16
Shunday qilib, Ahmad “pakana” odam bilan tanishib oldi.
Margolning aytishicha, u hali yosh, endigina 120 ga toʻlibdi.
Buni eshitib Ahmad biroz taajjublandi. Ammo Margolning oʻz
sayyorasi haqidagi hikoyasidan soʻng bariga tushunib yetdi.
Gap shundaki, Salmir sayyorasi oʻz orbitasida juda tez aylanar
ekan. Masalan, bizning sayyora Quyosh atrofini 365 kunda
aylanib chiqsa, Salmir Sirius yulduzi atrofida 90 kun aylanadi.
Yaʼni Salmirning bir yili bizdagiday 365 kunga emas, balki 90
kunga teng. Demak, Yer hisobi boʻyicha Margol 30 yoshda.
Ular shu tariqa biroz suhbat qurib oʻtirishdi. Soʻng
ertaga qiladigan ishlari koʻp ekani yodiga tushgan Margol
ketishga hozirlik koʻrdi.
– Agar ruxsat bersang, tong otishini uyingizning tomida
kutib tursam. Mening bu yerdaligimni sendan boshqa hech
kim bilmasligi kerak.
– Men ham shu fikrdaman. Ayniqsa, ota-onam bundan
xabar topishini sira istamayman.
Margol Ahmadga xayrli tun tilab tomga chiqib ketdi.
Dostları ilə paylaş: