bunday markazlarning soni untaga yetmagan bo`lsa, bugungi kunda ularning soni 100 ortib ketdi. 1992 yilda mazkur markazlar ishini
muvofiqlashtirib turadigan tashkilot - Respublika baynalmilal madaniyat markazi to`zildi.
O`zbekistondagi turli xalqlar va millatlarning umumiy G`oya va istiglol mafko`rasi atrofida
birlashishi nixoyatda katta
ahamiyat kasb etadi va O`zbekistonning jahon sivilizatsiyasi tomon rivojlanishida muxim omil bo`lib xizmat qiladi. Milliylik,
umuminsoniylik G`oyalarini uyg`unlashtirish va yanada takomillashtirish muayyan xalqlarga tegishli madaniyatning o`ziga
xosligini
saglaydi. Vatanimiz madaniyatida umuminsoniy qadriyatlar ustuvor mavkeni egallaydi. Umuminsoniy G`oyalar va qadriyatlarning
shakllanishi milliy madaniyatlarning rivojlanish xususiyatlari bilan bog`liqdir.
Umuminsoniy qadriyatlar insonni e’zozlash,
hayotni sevish, burch, sadokat, ajdodlarga hurmat,
vatanparvarlik, adolat,
ma’rifatparvarlik, tinchlik,
totuvlik, do`stlik, hamkorlik singari fazilatlarni ifoda etadi. Тajriba shuni ko`rsatadiki, biron bir milliy
madaniyatni ulug`lab, uni boshqa madaniyatdan ustun qo`yish va boshqa xalqlarga majburan targ`ib etish
salbiy oqibatlarga olib
kelishi mumkin. Ko`pmillatli mamlakatda milliy madaniyatlarni mensimaslik yoki ularni kamsitish ijtimoiy barqarorlik va milliy
totuvlikka
putur yetkazadi, turli ziddiyat va ixtiloflarning paydo bo`lishi uchun zamin yaratadi. Bu borada milliy G`oya va istiglol
mafko`rasi asoslarini ishlab chiqishda etnik xususiyatlarni xisobga olish ularni respublika taraqqiyotining
istiqbollari bilan
uyg`unlashtirish imkonini yaratadi.
Mavzuning tarbiyaviy ahamiyati.
Madaniyat va sivilizatsiyaning asosiy tamoyillari, qonuniyat va xususiyatlarini bilish — ma’naviy
kamolot manbaidir. Bu esa madaniyat va sivilizatsiyaning o`zaro bog`liqligi va o`ziga xos xususiyatlarini ilmiy-nazariy jixatdan chuqur idrok
etish barkamol inson shaxsini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.