“KOʻKKEZAR”NING ILK PARVOZI
2036-yil 10-iyul, soat 20:55. Margol va Ahmad kemaga
chiqib oʻrindiqlarga oʻtirishdi.
– Himoya kamarlarini taqib, chuqur-chuqur nafas ol.
Atmosferadan chiqib ketgunimizcha kema kuchli chayqalib
turadi, – dedi Margol turli-tuman tugmalarni bosib kema
dvigatelini ishga tushirarkan.
– “Start”ga 10 soniya qoldi...
– Ahmad, xaritada Venerani belgilab qoʻy, – dedi Margol
kompyuterni koʻrsatib.
Ahmad maxsus xaritadan Venera sayyorasini topib
belgilab qoʻydi. Endi kema toʻgʻri shu sayyoraga qarab
uchadi. Shundan soʻng Ahmad kompyuterdan koʻzini
uzmay dedi:
– Teskari sanashni boshlayman: 9, 8, 7, 6, 5, 4, 3, 2, 1...
“Start!”...
Dvigatel oʻt olganida butun atrof yorishib ketdi.
43
Yaxshiyamki, kema dvigateli baland ovoz chiqarmay
ishlaydi. Yoʻqsa, butun qishloq aholisi oyoqqa turishi
mumkin edi. Zum oʻtmay kema yashin tezligida osmonga
uchib ketdi.
Yer sathidan 118 km balandlikda fazo boshlanadi. Yaʼni
bunday balandlikda Yerning tortish kuchi deyarli yoʻqoladi.
Ammo Ahmadning rejasiga koʻra “Koʻkkezar” dastlab
bu balandlikka koʻtarilmaydi. Kema 80 km balandlikka
chiqqanidan soʻng ochiq fazoga qarab uchishni toʻxtatib,
yoʻnalishini oʻzgartiradi. Endi kema Yer atrofida katta tezlik
bilan aylanishni boshlaydi. Bu sunʼiy yoʻldoshlarning Yer
orbitasi boʻylab aylanib yurishiga oʻxshab ketadi. Farqi
shundaki, “Koʻkkezar” sunʼiy yoʻldoshlardan 10-marta
tezroq aylanadi. Shu tarzda “Koʻkkezar” Yerning tortish
kuchidan qoʻshimcha tezlanish oladi va juda katta tezlik
bilan gravitatsiya toʻlqiniga kirib ketadi. Bu xuddi palaxmon
toshini boshdan yuqoriga koʻtarib aylantirib-aylantirib otib
yuborishga oʻxshaydi. Palaxmon qancha tez aylantirilsa,
tosh shuncha uzoqqa borgani kabi, kema ham Yer atrofida
qancha tez aylansa, shuncha uzoqqa uchib boradi.
1977-yilda fazoga uchirilgan va hozirda Quyosh tizimi
chegaralaridan chiqib ulgurgan “Voyager-1” qurilmasi
kichkinagina dvigateli bilan boʻlsa ham gravitatsiya kuchi
evaziga harakatlanadi.
“Voyager-1” inson qoʻli bilan yaratilgan eng tezkor
uchar qurilma hisoblanadi. Uni 1977-yilda amerikalik
olimlar koinotga uchirishgan. Hozirda “Voyager-1” Yerdan
soniyasiga 17 km tezlik bilan uzoqlashmoqda. Olimlarning
aytishicha, ushbu qurilma hozirda Quyosh tizimidan chiqib,
yulduzlararo kengliklarda harakatlanmoqda. Shu ketishda
u 300 ming yildan keyin Quyoshdan keyingi eng yaqin
yulduzlarning biriga yetib boradi.
“Voyager-1”da maxsus oltin disk boʻlib, unga Yerdagi
44
hayot aks etgan fotosuratlar, turli qoʻshiqlar, okean va
shamollarning, hayvonlarning tovushlari, hattoki chaqaloq
yigʻisi ham yozib qoʻyilgan. Ushbu oltin diskda oʻsha vaqtdagi
AQSH prezidenti Jimmi Karterning oʻzga sayyoraliklarga
atalgan nutqi ham bor. Bu nutqda shunday deyilgan:
“Agar siz «Voyager”ni topib, diskda yozilgan narsalarni
tushuna olsangiz, bilingizki, bu bizning maktubimiz! Yer
sayyorasining sovgʻasi! Unda bizning tovushlarimiz, ilm-
fanimiz, suratlarimiz, fikr va tuygʻularimiz aks etgan. Umid
qilamizki, bir kun kelib qarshimizdagi muammolar oʻz
yechimini topadi va biz koinotdagi boshqa olamlar bilan
aloqa oʻrnata olamiz».
“Voyager”ning dvigateli juda kichkina. Bu dvigatel
shunchaki uchar qurilmaning yoʻnalishini toʻgʻrilab
turadi, xolos. Qurilmaning oʻzi esa koinotdagi tortishish
Dostları ilə paylaş: |