Dullo quronov galaktikada bir



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/41
tarix16.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#113656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Galaktikada bir kun PDF Lotin

FAZO KEMASINING LOYIHASI
Tong otdi. Nonushtadan soʻng Ahmadning birinchi 
qilgan ishi oyisidan chizmalarni qaytarib olish boʻldi. 
Oʻgʻlining yana yaxshi kayfiyatda uygʻonganini koʻrgan 
ota-ona judayam xursand boʻlishdi.
Ahmad chizmalarni olib xonasiga qaytganida Margol 
allaqachon tomdan tushgan va yosh xaloskorini kutib 
oʻtirgan ekan.
– Xayrli tong, Margol!
– Xayrli tong, Ahmad!
– Mana chizmalar. Bunisi esa oyim pishirgan mazali 
pirog.
Margolning qorni judayam ochqab ketgan, shekilli, 
bir zumda pirogni paqqos tushirdi. Shundan soʻng u 
chizmalarni qoʻliga oldi.
– Pirog uchun rahmat! – u chizmadan koʻzini uzmay 
gapira boshladi. – Xoʻsh, xoʻsh... mana bu kamchiliklarni 
tuzatish mumkin. Bu joyga oʻzim bilan olib kelgan 
generatorni oʻrnataman. Qoyil, aql bovar qilmaydi!..
Oʻzga sayyoralik hayratini yashira olmas, u bir bolaga, 
bir chizmalarga qarab gʻalati harakatlar qilardi.
– Bu... Bularni qanday qilib oʻylab topgansan?! Men hatto 
AQSHdagi NASA muhandislarining maxfiy boʻlimida ham 


19
bunga oʻxshash qurilmani topa olmagandim. Qoyil, qoyil!..
Margol chizmalarni varaqlar ekan, Ahmad uni 
jilmaygancha kuzatdi. Hatto oʻzga sayyoralik bilimdon 
ham Ahmadning chizmalaridan hayratlanmoqda edi. 
Demak, u xato qilmagan. Bu uchar qurilmani yaratsa 
boʻlar ekan!
– Bolakay, men seni tanlovda uchratganimdayoq anchadan 
buyon izlab yurgan odamimni topganimni sezgandim. 
Bunaqasini hatto Salmir sayyorasining galaktikaga mashhur 
olimlari ham yaratmagan, – dedi uchinchi chizmani koʻrib 
boʻlgan Margol boshini koʻtarib. Ammo toʻrtinchi sahifaga 
kelganda oʻylanib qoldi. – Shoshma-shoshma, – hayron 
boʻldi Margol. – Mana bu joyi... Kemaning gravitatsiya 
toʻlqinida muvozanatni saqlab turishi masalasini oxiriga 
yetkazmabsan-ku!
– Ha-ya, bilasizmi, bu judayam murakkab boshqotirma. 
Yaxshisi, buni ham oʻzingiz qila qoling, – javob berdi 
Ahmad.
Margol biroz oʻylanib, keyin soʻzlay boshladi:
– Oʻzing oʻylab koʻr, agar shu narsalarni qila olganimda 
sendan chizmalarni soʻrab, yalinib oʻtirarmidim?..
– Axir, oʻzingiz yerliklarning bilimi juda kam 
demaganmidingiz?
– Toʻgʻriku-ya, lekin shunday deganimda sening bilim 
darajang haqida unchalik yaxshi bilmas edim-da!..
– Xoʻp, mayli, lekin bunga koʻp vaqt kerak. “Ziji jadidi 
Koʻragoniy”ning boshqa nusxalarini ham koʻrib chiqishim 
lozim.
– Nimani koʻraman deysan?
– “Ziji jadidi Koʻragoniy” – buyuk olim Mirzo Ulugʻbek 
tomonidan tuzilgan astronomik jadval. Bu kitob 1437-yilda 
nashr qilingan. Unda 1018 ta yulduz haqida maʼlumot 
berilgan. Men sayyoralarning koordinatasi, hajmi, massasi, 


20
tortishish kuchi, umuman, hamma jihatlarini shu kitob 
asosida hisob-kitob qilib chiqishimga toʻgʻri keladi. 
Shundan keyingina gravitatsiya toʻlqinida muvozanatni 
saqlash masalasini hal qilish mumkin, – tushuntirdi Ahmad.
– Sen buncha maʼlumotni shu eski kitobdan 
olmoqchimisan? – hayron boʻldi Margol.
– Eski boʻlgani bilan u mukammal jadval! Qaytaga, 
zamonaviy olimlar koʻp narsada xato qilishgan. Faqat buni 
oʻzlari bilishmaydi.
– Unda yaxshi! Xullas, sen shu ish bilan shugʻullan, men 
esa kemaning boshqaruv tizimi haqida oʻylayman. Hech 
boʻlmasa, shunisi qoʻlimdan kelar ekan-ku! – dedi Margol 
kulib.
– Aytganday, energiya masalasi-chi?! Quyosh 
batareyalarining quvvati yetarli boʻlarmikan? Bu muammoni 
ham hal qilish shart, – deya oʻylanib qoldi Ahmad.
– Kemaning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoji borasida 
bosh qotirmasak ham boʻladi. Chunki men oʻzim bilan 
salmirliklarning olamshumul ixtirosi – abadiy energiya 
generatorini olib kelganman. Bu generator ishlab chiqargan 
elektr quvvati hech qachon kamaymaydi va tugamaydi, – 
dedi Margol ishga kirishar ekan.
– Qoyil!.. Men boʻlsam bunday generatorni yaratib 
boʻlmaydi deb oʻylar ekanman, – hayratini yashira olmadi 
Ahmad.
– Bizning olimlar bu generator ustida 100-yildan koʻproq 
izlanishgan. Faqat uning quvvati unchalik katta emas. Ammo 
kichik kemaning elektr quvvatiga boʻlgan ehtiyojini qondira 
oladi. Hozircha bunday generator koinotda bitta! – Margol 
shunday deb koʻrinishidan “kubik-rubik” oʻyinchogʻini 
eslatib yuboradigan kichkinagina qizil narsani koʻrsatdi.
– Demak, kema shu kichkina qutichadan quvvat olar 
ekan-da?!


