Dullo quronov galaktikada bir


OBMA: GALAKTIKADA NIMA GAP?



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/41
tarix16.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#113656
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
Galaktikada bir kun PDF Lotin

OBMA: GALAKTIKADA NIMA GAP?
General Obma haligacha sodir boʻlayotgan voqealar 
jumbogʻini yecha olmay oʻz qarorgohida behalovat oʻtirardi. 
Shu kunlarda uning yoniga hatto eng yaqin mulozimlari 
ham kira olmas, biror nima sodir boʻlib sarkardaning 
gʻazabiga uchrab qolishdan qoʻrqishardi ular. General esa 
shu tobda josuslarining aloqaga chiqishini intiqlik bilan 
kutyapti. Nihoyat, uzoq kutilgan qoʻngʻiroq ovozi eshitildi. 
General aloqa qurilmasining tugmasini bosdi. Monitorda 
josus giksning basharasi koʻrindi.
– Qoʻling qayrilmasin, general, – deya salom berdi josus 
giks.
– Sening ham. Qanday xabaring bor?!
– General, Yer yaqinidagi Qizil sayyorada juda gʻalati 
voqea sodir boʻldi. Uchta nomaʼlum fazogirni qoʻldan 
chiqarib yubordik.
– Ahmoq, axir, senda bizning eng tezkor kemamiz bor-
ku!
– Ha, shunday. Lekin ularning kemasiday kema hatto 
butun koinotda yoʻq. Koʻz ochib yumgunimizcha gʻoyib 
boʻldi. Radarlarimiz ham koʻrmay qoldi.
– Nima, yorugʻlik tezligidan ham tezroq ucharkanmi?
– Ha, yorugʻlik tezligidan bir necha oʻn, balki yuz barobar 
tezroq! Agar yorugʻlik tezligida uchganida, uskunalarimiz 
uni bir qancha muddat koʻrsatib turgan boʻlar edi. Bu kema 
esa butunlay gʻoyib boʻldi.
– Qanaqasiga? Qanday qilib? – tutaqib ketdi Obma.
Bu xabar general Obmani ancha hushyor torttirdi. 
Chunki u shu kungacha bunday kema boʻlishi mumkinligi 
haqida oʻylab ham koʻrmagan edi. Qaroqchi emasmi, shu 
tobda uning butun fikr-u xayolini oʻsha kemani qoʻlga 
kiritish orzusi egallab oldi.


79
– Kemada kimlar bor edi, aniqladingmi? – soʻradi 
general.
– Bizdagi uskunalar kemadagi ikki kishi va bir droidni 
aniqladi. Ikki kishining biri odam ekani aniq.
Nima-nima, odam dedingmi?
– Ha, uskunalarimiz odamning DNKsini aniqladi.
– Jin ursin! Odamlarning bu mashmashaga qanday 
aloqasi bor ekan-a? Eh, borgan sari kalavaning uchi 
chigallashib ketyapti!
– General, ular koʻzdan gʻoyib boʻlgandan soʻng kema 
oʻz ortidan gʻalati, yorugʻ bir iz qoldirdi. Changgami, 
tumangami oʻxshab ketadigan iz nuri uch-toʻrt daqiqa 
fazoda muallaq turib qoldi.
– Xoʻsh?!
– Biz izni tekshirib kema uchgan yoʻnalishni aniqladik. 
Taxminimizcha, ular Al-Toyir yulduzi tomonga uchishdi.
– Tushunarli. Sen ortga qaytaver, endi bu shaldiroq 
kemang bilan ularga yetib boʻpsan, – deb general aloqani 
uzdi.
Endi Obma sodir boʻlayotgan voqealarni yaxshilab 
oʻylashi, tahlil etishi va eng toʻgʻri qarorni qabul qilishi 
kerak. Hammasidan ham bu ishlarga odam bolasining 
aralashib qolganidan u hayratda edi. Chunki odamlar shu 
choqqacha galaktika ishlariga aralashmagan, hatto oʻzlariga 
eng yaqin boʻlgan sayyoralarga ham borishmagan. Aslida, 
buning uchun odamda imkoniyat ham yoʻq. Shu sababli 
ular bilan hech kimning ishi ham boʻlmaydi. Odamlarda 
qandaydir ulugʻvor bir qudrat borligi sabab galaktikaning 
biror qavmi ularga zarar yetkazishga jurʼat etmaydi. 
Lekin nega endi dabdurustdan galaktikadagi favqulodda 
bir voqeaga odam aralashib yuribdi?.. Shular haqida 
oʻylarkan, Obmaning xayolini yana bir fikr egallab oldi: 
“Galaktikada oʻzi nimalar boʻlyapti? Shuncha umr koʻrib 


80
bunaqa kema haqida eshitmagan ekanman. Yoki bu oʻzga 
galaktikaliklar kemasimikan? Nahotki, oʻzga galaktikalarda 
ham hayot boʻlsa?!” Obma shu kabi oʻylar bilan bir muddat 
chalgʻib qoldi. Soʻng ishongan sarkardasi Ragoni chaqirib 
salmirliklarning yulduzlararo uchar kemasini safarga 
hozirlashni buyurdi.
– Bugun yangi kemamizda birinchi marta safarga 
chiqamiz. Manzil uzoq – Al-Toyir yulduzi. Ammo bizning 
kema uchun bu ikki kunlik yoʻl. Qani, koʻraylikchi, oʻzi 
galaktikada nima gap ekan?
Shu tariqa general Obma boshchiligidagi eng sara 20 
nafar qaroqchi salmirliklardan olib qoʻyilgan kemada yoʻlga 
chiqishdi. Yoʻl-yoʻlakay Obma va Rago safar rejalarini 
kelishib olishdi.
Qaroqchilar Al-Toyir yulduziga yaqinlashib, yulduz 
tizimidagi sayyoralarga oʻzlarining josuslarini yubora 
boshladilar. Bu josuslar osongina oʻz qiyofasini oʻzgartirib, 
borgan sayyorasida yashaydigan mavjudotlarga oʻxshab 
olishar edi. Ayyor josuslar sayyoralardagi aholi gavjum 
joylarga borib, ularning suhbatini tinglashar, bilmagan 
kishiday savol berishar va koʻp narsani aniqlab olishardi. 
Mana, hozir ham Zagun sayyorasiga yuborilgan josus 
noyob fazo kemasiga ega “kelgindi”lar ikki kun oldin 
Maanen yulduzi tomonga uchib ketganini aniqlab qaytdi.
Bu xabarni olishi bilan Obma vaqtni boy bermay kema 
yoʻnalishini Maanen yulduzi tomonga burdi.
– General, Maanen yulduz tizimida miksliklarning 
tengsiz lashkari bor, ulardan ehtiyot boʻlishimiz kerak, – 
dedi Rago.
– Bilaman, shuning uchun Miks sayyorasiga yaqin 
bormaymiz. Oldin vaziyatni bilib kelish uchun eng yaxshi 
josusni miksliklar qiyofasida sayyoraga yuboramiz. Balki, 
shundan soʻng biror reja oʻylab toparmiz.


81

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin