Ochiq iqtisodiyotni shakllantirishda davlat katta rol о‘ynadi. Davlat tovar va xizmatlar olib chiqishni rag‘batlantirib, xorijiy firmalar bilan kooperatsiyalarga, tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga yordamlashib о‘ziga eksportga yо‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni rag‘batlantirish funksiyasini oldi. Chet eldan investitsiyalar, texnologiyalar, ishchi kuchi va axborot oqib kelishini yengillashtirgan mustahkam huquqiy asos yaratildi.
Mamlakatlarning ochiqroq iqtisodiyotga о‘tishlari transmilliy korporatsiyalar (TMK) faoliyati bilan tezlashdi. Yangi bozorlarni о‘zlashtirishga intilib, turli mamlakatlarda kо‘plab filiallar, shu’ba korxonalari tashkil etib, TMK chet davlatlarning proteksionistik tо‘siqlarni aylanib о‘tardilar va xalqaro iqtisodiy ayirboshlashni baynalminallashtirdilar

Shunday qilib «ochiq iqtisodiyot» tushunchasiga nimalar kiradi?
Shunday qilib «ochiq iqtisodiyot» tushunchasiga nimalar kiradi?
«Erkin savdo» va «ochiq iqtisodiyot» tushunchalarini farqlash lozim. «Erkin savdo» haqidagi tezis A.Smit siyosiy iqtisodiyotidan boshlanadi va zamonaviy amerika iqtisodchilarining kashfiyoti emas. «Ochiq iqtisodiyot» tushunchasi ishlab chiqarish omillari, axborot, milliy valyutalarning о‘zaro almashuvining erkin harakatini о‘z ichiga olgan tovarlar savdosi sifatida «erkin savdo» tezisidan kengroq tushunchadir.
Ochiq iqtisodiyot ichki bozorning chet el kapitali, tovarlari, texnologiyalari, axborotlari, ishchi kuchining oqimi uchun aqlga tо‘g‘ri keladigan darajada ochiqligini nazarda tutadi.
Ochiq iqtisodiyot ichki bozorning chet el kapitali, tovarlari, texnologiyalari, axborotlari, ishchi kuchining oqimi uchun aqlga tо‘g‘ri keladigan darajada ochiqligini nazarda tutadi.
Ochiq iqtisodiyotning afzalliklari quyidagilardir:
- ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va koperatsiyalashuvining chuqurlashishi;
- resurslarni mulohazakorlik bilan samaradorlik darajasiga qarab taqsimlash;
- xalqaro iqtisodiy aloqalar tizimi orqali jahon tajribasining tarqalishi;
- jahon bozoridagi raqobat tomonidan rag‘batlantiriladigan milliy ishlab chiqaruvchilar orasida raqobatning kuchayishi.