Dullo quronov galaktikada bir


FAZO KEMASINING QURILISHI



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/41
tarix16.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#113656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Galaktikada bir kun PDF Lotin

FAZO KEMASINING QURILISHI
Fazoviy kemani yasash uchun, avvalo, odamlar koʻzidan 
pana joy topish kerak. Ahmadlarning uyi qishloq joyda 
boʻlgani uchun bu unchalik qiyinchilik tugʻdirmadi. 
Qahramonlarimizga yozgi taʼtilni oʻtkazish uchun togʻga 
koʻchib ketishgan Abdukarim amakining tomorqasi 
judayam mos edi. Abdukarim amaki ketar vaqtida 
Ahmaddan bu uyga koʻz-quloq boʻlib turishni, hovlidagi 
gullar va daraxtlarni sugʻorib turishni iltimos qilgan edi.
– Bu uy birovning omonati, – dedi Ahmad sal ikkilanib.
– Qoʻrqma, uni judayam ozoda saqlashga vaʼda beraman, 
– ishonch bilan gapirdi Margol.
Margol shu kuni oʻzi uchib kelgan zaxira kapsulasini olib 
kelish uchun yoʻlga chiqdi. Aytishicha, kapsula Qizilqum 
choʻliga tushgan ekan. Bu zahira kapsulasi Salmirdan 
uchirilgan yulduzlararo kemaga tegishli edi. Kapsula 
kemada favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganida ekipajning 
jon saqlab qolishi uchun moʻljallangan. Koʻrinishidan 
tuxumsimon qurilma fazogirni yaqin sayyoraga olib borib 
qoʻyishi mumkin edi. Gikslar salmirliklar kemasiga hujum 
qilganida ekipaj maxfiy hujjatlarni va qurilmalarni ana shu 
kapsulaga joyladi. Margol eng aqlli va abjir fazogir boʻlgani 
uchun kema kapitani masʼuliyatli vazifani unga ishonib 
topshirib dedi: “Zudlik bilan zaxira kapsulaga minib qochib 
qol! Ammo yodingda boʻlsin, endi salmirliklarning bor 
umidi faqat sendan”.
Margol Qizilqum choʻliga ketganicha uch kun qorasini 
koʻrsatmadi. Axiyri, toʻrtinchi kun deganda ulkan “tuxum”ni 
yelkasiga ortib olgan kichkinagina Margol Abdukarim 
amakining hovlisiga kirib keldi.
– Nima, shu katta “tuxum”ni yelkangizda koʻtarib 
kelyapsizmi? – hayron boʻlib soʻradi Ahmad.


24
– Iloj qancha? – xotirjam gap boshladi Margol. – 
Kapsulaning yoqilgʻisi qolmagan. Qurilma uchishga emas, 
qoʻnishga moʻljallangan, xolos. Yaxshiyam, unda koʻzga 
koʻrinmaslik xususiyati bor. Yoʻqsa, odamlar: “Bu nima?” 
– deyaverib holi jonimga qoʻymasdi.
– Kuchingiz ham koʻp ekan-da?
– Ha, biz salmirliklar 5-6 tonnagacha yukni bemalol 
koʻtarishimiz mumkin, – maqtandi Margol.
Ahmad kapsulani obdan koʻrib, oʻrganib chiqdi. Bu 
kapsuladagi har bir uskuna mukammal edi. “Haqiqatan 
ham oʻzga sayyoraliklar taraqqiyotda bizdan ancha ilgarilab 
ketgan ekan. Bunaqa qurilma yerlik muhandislarning 
tushiga ham kirmagan boʻlsa kerak”, – oʻyladi Ahmad. 
Soʻng Margolga qarab dedi:
– Qoyil!.. Xoʻsh, endi ishni nimadan boshlaymiz?
Ammo Margol hadeganda ishga kirishishga shoshilmas, 
negadir juda xomush edi. Uning koʻzlariga qarab qandaydir 
muhim gapni ayta olmay turganini sezish qiyin emasdi. 
Biroz sukunatdan soʻng Margol gap boshladi:
– Ahmad, muammo bor, buni senga aytmasam boʻlmaydi.
– Tortinmay aytavering! – dedi Ahmad.
– Texnik nosozliklar tufayli kapsula Yerga qoʻnmay, 
balki qulab tushgan edi. Oʻshanda judayam kerakli boʻlgan 
uskunalardan biri sinib, ishdan chiqqan ekan.
– Qanaqa uskuna edi?
– Bilasanmi, bizning Quyosh tizimiga uyushtirgan 
ekspeditsiyamizdan maqsad juda noyob boʻlgan N
2

kristallni qidirib topish edi. N
2
G sizlar olmos deb ataydigan 
kristallga oʻxshab ketadi. Biz uni sayyoramiz yadrosiga 
tashlashimiz kerak. Olimlarning aytishicha, N
2
G yadrodagi 
moddalar bilan reaksiyaga kirishib, uni jonlantirib yuborish 
xususiyatiga ega. Shuning uchun uni izlab topishimiz zarur.
Margol bir muddat osmonga qarab jim boʻlib qoldi. 


25
Soʻng yana oʻsha gʻamgin ohangda gapira boshladi:
– Ishdan chiqqan qurilma esa yerni burgʻilab, 50 ming 
metrgacha chuqur qazib berishga moʻljallangan. Usiz 
N
2
Gni topib boʻlmaydi.
– Uni tuzatsa boʻlmaydimi? – soʻradi Ahmad.
– Afsuski, uni faqat Salmir sayyorasida tuzatish mumkin. 
Ammo avtomatlashgan qurilmani qoʻlda boshqaradigan 
qilib sozlab qoʻysa boʻladi.
– Mana, yechimi bor ekan-ku, – xursand boʻlib ketdi 
Ahmad.
– Ha, lekin unda qurilmani ishlatish uchun kamida ikkita 
odam kerak boʻladi.
Ahmad Margoldagi tushkun kayfiyatning sababini endi 
anglab yetgan edi. Demak, Margol oʻziga topshirilgan 
vazifani yolgʻiz amalga oshira olmaydi... Yoʻq, buni ota-
onasi bilib qolsa bormi!..
Margol Quyosh tizimidagi barcha sayyoralarga borishini 
aytgandi. Yerni hisobga olmaganda, yana 7 ta sayyora 
mavjud. Har biriga bir kundan vaqt sarflasa ham naq 7 kun 
ketadi. Yoʻq, u buncha uzoq vaqtga keta olmaydi. Ustiga-
ustak, bu judayam xatarli sayohat. Ahmad ana shularni 
xayolidan oʻtkazib, undan javob kutib turgan Margolga 
qaradi.
– Margol, afsuski, men sizga hamroh boʻlolmayman, – 
dedi boshini egib.
– Tushunaman, sen oʻz hayotingni xatarga qoʻyishga 
majbur emassan!
– Ayniqsa, ota-onamni xavotirga qoʻyib ketolmayman.
– Agar ota-onangni oʻylayotgan boʻlsang, bu 
muammoning yechimi bor, – Margolning koʻzlarida umid 
uchqunlari porladi.
– Qanday? – qiziqdi Ahmad.
– Eh, hamma narsaga yetgan aqling shunga kelganda 


26
oqsabdi-da! Kim edi-ya, ha, topdim, Albert Eynshteyn 
degan olimlaring vaqt nisbiy hodisa ekanini isbotlagan edi-
ku. Salmirliklar zamondan zamonga koʻchib oʻtishning 
sirini allaqachon topishgan. Bizning kema koinotdagi 
gravitatsiya toʻlqinlarida uchib yurishini hisobga olsak, 
fazoda sayohatda boʻlib qaytganingni ota-onang hatto 
sezmaydi ham. Hammasi tugagach, vaqt tuynugidan oʻtib, 
hozirgi shu kunlarga qaytib kelishing mumkin. Ishon, 
galaktikada bir kundan koʻp sayohat qilmaysan.
Ahmad bir muddat oʻylanib qoldi. Qoʻl harakatlariga 
qaraganda, u xayolan nimanidir hisoblab chiqayotgan edi.
***

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin