E'tiborga olish joizki, avvallari jahon mamlakatlari u yoki bu mahsulot yetishtirishga moslashgan bo'lsalar (Braziliya - kofe, Kuba-shakar, Mo'g'iliston - teri, jun), endigi kunda ular mahsulotlarning turli xillariga ixtisoslashishmoqdalar. Ayni vaqtda yetuk mamlakatlar ilmiy - texnika taraqqiyotining oldingi saflarida bori, zamonaviy, ilm talab ishlab chiqarish tarmoqlariga, yangi texnologiyalarga (nou-xau) ixtisoslashib bormoqdalar. Ulardagi mavjud ishlab chiqarish sohalari boshqa mamlakatlarga ko'chmoqda. Natijada mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishi darajasidagi farq, notekis holda kuchaymoqda.
Intensiv davlatlararo iqtisodiy aloqalarning hozirgi darajasi quyidagilarni kо‘rsatadi:
Intensiv davlatlararo iqtisodiy aloqalarning hozirgi darajasi quyidagilarni kо‘rsatadi:
1) jahon xо‘jaligida xalqaro mehnat taqsimoti darajasining chuqurligini,
an’anaviy xalqaro tayyor mahsulotlar savdosi miqyoslarining kengayishi va harakterining о‘zgarganligini (u kо‘p jihatdan milliy ishlab chiqarish jarayonlariga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xizmat qila boshladi),
kapital migratsiyasi intensivlashganligini,
ilmiy-texnik bilimlar almashuvining tezlashganligi, xizmatlar soxasining rivojlanganligini,
ishchi kuchi migratsiyasining sezilarli darajada о‘sganligini. (Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi xalqaro xо‘jalik hayotini baynalmilallashuvining muhim qismi bо‘lib qolmoqda);
6) davlatlar va mintaqalar iqtisodi integratsiyalashuvi jarayonining tezlashishi va kengayishini. Sanoati rivojlangan davlatlarning savdo, ishlab chiqarish va kredit-moliya sohasida erishilgan birlik darajasi jahon xо‘jalik majmui shakllanishining kо‘rinishi bо‘lib xizmat qiladi.