Insoniyatni o`rab to`rgan muxitning targ`ibiy qismi bo`lgan odamzodning yaratuvchilik qobiliyatini ko`z-ko`z
qiladigan eng
buyuk ne’matlar orasida madaniyat asosiy o`rinlardan birini egallaydi. Unda odamzodning iktidori, saloxiyati va qobiliyati o`zligini
namoyon qiladi. Goxida olimlar, mutaxassislar o`rtasida «Odamzod madaniyatni yaratishga kancha ko`p e’tibor qaratgan bo`lsa,
madaniyat ham odamzodni shuncha ko`p tarbiyalagan», degan fikrlarni ham eshitish mumkin.
Keyingi yillarda madaniyat tushunchasi bilan birga, «Sivilizatsiya» atamasi ham tez-tez eshitiladigan bo`lib qoldi. Muayyan xalq,
xudud yoki davlatning taraqqiyot bosqichlari, ularga xos madaniy rivojlanish to`g`risida
gap ketganida, olim va mutaxassislar ana shu
atamadan foydalanmokda. Bu esa o`z-o`zidan «
Хush, madaniyat nima? Sivilizatsiya-chi?»
kabi savollarga javob berishni taqozo etadi.
Madaniyat ko`pqirrali ijtimoiy-tarixiy hodisa bo`lib, insoniyat ma’naviyati yo`qsalib borgani sayin mazkur tushunchaning mazmuni
tobora boyib boradi. Madaniyat inson tomonidan yaratilgan sun’iy olamdir
yoki ikkinchi tabiatdir, degan
qarash
lar ham yo`q emas.
Bunda odam zotining yaratuvchilik qobiliyati, iktidori va shu asosdagi faoliyati hamda ularning natijalari nazarda tutiladi.
Тarixdan jamiyat taraqqiyotining muayyan davrlarida madaniyatning nixoyatda gullab-yashnagan davrlari bo`lgani ma’lum.
Masalan, qadimgi Yunonistonda miloddan ilgarigi VII-II asrlarda fan va madaniyat nixoyatda rivojlangan. Usha davrda yashagan
Suqrot, Aflotun, Arastu kabi unlab allomalarning nomlari insoniyat tarixiga abadiy muxrlangan. Hozirgacha
insoniyat tarixini
o`rganadigan mutaxassislar bu davrdagi Yunoniston madaniyatini jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biri sifatida talqin etadilar.
Тaxminan ana shu davrda «Avesto» kitobini yaratgan yurtdoshlarimiz madaniyati ham yo`qsak bo`lganini bugungi kunda ko`pgina
mutaxassislar e’tirof etmogda. Хuddi shunday madaniy taraqqiyotni yurtimiz tarixining VII-XII asrlarida yoki Soxibkiron Amir Тemur
xukmronlik qilgan davrda ham ko`zatish mumkin.
Madaniyat inson bilimlari, kunikma va tajribalarini, ma’naviy saloxiyatini hamda amaliy
faoliyat jarayonida inson
ideallarining ro`yobga chiqishi va shaxs sifatida kamol topish jarayonini o`zida aks ettiradi.
Madaniyat
va
sivilizatsiya
tushunchalari
o`zaro
bog`liq
bo`lsa-da,
turlicha mazmun va xususiyatga egadir. Ba’zi
olimlar madaniyat, o`zining kelib chiqishiga
ko`ra, sivilizatsiyaga
nisbatan qadimiydir, u
mohiyatan sivilizatsiyaning ruxi, jonidir, deb
xisoblaydi. Masalan, A. Тoynbi «Тarixning
idrok qilinishi» asarida shunday fikrlarni
bayon etadi. Franso`z olimi R. Aron ham
shunga yaqin xulosaga keladi. Uning fikricha,
aynan madaniyat
va sanoat soxasidagi
tanazzul asta-sekin insoniyatni krizislar
botkoKiga
botirishi,
bu
esa,
umumbashariyatning kelajagini xavf ostiga
qo`yishi ham mumkin.
Har bir xalq o`ziga
xos madaniyat
yaratadi va shu madaniyat tufayli o`zligini anglaydi, jahon taraqqiyotiga xissa qo`shadi. Milliy madaniyat rivojida quyidagilar katta
o`rin tutadi: