Dvd-rom (digital video disk yoki digital versatile disk) – universal raqamli disk, video, audio va kompyuter formatidagi ma’lumotlar tashuvchisi. Bir tomonlama, bir qatlamli disklar 7 Gb


Ovoz bilan ishlash bo’yicha maslahatlar



Yüklə 239,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/24
tarix21.12.2023
ölçüsü239,28 Kb.
#188485
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
malumot yigish amaliy

Ovoz bilan ishlash bo’yicha maslahatlar 
Mikrofon yordamida ovoz yozish 
Multimedia haqidagi har qanday qo’llanma, albatta, mikrofon yordamida ovoz yozishga 
bag’ishlangan bo’limga ega bo’ladi. Mikrofon yordamida ovoz yozishda odatda Windowsning 
standart dasturlari qatoriga kiruvchi Sound Recorder 
(Пуск/Программы/стандартные/Звукозапись) qo’llaniladi. Bu dastur bilan ishlash haqidagi 
batafsil ma’lumotlarni dasturda berilgan ma’lumotnomadan olishingiz mumkin. Quyidagi 
rasmda Windows 7 operatsion tizimidagi Sound Recorder dasturi ma’lumotnomasidan 
foydalanish jarayoni keltirilgan.
39
Bu dastur bilan ishlash yetarlicha sodda bo’lganligi uchun biz unga batafsil to’xtalib 
o’tirmaymiz. Mikrofonlar ikki xil tipda bo’ladi – kondensatorli va dinamik. Kondensatorli 
mikrofonlar qimmatroq bo’lib, yuqori sifatli ovoz bera oladi, lekin ularni kompyuterga ulash 
uchun ovoz kartasi ham uning talablariga javob bera olishi kerak. Ko’pchilik ovoz kartalari esa 
dinamik mikrofonlarga moslangan bo’ladi.
Mikrofonning boshqa muhim xususiyati – uning yo’nalganlik (directivity)
darajasida. Mikrofonlar umumyo’nalgan (barcha yo’nalishlar bo’yicha ovoz sezgirligi bir xil), 
biryo’nalishli (oldindan keladigan yo’nalishdagi ovozlarga sezgirroq) va ikkiyo’nalishli 
(oldindan va orqadan keladigan yo’nalishdagi ovozlarga sezgirroq) bo’ladi. Fondagi shovqinlar 
kam bo’lishi hisobiga ko’pincha bir yo’nalishli mikrofonlar tanlanadi. Lekin ular 
umumyo’nalgan mikrofonlarga nisbatan qimmatroq va ovoz sezgirligi ham ancha yuqori bo’ladi. 
Mikrofon tanlashda albatta mikrofonning to’liq qarshiligiga (impedance) e’tibor qarating. To’liq 
qarshilikning optimal qiymati 600 Om ga teng. Umumyo’nalgan 600 Om impedancega ega 
mikrofon tanlash tavsiya etiladi.
Endi dasturiy ta’minotga e’tibor qaratamiz. Dastlab miksher-dasturini sozlab olish zarur bo’ladi. 
Miksher-dasturning ko’rinishlaridan biri "Регулятор уровня" nomi ostida Siz uni Windowsning 
standart dasturlari orasidan topishingiz mumkin. Lekin bu dastur bilan ishlash biroz noqulay 
bo’lishi mumkin. Sizning ovoz kartangiz dasturiy ta’minotida bu funksiyani bajaruvchi dastur 
ham bo’lishi mumkin, shu sababli aynan o’sha dasturdan foydalanish tavsiya etiladi, chunki 
dastur mualliflari ovoz kartasining muhim jihatlarini hisobga olgan holda mazkur dasturni 
yaratishadi. Miksher-dasturda ovoz yozish jarayonida ishtirok etmayotgan boshqa barcha kirish 
regulyatorlarini eng pas holatga o’tkazib qo’yish yoki butunlay o’chirib qo’yish tavsiya etiladi. 
Mikrofondan ovoz yozishda mikrofonli yoki chiziqli kirishdan foydalanish mumkin. Ovoz 
yozish jarayonida kiruvchi balandlik regulirovkasini taxminan 75 % li holatga o’tkazib qo’ying.
Mikrofon yordamida ovoz yozish jarayonidagi asosiy muammo signal darajasining 
nostabilligidan iborat. Bu muammoni bartaraf etish va shovqin darajasini minimallashtirish 
uchun apparatli yoki kiruvchi signalni dinamik qayta ishlash uchun dasturiy ta’minot bo’lishi 
talab etiladi. Ko’pchilik zamonaviy dasturlar raqamli ovozlar bilan ishlash uchun dinamik 
ishlovni amalga oshiradi. Bunday xususiyatga ega dasturlarga Sound Forge va Wavelab 
dasturlari misol bo’la oladi. Dinamik qayta ishlash elementlariga kompressor (limiter), 
ekspander (expander), ekvalayzer kabilarni kiritish mumkin.
Deyarli barcha ovoz kartalarida mikrofon kuchaytirgichlari sifati juda past bo’ladi, shu sababli 
alohida mikrofon kuchaytirgichi yoki kuchaytirgichli miksherga ega bo’lish tavsiya etiladi. 
Ovozli ma’lumotlarni yozishda raqamlashtirish chastotalari tanlovi 
Raqamli audiofayllarni tayyorlash anchagina sodda. Agar Siz ovozli material (analogli 


tashuvchi, masalan magnit lentada musiqa yozuvi yoki ovozli effekt) ga ega bo’lsangiz, u holda 
dastlab bu materialni raqamlashtiring va raqamli axborot tashuvchilarga yozing. Ko’pchilik 
hollarda bu jarayon – ovozli material ijro etilib, ovozni mos raqamlashtiruvchi dasturlar 
yordamida kompyuter xotirasiga kiritish orqali bajariladi.
Raqamli audiofayllarni tayyorlashda ikkita aspektga alohida e’tibor qarating: talab qilinayotgan 
ovoz sifati operativ va doimiy xotira hajmiga mos bo’lsin; yaxshi, tiniq ovoz yozuviga ega 
bo’lish uchun mos yozish darajasiga ega qurilma.
Ko’pchilik ovoz kartalari maksimal chastotalarda yaxshiroq ishlaydi, shu sababli 44.1 KGs 
diskretizatsiya bilan ovoz yozish ma’qulroq, keyinchalik, zaruratga qarab, past chastotali 
fayllarga o’tkazish mumkin bo’ladi. Matematik nuqtai nazardan, raqamlashtirish chastotasi 
yozilayotgan signal chatotasidan ikki marta yuqori bo’lishi kerak. Kompakt disklarga yozish 
jarayonida yuqori aniqlikdagi 20 KGs chatotali ovozni uzatish uchun 44.1 KGs raqamlashtirish 
chastotasi qo’llaniladi. Biroq kompyuterlar uchun multimedia loyihalarini yaratishda mashina 
imkoniyatlarini ham hisobga olish kerak bo’ladi – katta raqamlashtirish chastotasi fayllarni 
saqlash uchun katta xotira hajmini va ijro etish uchun mukammal kompyuterni talab qiladi. 
Uncha ko’p bo’lmagan katta yoshdagi kishilargina 15 KGsdan yuqori chatotali ovozni eshita 
olishlari mumkin, bu chastota odatda stereofonik eshittirishlar uchun chegara bo’lib xizmat 
qiladi. Katta yoshli erkakning ovozi kamdan-kam holatda 7.5 KGs chastotadan oshadi. Bulardan 
kelib chiqib, multimedia loyihalari musiqali yo’lakchalarini, shuningdek, kadr ortidagi ovoz va 
musiqa va ovozdan tashkil topuvchi ovozli yo’lakchalarni yozishda 22.05 KGs raqamlashtirish 
chastotasi, kadr orti ovozlari va ovoz effektlarini yozish uchun 11 KGs chastota qo’llanilishi 
tavsiya etiladi.
Shunday qilib, ovozli ma’lumotlar bilan ishlashda quyidagilarni qo’llash tavsiya etiladi: - 
ko’pchilik taqdimot va multimedia loyihalar uchun – 22.05 Gs, 8 bit, stereo yoki 22.05 KGs, 16 
bit, stereo; - nutqni yozish uchun – 22.05 KGs, 16 bit, mono yoki 11 KGs, 8 bit, mono; - 
yetarlichi quvvatli komp yuterlarda ijro maqsadidagi sifatli musiqa asarlarini yozish uchun – 
MP3 formatda 44.1 KGs, 16 bit, stereo.
40

Yüklə 239,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin