45
Venera Quyosh tizimida Merkuriydan keyingi ikkinchi
sayyora hisoblanadi. Uni “Yerning egizagi” deb ham
atashadi. Chunki Veneraning kattaligi ham, ogʻirligi ham
Yerniki bilan deyarli bir xil. Lekin bu sayyorada Yerdagiday
yashil oʻrmonlar-u moviy dengizlar yoʻq. Venera sathini
ulkan vulqonlardan otilib
chiqayotgan qaynoq lavalar
egallab olgan.
– Naqadar chiroyli manzara, – dedi Ahmad sayyorani
qoplab olgan qizgʻish, quyuq bulutlarni kuzatar ekan.
– Ha, bir zamonlar shu cheksiz choʻllar oʻrnida ulkan
okeanlar boʻlganiga ishonish qiyin.
– Bir kun kelib sayyoralar ham oʻlar ekan-da?! – ajablandi
Ahmad. Chunki u bir vaqtlar yashil sayyora boʻlgan, hozir
esa taqir choʻlga aylangan Venerani oʻz koʻzlari bilan
koʻrayotgan edi-da.
Bu vaqtda Margol kemani qoʻndirishga
harakat
qilayotgan edi. Ahmad boshqaruv rulini tutib turgan
Margolga qarab dedi:
– Sayyoraning tungi qismiga emas, kunduzgi qismiga
qoʻnishimiz shart!
Ahmad bekorga bunday demadi. Chunki Veneraning oʻz
oʻqi atrofida bir marta aylanishi, yaʼni bir kuni bizning 243
sutkamizga teng. Agar ular tungi Veneraga qoʻnishsa, tong
otishini bizning hisobda bir yilga yaqin kutishlariga toʻgʻri
keladi. Har qalay, kristallni kun yorugʻida qidirish osonroq.
– Harakat qilyapman. Lekin sayyoraning Quyoshga
qaragan qismi 400 daraja issiq, shuni bilasanmi? – soʻradi
Margol.
– Bilaman. Nima, salmirliklarning
skafandri issiqqa
dosh bermaydimi?
– Dosh beradi, ammo ozroq issiq boʻladi, chidaysan-da,
– deya kulib javob berdi Margol.
Jajji doʻstining topqirligidan xursand boʻlgan Margol
46
kemaning qoʻnishi uchun joyni izlab topdi.
– Ahmad, mana, men qoʻnish uchun juda qulay joy
topdim. 10 soniyada sayyora sathiga qoʻnamiz...
“Koʻkkezar” Venera sathiga qoʻndi. Bir daqiqadan soʻng
maxsus skafandr kiyib olgan fazogirlar kemadan tashqariga
chiqishdi. Kutilmaganda Ahmad oʻzini juda yomon his qila
boshladi.
– Margol, nimalar boʻlyapti?! Xuddi ustimdan tom bosib
qolganday...
Ahmad shunday deb choʻkkalab oldi. Margol esa
skafandrdagi muhim bir qurilma haqida oldinroq Ahmadga
aytib qoʻymaganini esladi. Gap shundaki, Venera
atmosferasi juda ham quyuq gazlardan iborat. Atmosfera
bosimi Yerdagiga nisbatan 92-marta kuchliroq. Shu sababli
uning sathida yurgan odam oʻzini ochiq havoda emas,
okeanning ming metrlik tubida yurgandek his qiladi.
Bunday bosimda Ahmad oyoqda tura olmasligi tabiiy edi.
Margol skafandrdagi maxsus qurilmani ishga tushirganidan
soʻng Ahmad birdaniga yengil tortdi. Oʻzini xuddi yerda
yurgandek his qila boshladi. Chunki qurilma atmosfera
bosimini sozlab turar edi.
– Ahmad, meni kechir, seni ogohlantirib qoʻyish
yodimdan chiqibdi, – dedi Margol yosh doʻstining oʻrnidan
turishiga koʻmaklasharkan.
– Hechqisi yoʻq, bahonada
atmosfera bosimi qanday
ekanini bilib oldim, – Ahmad shunday deb Margolning
skafandriga yaxshilab razm soldi. – Margol, skafandrning
yana boshqa xususiyatlari boʻlsa, menga hozir aytib
qoʻying...
***
Fazogirlarni skafandrsiz tasavvur qilib boʻlmaydi.
Chunki hali hech kim skafandrsiz fazoga uchmagan.
Yerdan 10 km balandlikka koʻtarilib, ochiq fazoga
47
chiqqan odam skafandrsiz bir daqiqa ham yashay olmaydi.
Chunki bunday balandlikda kislorod boʻlmaydi-da! Ustiga-
ustak, fazodagi 150 darajali sovuq odamni bir zumda
muzlatib qoʻyishi mumkin. Mana shuning uchun fazogirlar
skafandr kiyishadi. Skafandrning ichida odam oʻzini xuddi
yerdagiday his qiladi.
Ilk skafandrni 1775-yilda fransuz olimi Jan Batist ixtiro
qilgan. Dastlabki skafandrdan gʻavvos harbiylar daryoni
kechib oʻtishda foydalanishgan. XX asrga kelib olimlar
fazoga uchish borasida jiddiy bosh qotira boshladilar.
Ular fazoda havo yoʻqligini va fazogirlar uchun maxsus
kiyim kerak boʻlishini yaxshi bilishardi. 1940-yilda
fazogirlarning ilk skafandrlari sinovdan oʻtkazila
boshlandi. Qizigʻi shuki, bu skafandrlarni birinchi boʻlib
odamlarga emas, balki sichqon, kuchuk va maymun kabi
jonivorlar kiygan ekan. 1961-yilda fazoga uchgan birinchi
odam – Yuriy Gagarin skafandrni chinakamiga sinovdan
oʻtkazib beradi.
Skafandr 17 qavatli germetik qoplama va matolardan
tikiladi. Bu qoplamalar fazogirni sovuqdan, infraqizil
nurlardan, koinotga tarqalib ketgan mayda-mayda
zarralardan himoyalaydi. Asosiysi, skafandr ichida havo
bosimi bir meʼyorda saqlanadi. Skafandrda bir necha
soatga yetadigan kislorod baloni, hatto konditsioner ham
bor. Bunday skafandrlarni jajji fazoviy kemaga oʻxshatish
mumkin.
Bitta skafandr qoʻlqopi uchun sarflangan pulga 6 ta
“Spark” rusumli avtomobil sotib olish mumkin. Butun
boshli skafandr uchun esa 20 million AQSH dollarigacha
mablagʻ sarflanadi.
Qahramonlarimiz Veneraning qaynoq sharoitiga
moslashib olishganidan soʻng
Margol kemaga qaytib,
48
undan kristalni qidirishga moʻljallangan qurilmalarni olib
chiqdi. Bu qurilmalar ichida uchar likopcha ham bor edi.
U ertaklardagi uchar gilamga juda oʻxshar, unga oʻtirib
Veneradagi istalgan manzilga bir zumda yetib borish mumkin
edi. Xullas, yaxshilab qurollanib olgan qahramonlarimiz
vaqtni boy bermay N
2
G ni izlashga kirishib ketdilar.
Margol burgʻilovchi qurilma bilan Venera sathining har-
har joyidan ming metrgacha chuqur qazib, chuqur tubidagi
tuproq namunalarini laboratoriyada tekshirib olardi.
Uning aytishicha, bu yoʻl bilan kristall bor joyni taxminan
aniqlash mumkin. Afsuski, tuproq tahlillarining birortasi
ijobiy chiqmadi. Nihoyat, Veneradagi 12 soatlik qidiruv
ishlaridan soʻng Margol yakuniy xulosaga keldi:
– Yoʻq, kristallni Veneradan topa olmaymiz. Menimcha,
vaqtni boy bermay Marsga uchishimiz kerak.
Dostları ilə paylaş: