ISAAK NYUTON
***
Salmirliklar qidirayotgan N
2
G kristalli oʻtmishda
yashagan yerlik olimlar uchun ham begona emas.
Sarguzasht ertaklarni yoqtiradigan bolalar falsafa toshi
haqida koʻp eshitgan boʻlishlari kerak. Ertaklarda falsafa
toshi har qanday moddani oltinga aylantira olishi haqida
aytiladi. Xullas, bizning qissamizdagi N
2
G kristalli va
afsonaviy falsafa toshi ayni bir narsa.
Tarixda hatto olimlar ham bunday toshning borligiga
ishonishgan. Juda boy boʻlishni xohlagan podsholar esa
olimlarga afsonaviy toshni topishni buyurganlar. Bunday
olimlarni alkimyogar deb atashgan.
30
Alkimyogarlar tarixiy laboratoriyada tuxum sarigʻiga
toshbaqa kosasining kukunini yoki quritilgan qurbaqa
koʻziga qalampir va kumush kukunini aralashtirib
nomaʼlum moddani, yaʼni falsafa toshini tayyorlashga
urinishgan. Afsuski, ular qanchalik harakat qilishmasin, bu
toshni yarata olishmagan.
Biroq bu ixtirochi olimlar oʻzlari bilmagan holda ajib
kashfiyotlarga sababchi boʻlishgan. Tajribalar mobaynida
turli shifobaxsh dorilar va kimyoviy moddalar yaratilgan.
Masalan, 1602-yilda bolonyalik Kassiarolo ismli kosib va
alkimyogar togʻdan hajmiga nisbatan juda ogʻir, koʻrinishi
gʻalati bir toshni topib oladi. Albatta, kimyogar buni falsafa
toshini topish uchun ajoyib imkoniyat deb oʻylaydi. Kassiarolo
toshni oltinga aylantirish maqsadida uni koʻmir bilan eritadi
va suyuq metallga turli narsalarni qoʻshib koʻradi. Lekin
metall oltinga aylanmaydi. Lekin alkimyogar umrida duch
kelmagan, gʻaroyib metallni kashf etganini bilardi. Bu metall
hozir sanoatda koʻp ishlatiladigan bariy edi. Mishyak, fosfor,
rux, surma, vismut kabi kimyoviy elementlar ham falsafa
toshini qidirayotgan alkimyogarlar tomonidan kutilmaganda
kashf qilingan. Maʼlumotlarga qaraganda, hatto buyuk
olim Isaak Nyuton ham falsafa toshini qidirib alkimyo bilan
shugʻullangan ekan.
XVIII asrga kelib alkimyogarlar falsafa toshini emas,
odamlar uchun foydali moddalarni qidira boshladilar. Bu
izlanishlar esa zamonaviy kimyo fani paydo boʻlishiga
sabab boʻldi.
Salmirliklar buyuk fizik Isaak Nyuton umrining oxirida
alkimyo bilan shugʻullanib, falsafa toshini qidirganidan
xabar topishadi. Aytishlaricha, Nyuton toshni kashf etishga
juda-juda yaqin kelgan. Ammo u oxirgi tajribalarni oʻtkaza
olmay hayotdan koʻz yumadi.
31
Nyuton yashagan davrga qaytib, u amalga oshirgan
tajribalarni oʻrganish hamda olimdan N
2
G haqida soʻrab
olish salmirlik fazogirlar rejasida avvaldan bor edi. Margol
Ahmadni uchratguniga qadar oʻzicha turli yoʻllar bilan N
2
G
ni Yerdan ham qidiradi. U hatto vaqt tuynugidan oʻtib 1727-
yil, soʻng 1662-yilga borib kelishga ham ulguradi.
Dastlab, 1727-yilga borgan Margol 84 yoshli Nyuton
hayotining soʻnggi kunlarini oʻtkazayotgan Kensington
1
shaharchasiga yoʻl oladi. Olim juda ham hashamatli,
baland uyda yashardi. Margol uy eshigini taqillatganida uni
xizmatkor ayol qarshi oldi.
– Xayrli kun, ser, – dedi xushmuomala xizmatkor.
– Xayrli kun, xonim, – dedi bunaqa iltifotni birinchi
marta koʻrayotgan Margol. – Men janob Nyutonning oldiga
muhim ish bilan kelgandim.
– Janobimiz hozir betoblar, ammo bugun kayfiyati
chogʻ. Omadingiz bor ekan, sizni quvib solmasligi
mumkin.
Xizmatkor shunday deb Margolni ichkariga taklif qildi.
Ular dahlizdan yurib bir xonaga kirishdi, keyin xona
ichidagi eshikdan yana bir xonaga oʻtib uning ichidagi
eshikni ochishdi. Ular bu eshikdan kirib zina boʻylab
2 qavat pastga tushishdi. Oʻzga sayyoralik boʻlishiga
qaramay, Margol tim qorongʻi yoʻlaklardan borarkan,
biroz qoʻrqdi. Axiyri xizmatkor ayol kichkinagina bir
eshikning oldida toʻxtab dedi:
– Bu janob Nyutonning tajribaxonasi. Qoʻrqmay kiravering,
tishlab olmaydi, – dedi ayol kulib. – Yoqib qolsangiz sizni
eshitadi, yoqmasangiz shu zahoti haydab yuboradi.
Xizmatkor shunday deb ortiga qaytib ketdi. Margol esa
1
London yaqinidagi kichik shaharcha.
32
biroz taraddudlanib soʻng eshikni taqillatdi. Ichkaridan
“kiring” degan ovoz eshitilganidan keyin eshikni ochdi.
Kichikroq xonada oʻnlab shamlar yoqilgan. Devorga turli
anjomlar ilingan. Toʻgʻridagi katta stol ustidan turli kitoblar,
har xil kimyoviy moddalar solingan idishlar va qadimiy
laboratoriya anjomlari joy olgandi. Bu joyda qari bir chol
turli moddalarni bir-biriga qoʻshib tajribalar oʻtkazayotgan
ekan.
– Xayrli kun, janob Nyuton, – dedi Margol imkon qadar
yerliklarga oʻxshashga harakat qilib.
– Nima, tashqarida hozir kunmi? – ortiga oʻgirilmay
soʻradi nuroniy.
– Sizning xonangizgacha uzoq yurib keldik. Balki, bu
orada qorongʻi tushib qolgandir, – hazil qildi Margol.
Shundan soʻng Nyuton ortiga oʻgirilib Margolga bosh-
oyoq tikilib razm soldi. Keyin soʻradi:
– Xoʻsh, qari Nyuton senga nega kerak boʻlib qoldi?
Margol ham gapni choʻzib oʻtirmay muddaoga oʻtib
qoʻya qoldi:
– Falsafa toshini kashf qildingizmi?
– Nima? Men toshni izlayotganimni qayoqdan bilding?
Axir, bu haqda hech kimga aytmaganman-ku!
Bu gapdan keyin Margol biroz dovdirab qoldi.
– Yoʻq, shunchaki, stolingiz ustidagi moddalardan men
ham foydalanyapman... Aytganday, men ham oʻsha toshni
anchadan buyon qidiraman.
– Tushunarli, – dedi olim yana ortiga oʻgirilarkan. – Men
esa uni qidirishni yaqinda boshladim. Ilgari faqat fizika va
astronomiya bilan shugʻullanganman. Falsafa toshini esa
choʻpchak deb oʻylaganman. Endi boʻlsa bu tosh butun
fikr-u zikrimni egallab oldi. Yoʻq, men oʻzim uni yaqinda
topaman... senga yoʻl boʻlsin... – gʻudrandi Nyuton.
– Uni topishingizga oz qoldimi? – qiziqib soʻradi Margol.
33
– Qaydam, har tajribadan soʻng mana endi uni kashf
qildim deyman oʻzimga. Ammo har safar xato oʻylagan
boʻlib chiqaman. Lekin juda oz qolganini sezib turibman.
Eh, qaniydi shu ishni oʻn yillar oldin boshlaganimda!
Shundan soʻng Margol Nyuton bilan yana birpas suhbat
qurdi. Olimga bu pakana “odam” maʼqul keldi, shekilli,
boshqa kunlari ham kelib turishiga ruxsat berdi.
Margol Nyutonning tajribaxonasiga yana 3 kun – to
olim tunda uxlayotgan vaqtida vafot etmagunicha qatnab,
u bilan ajoyib suhbatlar qurdi. Nyutonning oʻlimidan
soʻng Margol uning tajribaxonasiga yashirincha kirib,
olimning kundaliklari, oʻqigan kitoblari bilan tanishdi.
Qoʻlidan kelganicha Nyuton boshlab qoʻygan tajribalarni
oʻrganib chiqqan Margol olimning yana biroz muddat
yashamaganidan afsuslandi. Chunki Nyutonning toshni
kashf qilishiga juda oz qolgan ekan.
Shundan keyin Margol 1662-yilga – Nyutonning yoshlik
davrlariga borishga qaror qildi. U Nyutonni fizikaga emas,
balki alkimyoga koʻproq qiziqtirishni xohlar edi. «Axir,
uning oʻzi bu ishni oʻn yillar oldin boshlamaganidan
afsuslandi-ku! Men uni qanday boʻlmasin kimyo sohasiga
qiziqtirib qoʻyaman. Soʻng u alkimyo bilan shugʻullanib
N
2
G ni kashf qiladi», – deb oʻyladi Margol.
1662-yilning yoz oylari. Kembrij universitetining 20
yoshli aʼlochi talabasi Isaak Nyuton taʼtilni oʻtkazish
uchun Vulstorp qishlogʻidagi uyiga qaytgan. Taʼtil
boʻlishiga qaramay, Isaak uydan tashqariga chiqmas, koʻp
vaqtini oʻz xonasida turli tajribalar qilib oʻtkazar, baʼzan
esa tajribalardan zerikib mutolaaga berilardi. Ammo bu
yigitning eng yoqtirgan mashgʻuloti hovlidagi olma daraxti
tagiga yotib olib oʻy surish edi.
Mana, hozir ham Isaak oʻz uyidan chiqib toʻgʻri olma
daraxti tomon yoʻl oldi. Buni koʻrgan Margol xursand
34
boʻlib ketdi. Chunki u yigitning tashqariga chiqishini kun
boʻyi kutgandi. Koʻzga koʻrinmaydigan qilib qoʻyadigan
libos kiyib olgan Margol bemalol uy ichiga kirib, ikkinchi
qavatdagi Nyutonning xonasiga koʻtarildi. U xonaga
kirganida stol ustida sochilib yotgan shisha boʻlaklarini
koʻrdi. Hoynahoy, bu yigit yorugʻlik nurini oʻrganayotgan
boʻlsa kerak deb oʻyladi Margol.
Margol agar Nyuton kimyo sohasida kutilmagan
kashfiyot qilsa, bu sohaga qiziqib qoladi deb oʻyladi.
Shu sababli Isaak oʻz xonasiga qaytgunicha deraza
oynasiga Mendeleevning davriy jadvalini chizib qoʻydi.
Lekin olma daraxti ostida xayollarga berilib ketgan
yigit hadeganda xonasiga qaytmadi. Shunda Margol
ham hovliga chiqdi. Shu tobda yigitning nima bilan
shugʻullanayotgani uni qiziqtirdi. Margol bildirmay borib
daraxt ustiga chiqdi va Isaakni kuzata boshladi. Yigit esa
oʻzi-oʻzi bilan gaplashar, nimalarnidir hisoblab chiqardi.
Ammo Margolga Isaakning soʻzlari unchalik eshitilmadi.
Shunda u daraxt shoxiga osilib, pastroqqa egilmoqchi
boʻldi. Qaltisroq harakat qilib yubordimi, daraxt shoxi
silkinib ketdi. Bir olma uzilib toʻgʻri Issakning boshiga
tushdi. “Ay-y, kelib-kelib mening boshimga tushasanmi?”
– deya qoʻli bilan boshini silay boshladi yigit. U yana
bir nimalarni bidirladi, soʻng birdan oʻrnidan sakrab
turdi. Yerdagi olmani olib tepaga otdi, olma yerga qaytib
tushdi. Soʻng yigit yana olmani qoʻliga olib osmonga
termilgancha xayolga berildi. Birozdan keyin chopib uyga
kirib ketdi. Koʻp oʻtmay Margol ham yigitning ortidan
uning xonasiga kirib bordi. Bu vaqtda Isaak kundaligiga
shunday deb yozayotgandi: “Olma nima uchun aynan
mening boshimga quladi? Nega osmonga yoki yon tarafga
uchib ketmadi? Demak, qandaydir kuch jismlarni yerga
tortib turadi!” Bularni oʻqigan Margolning hafsalasi pir
35
boʻldi. U Isaakni kimyo sohasiga qiziqtiraman deb qaytaga
fizikaga boʻlgan muhabbatini yanada oshirib yuborgandi.
Endi Nyuton butun olam tortishish kuchini kashf qiladi
deb oʻyladi Margol...
Margol Ahmadga bu voqeani soʻzlab berarkan, bola
qotib-qotib kuldi.
– Demak, siz ekan-da oʻsha mashhur olmani Nyutonning
boshiga uloqtirgan? – soʻradi oʻzini haligacha kulgidan
toʻxtata olmayotgan Ahmad.
– Nima, sen olma voqeasini bilarmiding?
– Albatta, axir bu voqeani hamma biladi-ku!..
Dostları ilə paylaş: |