21
– Ha, men faqat Yerdan koʻtarilib olishimiz uchun raketa 
yoqilgʻisini tayyorlasam bas. Bu ish ham menga qiyinchilik 
tugʻdirmaydi.
Shu tarzda Ahmad va Margol hamkorlikda ishlay 
boshladilar. Margol asosan tomda, qahramonimiz esa oʻz 
xonasida boʻlgani uchun oʻtgan kunlar davomida kattalar 
uyda begona “odam” borligini sezishmadi. Yozgi taʼtil 
boʻlgani uchun Ahmad bor vaqtini Margolga yordam berish 
bilan oʻtkazar edi. Bu orada ular ilmiy masalalarda talashib-
tortishib, bir-birlariga oʻzlarining bilimlarini oʻrgatib, koinot 
haqida suhbatlashib ishlashardi. Margol kichkina doʻstiga 
koinot haqida yerliklarga nomaʼlum boʻlgan koʻp narsalar 
haqida soʻzlab berdi. U: “Somon yoʻli galaktikasida bizning 
olimlar eng kuchli hisoblanadi”, – deb maqtanib qoʻyardi. 
Margolning aytishicha, bizning galaktikadan boshqa 
galaktikalarda ham hayot boʻlishi mumkin ekan. Lekin hali 
hech kim oʻzga galaktikaga borishning uddasidan chiqmagan. 
Hatto oʻzimizning galaktika ham hali toʻliq oʻrganilmagan 
ekan. Chunki Somon yoʻli galaktikasining oʻzida 200 
milliarddan ortiq yulduz bor-da!
Lekin Margolning koinotning yaralishi haqidagi soʻzlari 
yerlik olimlarning ilmiy tadqiqotlariga juda yaqin edi. Har 
qalay, ikki doʻstning fikri “Ulkan portlash” masalasida bir-
biriga yaqin keldi.
***
Tasavvur qila olasizmi, butun koinot igna uchidan 
ham kichkina narsaning portlashidan vujudga kelgan. Bu 
narsa shu qadar kichkina boʻlganki, agar hozir yoningizda 
boʻlsa, koʻz tugul, hatto mikroskop bilan ham uni topa 
olmagan boʻlar edingiz. Lekin qanday qilib undan butun 
koinot yaraldi? Shu mitti zarradan sayyoralar, yulduzlar va 
galaktikalar qanday oʻsib chiqdi? Bu savollar haligacha 


22
jumboq boʻlib qolmoqda. Olimlar faqat shu narsaning 13,8 
milliard yil oldin portlagani va soniya oʻtar-oʻtmas katta 
bir borliqning paydo boʻlganini aniqlashgan, xolos. Bu 
hodisa fanda “Ulkan portlash” deb ataladi.
Oʻsha portlashdan soʻng koinot quyuq chang va gazlardan 
iborat boʻlgan. Bu, aslida, mayda zarra – atomlarning 
quyuq holati edi. Undagi harorat Quyoshnikidan million 
marta issiqroq boʻlgan. Milliard yillar davomida bu 
mayda zarralar bir-biriga qoʻshilib ulkan yulduzlarni 
hosil qilgan. Soʻng sayyoralar paydo boʻlgan. Hozir ham 
galaktikamizning qaysidir burchaklarida mayda zarralar 
birlashib, yulduzlar yaralmoqda. Koinot esa kun sayin 
yanada kengaymoqda. Yaʼni “Ulkan portlash” hali tugagan 
emas. Biz esa shu portlashning ichida hayot kechiryapmiz.
Ingliz olimi Stiven Xokingning aytishicha, qachonlardir 
koinot kengayishdan toʻxtaydi va qisqarishni boshlaydi. 
Oʻshanda hamma jismlar siqila-siqila yana ignaning 
uchidan ham kichkina nuqtaga birlashar ekan. Bu hodisa 
fanda “Ulkan siqilish” nomi bilan mashhur.
Xullas, bir hafta deganda fazo kemasining loyihasi 
ham tayyor boʻldi. Kechki ovqatdan soʻng har doimgiday 
muhandislar uchrashdilar va qilgan ishlarini sarhisob 
qildilar.
– Menimcha, kema loyihasi tayyor! – dedi Ahmad barcha 
chizmalarni koʻzdan kechirib chiqarkan.
– Men ham shunday deb oʻylayman. Endi uni qurib 
bitkazish qoldi. Ammo bu ham oson ish emas, – dedi 
Margol.
Qahramonlarimiz shu kuni fazo kemasining qurilishiga 
doir masalalarni kelishib olib, soʻng xayrlashishdi.


23

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin