chiqindilarni utilizatsiya qilish - kuydirish, poligonlarga kо‘mish yoki yig‘ish, shuningdek
kompostlash texnologiyalari bilan amalga oshiriladi (1-jadval).
О‘zbekistonda har yili 100 million tonnadan ortiq sanoat chiqindilari hosil bо‘ladi,
ularning 14 % i toksik (zaharli) toifaga mansub hisoblanadi. Bundan tashqari,
Respublikamiz hududida va unga yaqin hududlarda radioaktiv rudalarni qazib olish о‘tgan
asrning 40-yillarida kuchaygan. Shu davr mobaynida 150 ga yaqin radioaktiv ifloslanish
maydonlari paydo bо‘ldi. О‘zbekistonning Andijon viloyatidan 30 kilometr uzoq masofada
joylashgan Qirg‘iziston Respublikasining Maylu-Su daryosi qirg‘oqlari bо‘ylab joylashgan
umumiy hajmi 2,5 million m
3
bо‘lgan radioaktiv chiqindilar kо‘milgan 23 ta ombor va 13
ta balanslangan rudalar tо‘plamlari mintaqaviy ekologik falokat yuzaga kelishida katta
xavfga ega. Sel kelishi va yer kо‘chishi hollari yuz berganda radioaktiv chiqindilar Maylu-
Su, Qoradaryo va Sirdaryo suvlariga tushishi mumkin, bu esa 1,5 million kishi yashaydigan
300 km
2
maydondagi О‘zbekiston hududini radioaktiv chiqindilar bilan ifloslanishiga olib
keladi. Radioaktiv chiqindilar tarkibini radionuklidlar va sinov maydonlaridagi yadro
portlashlar tashkil etadi. Radionuklidlar о‘zidan radioaktiv nur chiqaradigan elementlarning
izotoplari hisoblanadi.
Hozirgi paytda, Mayluu-Suu daryosi vodiysida reabilitatsiya ishlari davom etmoqda.
Chiqindilar hosil bо‘ladigan korxonalar ustidan davlat nazoratini “Chiqindilar
tо‘g‘risida” gi (2002 yil) Qonunga muvofiq, О‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza
qilish davlat qо‘mitasi amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: