Hozirgi kunda tabiiy taomni 


105
topib boʻlarkanmi? Yana uchragan kimsaga uni tutqazib 
qoʻyarmidingiz-a?! Quloqqa lagʻmon ilmang!
– Nega ishonmaysiz, bola rost gapiryapti. Bu Yer 
sayyorasidan keltirilgan tabiiy taom, – dedi Margol 
koʻrsatkich barmoqlari bilan yuqoriga ishora qilib.
– Voy, oʻlmasam! Men uni yeb qoʻydim-ku... Voy-voy, 
ana yutib ham yubordim! Nega oldinroq aytmaysiz! – 
eʼtiroz bildirishga oʻtdi mehmon.
– Nega, yana nima boʻldi?
– Axir, uni tabiiy taomlar restoraniga olib borib katta 
pulga sotsam boʻlardi.
– Qanaqa restoran?! – soʻradi Margol.
– Galaktikaning eng boy shaxslari ovqatlanadigan 
restoran!.. Voy, oʻlmasam, men, ahmoq, nimalar qilib 
qoʻydim-a?!.
Kelgan mehmon oʻzini oʻzi shu tariqa koyiy boshladi. 
Margol unga eʼtibor qilmay Ahmadga tezroq tur deganday 
imo qildi. Ahmad ham buni fahmlab oʻrnidan turdi. Endi 
ular birinchi uchragan maxluqdan tabiiy taomlar restoranini 
soʻrab yoʻlga chiqishdi. Yura-yura tushga yaqin restoranni 
ham topib kelishdi. Ichkariga kirib, bosh oshpazni 
soʻrashdi. Restoran xizmatchilari ularni koʻrinishidan xuddi 
begemotni eslatib yuboradigan bosh oshpazning oldiga olib 
borishdi.
– Oldindan aytib qoʻyay, och-nahorlarga beradigan 
hech narsam yoʻq, – deya gap boshladi chaqirilmagan 
mehmonlarni koʻrgan oshpaz.
– Bizga sizdan hech narsa kerak emas, lekin bizdagi 
narsa sizga kerak boʻlib qolishi mumkin, – dedi Margol 
xotirjam turib.
– Siz kimsiz oʻzi?
– Biz savdogarlarmiz, tabiiy mahsulotlar savdosi bilan 
shugʻullanamiz.


106
Bu gapni eshitgan oshpaz shosha-pisha fartugini yechdi 
va chopib kelib Margolning qoʻlini siqib qoʻydi.
– Shuni oldinroq aytmaysizmi. Sizlarni tanimabman, 
eski qadrdonlarim.
Oshpaz yasama iltifot koʻrsatib ularni oʻz xonasiga taklif 
qildi.
– Qorningiz ochdir, nima olib kelishsin?
– Yoʻq, biz shoshib turibmiz. Bizda turshak bilan 
yongʻoq bor edi, agar sizni qiziqtirsa...
– Albatta qiziqtiradi-da. Qani, koʻrsating!
Ahmad bir dona turshakni olib stol ustidagi likopga 
qoʻydi. Uni koʻrgan “begemot”ning soʻlaklari oqib, koʻzlari 
kosasidan chiqib ketay dedi. Lekin u oʻzini tutib olib, 
shoshmasdan, koʻzini turshakdan uzmay qoʻliga rezina 
qoʻlqop kiydi. Turshakni ushlab aylantirib-aylantirib razm 
soldi. Keyin kichkinagina pichoq bilan uning bir chetidan 
guruchday keladigan qismni kesib oldi. Soʻng bu boʻlakni 
pinset
1
bilan ushlab ogʻziga soldi. Oshpazning otning 
kallasiday ogʻziga guruch donasiday narsani tashlab, “oh-
oh”lab yeyishi juda kulgili koʻrinardi. Ammo Ahmad 
kulmadi. Qaytanga, “begemot”ga rahmi keldi. Axir, ushoqday 
keladigan turshak boʻlagini ogʻziga solib “oh-ohlab” turgan 
bu maxluqqa achinmay boʻlarkanmi? Nahotki, tabiiy taomlar 
shunchalik taqchil boʻlsa?! “Hali bu sayyorada va galaktikada 
shu ushoqdek keladigan tabiiy mevani ham yemaganlar koʻp 
boʻlsa kerak? – oʻyladi Ahmad. – Bu oʻzga sayyoraliklar 
ilm-fanda taraqqiy topishga topibdi-yu, lekin evaziga koʻp 
narsani boy berishibdi. Salmirliklar, marsliklar, gikslar – 
ularning bari taraqqiyotning qurboni boʻlishmadimi? Ular 

Pinset ‒ juda kichik narsalarni ushlash uchun moʻljallan-
gan asbob.


107
fan va texnikani rivojlantirib, oqibatda oʻz sayyorasining, ona 
tabiatining kushandasiga aylanib qolishmadimi? Xoʻsh, biz, 
odamlar-chi, borgan sari shu oʻzga sayyoraliklarga oʻxshab 
qolmayapmizmi? Oʻrmonlarni kesib, suvni, havoni bulgʻab 
nimaga erishamiz?! Oqibati shunday tugamasmikan?!”
“Begemot” yana bir necha daqiqa koʻzlarini yumgancha 
turshak boʻlagini yutib yubormay chayqalib-chayqalib 
oʻtirdi. Soʻng dedi:
– Haqiqiy ekan! Bunaqasini oldin sira yemaganman. 
Xoʻsh, qancha soʻraysiz?
– Qancha berasiz?
– Uch ming koinot lungi.
Margol va Ahmad bir-birlariga soʻzsiz qarab olishdi.
– Yoʻq, besh mingdan kamiga sotmaymiz! – dedi Margol 
qatʼiy.
– Roziman! – dedi oshpaz qilgan xarididan xursand 
boʻlib. Soʻng turshakni maxsus qutiga solib qoʻydi va 
seyfdan besh ming koinot lungi olib berdi.
Margol va Ahmad avvaliga nima boʻlayotganini yaxshi 
anglay olishmadi. Chunki ular bu bitta turshakni shunchaki 
“reklama” uchun berishgan edi. Ammo oshpaz shu bitta 
turshakka pul toʻlaganini fahmlab olishgach, Margol dedi:
– Bizda yana bitta yongʻoq ham bor. Faqat u juda 
qimmat, noyob narsa.
– Qani-qani, koʻrsating! – dedi oshpaz shosha-pisha.
Ahmad bir dona chaqilmagan yongʻoqni olib stol ustiga 
qoʻydi. Bu safar ham oshpaz shoshilmay maxsus uskuna 
bilan yongʻoqni chaqdi. Oldin hidladi, mikroskop bilan 
tekshirdi. Lekin negadir yeb koʻrishga jurʼat qila olmadi. 
Hoynahoy, u yongʻoqni oʻzidan ham qizgʻangan boʻlsa 
kerak.
– Qiziq, juda qiziq! Uni qayerdan olib keldingiz?!
– Yerdan.


108
– E, gapniyam olasiz-da! Afsonaviy Yer sayyorasi deng... 
Qoʻysangiz-chi, molingizni bunchalar maqtab sotmasangiz 
ham olaveraman.
– Yoʻq, aldamayapmiz...
– Boʻldi-boʻldi, – qoʻl siltadi oshpaz baribir ishonmayman 
deganday, – xoʻsh, qancha soʻraysiz?!
– Oʻn ming lung, – dedi Margol.
– Boʻldi, juda yaxshi, – oshpaz epchillik bilan oʻrnidan 
turdi-da, seyfdan yana oʻn ming sanab oldi. Keyin xunuk 
ishshaygancha pulni uzatdi.
Soʻng oshpaz mehmonlarni tashqariga kuzatib qoʻydi. 
U bugun ikki savdogarni boplab laqillatganidan xursand 
edi. Chunki oshpaz endi bu taomlarni ellik yoki yuz ming 
koinot lungiga sotishi mumkinligini yaxshi bilardi.
Qahramonlarimiz ham restorandan chiqishlari bilan 
taksiga minib, toʻgʻri mirshabxonaga borishdi. Moki uchun 
belgilangan jarima pulini toʻlab uni ozod qilishdi. Bu vaqtga 
kelib yana qorongʻi tushib qolgandi. Ular xarita qidiruvini 
ertangi kunga qoldirib, oʻn “yulduz”li mehmonxonaga 
joylashishdi. Uch kishilik shinam xonaga 200 koinot 
lungini toʻlagan qahramonlarimiz shu kecha “maza qilib” 
sunʼiy taomlar yeb uyquga ketishdi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin