Dunyosi va ularni muhofaza qilish


Issiqxona effektiga sabab bo‘luvchi holatlar



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/19
tarix02.06.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#60426
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
3-maruza

 
Issiqxona effektiga sabab bo‘luvchi holatlar 
 
Quyosh nuri atmosfera orqali singib, Yerning yuza qismini qizdiradi. O‘z navbatida 
Yeryuzasi infraqizil nurlarni tarqatadi, bu bilan esa uning sovishiga yordam beradi. Atmosferada
metan, karbonat angidrid va boshqa issiqxona gazlarining to‘planishi infraqizil nurlarni o‘zida 
ushlab qoladi, natijada yeryuzasining qizishiga olib keladi
Ozon tuynugi 
 
Ozon (O
3
) - gaz, atmosferaning yuqori qatlamida tashkil topib, 70 kilometr 
balandlikkacha kuzatiladi, ammo uning asosiy massasi 20-55 kilometr balandlikdagi masofada 
joylashgan. 
Ozonning atmosferadagi umumiy massasi 3,2 x 10
9
tonna atrofida. Ozon Quyosh 
radiatsiyasining taxminan 3 % ini, ya’ni ultrabinafsha nurlarning 0,22-0,29 mkm uzunlikdagi 
to‘lqinlarini yutadi. Ultrabinafsha nurlar bakteriyalarni o‘ldiradi, organizmda D vitaminining 
shakllanishida yordam qiladi. Ammo ortiqcha ultrabinafsha nurlar kuyish, teri kasalliklariga olib 
keladi. Agar ozon bo‘lmaganda, ultrabinafsha nurlar organik olamni o‘zgartirib yuborgan bo‘lar 
edi.
Ozon kunduzi maksimum, kechasi minumum uchraydi va fasliy qaraganda bahorda 


maksimum, kuz va qishda minimumni tashkil etadi
2

 
Kislotali yomg‘irga sabab bo‘luvchi holat 
Atmosferaga chiqarilayotgan metan, ic gazi va karbonat angidrid gazlari bilan birga 
oltingugurt va azot oksidlari ham chiqarilmoqda. Ular kislotali yomg’rlarni paydo qilmoqda. 
Atmosfera havosini muhofaza qilish uchun quyidagi chora-tadbirlarni qo‘llash lozim: 
1. Xavfli moddalarning hosil bo‘lishini bartaraf etuvchi mavjud texnologiyalarni 
takomillashtirish. Yangi texnologik jarayonlarni joriy etish. 
2. Yoqilg‘i tarkibi, apparatlar va karbyuratorlarni yaxshilash, tozalovchi qurilmalar 
yordamida atmosferaga chiqindilar chiqishini kamaytirish va bartaraf etish. 
3. Zararli chiqindilar chiqaruvchi manbalarni to‘g‘ri joylashtirish orqali atmosferaning 
ifloslanishini oldini olish va yashil maydonlarni kengaytirish. 
Tuproq mineral va qoyatosh bo’laklarining aralashmasi hisoblanib, qolgan qismi esa 
notirik organizmlar, suv va havodan tashkil topgan. Tuproq shakllanishga ega, qisman 
qoyatoshlar mayda bo’laklarga bo’linib, ular vaqti bilan tuproq hosil bo’lishida qatnashadi.
Demak, tuproq ham abiotik omillar sirasiga kirib, jonsiz qoyatoshlar va mineral 
bo’laklardan tashkil topishi ma’lum qonuniyatga asoslangan. Tuproq o’z tarkibiga bakteriya, 
zamburug’, hashoratlar va chuvalchanglarni ham oladi. Tuproqning hosidor qismi uning 
tarkibidagi gumus bilan bog’liq. Tuproq qum, loy va gumusning turli komponentlarini bir biri 
yuilan bog’laydi. 
Rachel Carson (1907–1964) mashhur atrof muhit yozuvchilaridan sanalib, AQSH dagi 
Baliq va yovvoyi tabiat nashriyotidagi 15 yillik faoliyatidan so’ng o’zining ijodini 
yozuvchilikka bag’ishladi. U tomonidan “Silent Spring” nomli kitob nashrdan chiqadi. Unda 
pestitsidlarning zarari va ular olib keladigan kasalliklar zikr etilgan. 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin